Fan nomi: Alifbo Dars mavzusi: n tovushi va Nn harflari Dars maqsadi



Yüklə 19,47 Kb.
tarix28.04.2023
ölçüsü19,47 Kb.
#107531
1 sinf n tovushi va nn harflari mavz


Dars sanasi: Sinf: __________
Fan nomi: Alifbo
Dars mavzusi: N tovushi va Nn harflari
Dars maqsadi:
a) ta’limiy maqsad: o’quvchilarga yangi mavzuni to’liq yetkazish, Nn harfi bilan tanishtirish, mavzuga oid bilim va ko’nikma hosil qilish

  1. tarbiyaviy maqsad: o’quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, berilgan topshiriqlarni o’z vaqtida bajarishga o’rgatish

  2. rivojlantiruvchi maqsad: o’quvchilarning o’qishga va yozishga, bilim olishga bo’lgan qiziqishlarini rivojlantirish

Dars turi: aralash
Dars uslubi: kichik guruhlarda ishlash, yakka holda ishlash
Darsda foydalaniladigan jihozlar: rasmlar, ko’rgazma, bukletlar
Ilmdan bir shu’la dilga tushgan on,
Shundan bilursankim ilm bepoyon.
Dars jarayoni va texnologik xaritasi

Ishning nomi

Bajariladigan ishning mazmuni

Metod

Vaqt

1-bosqich
Tashkiliy qism

Darsni tashkil etish. O’quvchilarning davomatini aniqlash. Sinfning darsga tayyorgarligi tekshiriladi

Suhbat

2 minut

2-bosqich Ehtiyojlarni aniqlash

O’quvchilarning ehtiyojlarini aniqlab, mavzuga oid tushunchalar beriladi.



Savol-javob

3 minut

3-bosqich Yangi mavzu bayoni

O’quvchilarning maktabga moslashuvini aniqlash
O’tilgan mavzuni mustahkamlash
Nn harflari haqida tushuncha berish

Tushuntirish, izlanish
Og’zaki savol-javob

31 minut

4-bosqich Mustahkamlash

N harfi bilan boshlanadigan so’zlarni aytish va rasm asosida tushuntirish
N tovushini talaffuz qildirish

Muammoli izlanish

6 minut

5-bosqich rag’batlantirish

O’quvchilarning darsga ishtiroki hisobga olinib rag’batlantiriladi




3 minut

I Darsning borishi:
Darsni tashkil etish. O’quvchilarning davomatini aniqlash. Sinfning darsga tayyorgarligini
tekshirish.
II O’tgan mavzuni so’rash:
-Qaysi tovush bilan tanishgan edik?
- O tovushi bilan boshlanadigan so’zlarni bilasizmi?
- O tovushini qanday talaffuz qilamiz? Cho’zib talaffuz qilsak,unli tovushmi, yoki undosh?
III. Yangi mavzu bayoni
N tovushini talaffuz qildiraman. Non, ninachi, nok, nay kabi predmetlarning rasmi orqali tushunchalar beraman va so’rayman.. Qiynalgan o’quvchilarga yordamlashaman.10-sahifadagi rasm asosida hikoya qilishni o’rgataman. O’quvchilar fikrini so’rayman. Katakchalarga mos so’zlarni topamiz.





























IV.Yangi mavzuni mustahkamlash
Ninachi, hoy, hinachi,
Nog’oraga o’yna-chi! Nn tovushi ishtirok etgan so’zlar o’yini o’ynaymiz.
Non – aziz” mavzusida suhbatlashaman
V. O’quvchilarni darsga ishtirokiga qarab rag’batlantiraman.
Yüklə 19,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə