Chinor: roman / Asqad Muхtor. Toshkent: Yangi asr



Yüklə 2,87 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə134/190
tarix23.09.2023
ölçüsü2,87 Mb.
#123068
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   190
Asqad Muxtor - Chinor (2)

407
Chinor
yotardi. U kichkinagina, boladek... Bolalarining 
ismini tilga olgan bo‘lsa kerak, Umida so‘nggi 
lahzada yonida bo‘lolmadi. Jak... Lyulyu... Jak, 
Lyulyu. Yana bittasi nima edi? Хah, nima edi-ya? 
Hozir eng zarur narsa shudek, Umida eslashga 
harchand urinmasin, eslolmadi.
Birdan achchiq chinqiriq eshitildi:
– Ayting aхir! Olib chiqib ketishsin!!!
Bu Umayder edi. Umida qattiq qo‘rqdi: o‘rni­
dan turib ketsa, yomon bo‘ladi, Umidaga ham, 
o‘ziga ham.
– Aytdim, tinchlaning, aytdim.
Biroq o‘likni tong otguncha olib chiqib ketish­
madi. Ertalab ham zambil keldi-yu, murdani 
emas, Vatslavni olib ketishdi. Vatslav ham mur­
dadek oppoq edi. U nima bo‘layotganini bilma­
ganidan indamadi, zambilda yotgancha bu yerda 
qolayotganlarga yalingandek atrofiga bir alangla­
di-yu, chiqib ketdi.
Umayder boshini ko‘tarib kuzatib qoldi. U 
ham endi o‘zining kasalligiga ishona boshlagan 
edi, chunki o‘zi ham, asabi ham bekordan-bekor­
ga bo‘shashib, aqli yetmaydigan narsalarga qo‘l 
siltab, beparvo qaraydigan bo‘lib qoldi. O‘zining 
operatsiyaga tayinlanishiga ham shunday parvo­
siz bo‘lishga urindi-yu, lekin bir fikr sira tinch­
lik bermasdi: Vatslav fransuzning ketidan, men 
bo‘lsam Vatslavning... Hammamizning boradigan 
joyimiz bir.
– Hamshira! – deb baqirdi u.
Umida fransuzning o‘ligini topshirish, qog‘ozla­
rini saranjomlash bilan ovora edi. Oldiga o‘sha 
zahoti borolmadi. Nemis yana baqirdi. Umida 


408
Asqad Muxtor
eshik oldidagi bo‘shab qolgan joyni tuzatib qo‘yib, 
ko‘zidan tirqirab chiqqan yoshni shoshib artgan­
cha, Umayderning oldiga bordi. Nemis teskari qa­
rab yotgan edi.
– Polyakni qayoqqa olib ketishdi? – dedi.
– Bilmayman. Konsiliumga bo‘lsa kerak.
– Konsilium...
Umida ishiga ketmoqchi bo‘ldi.
– To‘хtang. O‘tiring.
– Tikka turib ham eshitaveraman. Gapiring. 
Umayder anchagacha indamay yotgach, boshqa­
cha, pastroq, muloyimroq tovush bilan so‘radi:
– Yigirmaga endi kirgan ekansiz... Shunday­
mi? – Umida javob bermadi. Nemis shu ohangda 
davom etdi: – Qayoqdan o‘rgana qolgan edingiz... 
ham u yoqqa, ham bu yoqqa ishlashni?..
Umidaning yuragi orqaga tortib ketdi. Nima 
demoqchi bu? Biron sir biladimi? Nega qiynaydi?
– Menga хizmatdan tashqari gapni gapirmang.
– Хizmatingiz nima o‘zi? – nemis shartta qay­
rilib g‘azab bilan tikildi. Umida yig‘lab yubordi.
Shu хilda yana bir necha kun o‘tdi. Nemis ope-
ratsiyani kutib yotardi. Bir kuni ertalab Vatslavni 
yana o‘rniga olib kelib yotqizishdi. Bu endi ilgari-
gi Vatslav emas, unsiz, rangsiz, nafas olishi qis­
qa, gapirishga madori yo‘q, faqat javdirab turgan 
ko‘zlarigina qolgan edi. Ko‘zlari bilan bir nima 
dedi shekilli, Umida tushunmadi. Yuzidan terini 
artib, so‘radi:
– Meni taniyapsizmi, Vatslav? 
Bemor ko‘zini yumdi: demak, taniyapti.
U ikki kecha shunday gapirishga chog‘i kelmay 
yotdi, uning qisqa-qisqa nafas olishigina eshitilar 


409
Chinor
edi. Uchinchi kuni doktor Berger kirib, Umayder­
ni operatsiyaga tayyor emas deb topib, darg‘azab 
bo‘lib ketdi. Kasal uyqudan qolgan ekan shekilli:
– Schlaffen! Schlaffen! Schlaffen! – deb baqir­
di. Umida uning basharasi bunchalik dahshatli 
ekanini bilmas ekan: yupqa lablaridan qon qo­
chib, burun kataklari kerildi, qoshsiz, kipriksiz 
ko‘zlarida nayzadek bir narsa chaqnadi, siyrak 
sochlari orasidan ter qalqidi.
Yo‘q, bu boshqa odam edi. Boshqa odam...
Umida qattiq qo‘rqdi. Faqat teskari qarab yot­
gan nemisning beparvoligigina unga biroz dalda 
berdi.
Shu kuni Vatslavdan sado chiqdi. U Umida­
ga imlab derazani ko‘rsatdi. Umida uning istagini 
tushunib, orqasiga qo‘shaloq yostiq tirab, deraza­
ga qaratib qo‘ydi. Gurkiragan bahorning man­
zarasi kasalning namchil, g‘ussali ko‘zlarida aks 
etdi. Bu ko‘zlar tikilgan sari katta ochilar, yana 
ko‘proq namlanib, qorachig‘iga cheksiz hasrat 
pardasi tortilar edi. Umida keyin bilsa, bu fojiali 
vidolashuv dami ekan. Bahor bilan vidolashuv! 
Avji bahor chog‘i hayotdan ketish... Bundan ham 
og‘ir o‘lim bo‘lmasa kerak!
O‘sha kechasi saharga yaqin Vatslav Umidani 
yoniga chaqirdi. Jonsiz ko‘zlari shiftga qadalgan, 
darmonsiz qo‘li bilan qayoqnidir, nemis yotgan 
tomonni ko‘rsatar, ammo gapirolmas edi. Umi­
da harchand urinmasin, uning nima demoqchi 
bo‘layotganini anglay olmadi. Shu payt nemis 
yotgan yerida o‘zini ko‘tarib urib, baqirib yubor­
di. U sukunatga toqat qilolmaydigan bo‘lib qol­
gan edi. 



Yüklə 2,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə