|
Dars ishlanmasi (konspekt)
|
tarix | 29.03.2023 | ölçüsü | 42,5 Kb. | | #103572 |
| 1 sinf o tovush va oo harflari mavzus
Dars sanasi: Sinf:
Fan nomi: Alifbo
Dars mavzusi: O tovush va Oo harflari
Dars maqsadi:
a) ta’limiy maqsad: o’quvchilarga yangi mavzuni to’liq yetkazish, mavzuga oid bilim va ko’nikma hosil qilish
tarbiyaviy maqsad: o’quvchilarni milliy istiqlol g’oyasi ruhida tarbiyalash, berilgan topshiriqlarni o’z vaqtida bajarishga o’rgatish
rivojlantiruvchi maqsad: o’quvchilarning o’qishga va yozishga, bilim olishga bo’lgan qiziqishlarini rivojlantirish
Dars turi: aralash
Dars uslubi: kichik guruhlarda ishlash, yakka holda ishlash
Darsda foydalaniladigan jihozlar: rasmlar, ko’rgazma, bukletlar
Ilmdan bir shu’la dilga tushgan on,
Shundan bilursankim ilm bepoyon.
Dars jarayoni va texnologik xaritasi
Ishning nomi
|
Bajariladigan ishning mazmuni
|
Metod
|
Vaqt
|
1-bosqich
Tashkiliy qism
|
Darsni tashkil etish. O’quvchilarning davomatini aniqlash. Sinfning darsga tayyorgarligi tekshiriladi
|
Suhbat
|
2 minut
|
2-bosqich Ehtiyojlarni aniqlash
|
O’quvchilarning ehtiyojlarini aniqlab, mavzuga oid tushunchalar beriladi.
|
Savol-javob
|
3 minut
|
3-bosqich Yangi mavzu bayoni
|
O’quvchilarning maktabga moslashuvini aniqlash
O’tilgan mavzuni mustahkamlash
Oo harflari haqida tushuncha berish
|
Tushuntirish, izlanish
Og’zaki savol-javob
|
31 minut
|
4-bosqich Mustahkamlash
|
O harfi bilan boshlanadigan so’zlarni aytish va rasm asosida tushuntirish
O’quvchilarning o’qishga bo’lgan qiziqishlarini aniqlash
|
Muammoli izlanish
|
6 minut
|
5-bosqich rag’batlantirish
|
O’quvchilarning darsga ishtiroki hisobga olinib rag’batlantiriladi
|
|
3 minut
|
Darsning borishi:
1-2 bosqichlar texnologik xarita asosida tashkil etiladi
III. YANGI MAVZUNI TUSHUNTIRISH
O’quvchilarga darslikdan foydalanish haqida tushuncha beraman.
Katta O, kichik o harflarini talaffuz qildiraman. Yozilishini ko’rsatib beraman. Olmaxon, oy, osh, olov, olma, gilos ot kabi predmetlarning rasmi orqali
tushunchalar beraman va so’rayman.. Qiynalgan o’quvchilarga yordamlashaman.
IV.YANGI MAVZUNI MUSTAHKAMLASH
O harfi haqida o’quvchilarga she’r o’rgataman. Bu o’quvchilarning xotirasini mustahkamlaydi O’quvchilar bilan suhbat o’tkazaman. Mavzuni mustahkamlayman.
.
V. O’quvchilarni darsga ishtirokiga qarab rag’batlantiraman.
Dostları ilə paylaş: |
|
|