D. Q. Usmanova buxgalteriya hisobi o‘quv qo‘llanma samarqand – 2020


Nazorat va muhokama uchun savollar



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə101/116
tarix28.11.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#133779
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   116
D. Q. Usmanova buxgalteriya hisobi o‘quv qo‘llanma samarqand – 2

Nazorat va muhokama uchun savollar



  1. Boshqaruv hisobi qaerda va qachon mustaqil fan sifatida shakllangan?




  1. Boshqaruv hisobini yuritishdan asosiy maqsad nima?




  1. Boshqaruv hisobi va moliyaviy hisobning umumiyligi hamda bir-biridan farqini ayting?




  1. Boshqaruv hisobining konseptual asoslarining yoriting?




  1. Boshqaruv hisobini tartibga soluvchi meyoriy hujjatlarni ayting?




  1. Boshqaruv hisobining predmetining tasniflang?




  1. Boshqaruv hisobining uslubi va uning elementlarini ayting?




  1. Boshqaruv hisobining obektlari nimadan iborat?




  1. Boshqaruv hisobining tarkibiy tuzilishini yoritib bering?




  1. Boshqaruv hisobi qaysi hisob tizimiga kiradi?

363
15-MAVZU. BYUDJETLASHTIRISH VA XARAJATLARNI NAZORAT QILISH


REJA


15.1. Byudjetlashtirish va uning texnologiya jarayonlari hamda ishlab chiqarishni tashkil qilishda tutgan o‘rni.


15.2. Korxonalarning bosh byudjeti, uning tarkibi va tuzilish tartibi.


15.3. Moslashuvchan va statik byudjet. Javobgarlik markazlari va xarajatlarning kelib chiqish joylarini nazorat qilish.
15.1. Byudjetlashtirish va uning texnologiya jarayonlari hamda ishlab chiqarishni tashkil qilishda tutgan o‘rni.

«Byudjet» atamasi keng ma’noda, davlat miqyosida iqtisodiy siyosatni ishlab chiqish, yalpi ichki mahsulotning qiymatini taqsimlash va qayta taqsimlash na-tijasida hukumat ixtiyorida markazlashgan pul fondlarining, korxonalar ixtiyorida esa markazlashmagan pul fondlarining shakllanishi va ulardan oqilona foydalanishni anglatadi.52


Tor ma’noda esa, «byudjetlashtirish» atamasi hali bizning iqtisodiy adabiyotlarda atroflicha yoritilmagan, chunki korxonaning doimiy asosga qo‘yilgan kompleks rejalashtirish, nazorat va xo‘jalik faoliyati tahlili tizimi shu paytgacha faqatgina biznes-rejalashtirish bilan cheklangan edi.


Taraqqiy etgan mamlakatlar boshqaruv hisobida rejalashtirish jarayonini ta’riflash uchun «byudjetlashtirish» atamasidan keng foydalaniladi.


Byudjetlashtirish korxonaning ma’lum davrga mo‘ljallangan moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini rejalashtirish hisoblanadi.


Byudjetlashtirishning afzalligi korxona moddiy, mehnat va moliyaviy resurslarini uzoq, qisqa va o‘rta muddatli rejalashtirish, raqobatchilarning xatti-harakati, ishlab chiqarilgan mahsulotlarga bo‘lgan bozor talablarini o‘rganishda




52Xasanоv B.A., XashimоvA.A. Bоshqaruv hisоbi/Darslik –T.: YAngi nashr, 2012. - 168bеt.
364
o‘z ifodasini topadi. Byudjetlashtirishda asosiy e’tibor mahsulot, ish va xizmatlarni sotishdan olinadigan daromad (foyda) hajmini taxminlashga qaratiladi.

Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar o‘z faoliyatlarini tashkil etishda turli xil texnologik jarayonlardan foydalanadi. Ushbu jarayonlarning har birida byudjetlashtirishning amalga oshirilishi quyidagi vazifalarni bajarishni taqozo etadi hamda uni amalga oshirishda quyidagilarni nazarda tutadi:


-korxonaning maqsadlariga erishishini ta’minlovchi xo‘jalik muomalalarini rejalashtirish;


-barcha darajadagi rahbarlarni o‘zlari javobgar markazlar bo‘yicha o‘z maqsadiga erishishlarida rag‘batlantirish;


-turli xil bo‘linmalar faoliyatini muvofiqlashtirish. Bunda bo‘linmalar xodimlarining manfaatlari e’tiborga olinadi;


-korxona joriy faoliyatini nazorat qilish, belgilangan tartib-qoidalarga amal qilinishini ta’minlash;


-javobgarlik markazlari va ular menejerlari oldiga qo‘yilgan rejalarning bajarilishini baholashda asos vazifasini o‘tash;


-menejerlar malakasini oshirishda ko‘maklashish.





Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə