Dars- ta’limni tashkil etishning asosiy shakli


Yangi bilimlarni egallash darsi (ma’ruza darsi)



Yüklə 46,83 Kb.
səhifə3/5
tarix19.12.2023
ölçüsü46,83 Kb.
#151424
1   2   3   4   5
2-maqola

Yangi bilimlarni egallash darsi (ma’ruza darsi): tashkiliy yo’l -yo’riqlar;

  1. Uyga vazifalarning bajarilishini tekshirish, o’quvchilarning tayanch bilimlarini aktuallashtirish va yaxshilash;

  2. Darsning mavzusi, maqsadi, vazifalarini aytish va o’quvchilarning o’quv faoliyatini motivatsiyalash;

  3. Yangi materialni idrok etish va birlamchi anglash, o’rganish obektlaridagi aloqa va munosabatlarni tushunish;

  4. Bilimlarni umumlashtirish va tizimlashtirish turli vaziyatlarda qo’llash;

  5. Uyga vazifalar va topshiriqlar yuzasidan ko’rsatmalar berish;

Darsni yakunlash.
Ko’nikma va malakalarni shakllantirish darsi (amaliy dars): tashkiliy yo’l-yo’riqlar;

  1. Uyga vazifalarning bajarilishini tekshirish, o’quvchilarning tayanch bilim, ko’nikma va tajribalarini aktuallashtirish va yaxshilash (shakllangan tayanch ko’nikma va malakalarini asosiy elementlarini takrorlash);

  2. Darsning mavzusi, maqsadi,vazifalarini aytish va o’quvchilarning o’quv faoliyatini motivatsiyalash;

  3. Xatti harakati usullari va qoidalarini o’rganish (ilk mashq va topshiriqlarni bajarish orqali ko’nikmalarning yangi qirralari va odatdagi vaziyatlarda ko’nikma, malakalarning shakllanish namunasi bilan tanishish);

  4. Olingan bilimlarni dastlabki qo’llash (virtual labaratoriya ishlari va sinov mashqlarini bajarish);

  5. Standart sharoitlarda ko’nikmalarni rivojlantirish uchun o’quvchilar bilimi va xatti- harakatlarini amalda qo’llash (o’quv trenirovka mashqlarini bajarish);

  6. Malakalarni shakllantirish uchun bilim va ko’nikmalarni yangi yoki o’zgargan sharoitga ijodiy ko’chirish (ijodiy mashqlar bajarish);

  7. Uyga vazifalarni tushuntirish.

Darsni yakunlash.
Bilimlarni umumlashtirish va tizimlashtirish darsi: tashkiliy yo’l-yo’riqlar;

  1. Darsning mavzusi, maqsadi, vazifalarini aytish hamda o’quvchilarning o’quv faoliyatini motivatsiyalash;

  2. O’quvchilarning tayanch bilimlarini esga tushirish va yaxshilash;

  3. Asosiy dalillar, hodisalar va jarayonlarni takrorlash va tahlil qilish;

  4. Yangi dalillarni tushunish va amaliy topshiriqlarni bajarish uchun tushunchalarni umumlashtirish, tizimlashtirish hamda bilimlar tizimini o’zlashtirish;

  5. Bilimlarni tizimlashtirish asosida yetakchi g’oyalar va asosiy nazariyalarni o’zlashtirish;

  6. Uyga vazifalarni tushuntirish.

Darsni yakunlash.

Yüklə 46,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə