87
sudlarining huquqiy masala bo‘yicha ilgarigi qarorlarida mustahkamlangan rahbariy tamoyil kelajakda shunga o‘xshash
masalalarni ko‘rishda asta-sekin namuna kuchiga ega bo‘la boshladi.
"Umumiy huquq"ning rasmiyatchiligi,
qimmatliligi, juda sekinligi, qat’iy bir shakldan boshqa shaklga o‘tishga
qodir emasligi natijasida o‘zgarib borayotgan tarixiy sharoitlar munosabati bilan Angliyada XIV asrda "
adolat sudi"
paydo bo‘la boshladi va shu bilan birga yana bir huquqiy tizim -
«adolat huquqi» (eguity) shakllanib boradi.
"Adolat sudi"ning vujudga kelishi lord-kansler - "qirollik diyonatini tarqatuvchi" faoliyati bilan bog‘liq edi.
Lord-kansler dastlab qirol nomi-dan, 1474 yildan esa o‘z nomidan "yomon sudlovlilik"
ustidan shikoyat qilgan
da’vogarlarni himoya qila boshlaydi. Bunday holda da’vogarlar ko‘pincha o‘z shikoyatlarida ularni xafa qilganlar ta’qib
qilinmaganligini, o‘zlarini "umumiy huquq" sudlarida himoya qilinmaganliklarini ko‘rsatar edilar.
Angliyaning o‘rta asrlardagi huquq manbalari ichida
savdo va kano-nik huquqi me’yorlari alohida o‘rin
tutadi. "Umumiy huquq"ning bozor munosabatlari rivojlanishiga yordam bermaydigan konservativ rasmiyat-chiligi
ingliz huquqi tomonidan savdo va kanonik huquqning qator me’yorlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘zlashtirib olinishiga sabab
bo‘lgan. Ko‘p sonli savdo rasm-rusumlarining paydo bo‘lishi ingliz savdo sudlarining faoliyati bilan ham bog‘liq edi.
Ularning huquqiy kuchi ko‘pincha qirollik statutlari bilan mustahkamlangan.
Feodal mulk huquqi,
ayniqsa yerga egalik huquqi ko‘p jihatdan mamlakatning
butun huquqiy
tizimi xarakterini belgilagan.
Ingliz-saks qabilalarining Britaniyada egallab olgan yerlari
azaldan ikkita asosiy
turga:
folcland va boclandga
ajrala boshlagan. Folklend - bu "xalq yeri", unga egalik
qilish jamoaga mansublikka asoslangan va dav-latga nisbatan ma’lum majburiyatlar
o‘tashga olib kelgan. Bunday yerlarni tasarruf qilish erkinligi cheklangan. Folklendni boshqa shaxsga o‘tkazish uchun
oilaning barcha a’zolari roziligi talab qilingan.
Yerga egalikning boshqa ko‘rinishi -
boklend esa qirolning in'omiga asoslangan.
Bunday yerlarga egalik
huquqi qirollik yorliqlari (bos) bilan tasdiqlangan.
Normandlardan keyingi ingliz huquqida cheklanmagan, shartsiz yer egaligi tushunchasi mavjud emas edi. Yer
huquqlari ikkita asosiy tushun-chalar:
tenancy - egalik, ushlab turish va
estaty - egalik huquqlari, huquqiy manfaatlar
(ularning davomiyligi, begonalashtirish imkoniyati va boshqalar) hajmi bilan belgilangan. Egalik (tenancy) o‘z
navbatida erkin va noerkin bo‘lgan. Erkin egalik (freehold) - bu ritsarlik xizmatini o‘tash shartlari asosida
yoki shaxsiy
xizmat huquqi bo‘yicha olingan egalik, shuningdek, erkin dehqonlarning yer egaligi hisoblangan. Bunday yerga egalik
qilgan dehqon lordga belgilab qo‘yilgan pul summasini to‘lardi va uning yurisdiksiyasi ostiga tushardi.
Dehqonning lord foydasiga shaxsiy va iqtisodiy majburiyatlari bilan bog‘liq bo‘lgan noerkin
yer egaligi vaqt
o‘tishi bilan feodal ijaraning merosiy huquqiga aylandi va
copyhold degan nom oldi, chunki ijaraning bunday sharti
manorlik sudlarining bayonnomalari nusxalari bilan belgilab qo‘yilgan edi. Noerkin yer egaligi dastlabki vaqtlarda
qirollik sudlarida himoya qilinmasdi. XV asrda u bilan bog‘liq da’volar kansler sudida, XVI asrda esa bu sudning ta’siri
ostida "umumiy huquq" sudlarida ham ko‘rila boshlandi.
Hozirgi ingliz va amerika yer huquqida mavjud bo‘lgan
estate tushunchasi nafaqat ko‘chmas mulkka nisbatan
egalik huquqlarining hajmi haqida, balki mulkni o‘tkazish uchun texnik vositalar yig‘ish haqida ham tasavvur beradi. U
egalik qilish, foydalanish, tasarruf etish va mulk ustidan nazorat qilish munosabatlariga kirishgan turli shaxslarning yoki
hali tug‘ilmaganlarning huquqlarini qamrab oladi.
Feodallarning yerga egalik huquqlarining yanada kengayishi Angliya feodal huquqida yerga erkin egalikning
o‘ta
istiqbolli shakli - estate in free simplening
o‘rnatilishiga olib kelgan. Bu o‘z ko‘lami bo‘yicha mulkka yaqin
bo‘lgan ancha to‘liq egalik huquqini anglatadi.
Angliyada ingliz-sakslar davridayoq shartnoma munosabatlari rivojlana
boshlaydi. Lekin len, vassal qaramlik munosabatlari keng tarqalganligi muno-sabati
bilan bu davrda ikki rasman teng huquqli tomonlarning bitimini
anglatuvchi
shartnoma tushunchasi hali vujudga kelmagandi. Ine haqi-qatida sotuvchining
mahsulot sifati uchun javobgarligi haqidagi da’vogar va javobgar o‘rtasidagi
tortishuvda qasamyod qabul qilish haqidagi qoidalarni topish mumkin. Biroq bular ko‘proq shartnoma munosabatlariga
emas, balki ma’muriy munosabatlar sohasiga taalluqli edi.
Angliyada bozor munosabatlarining taraqqiy etishi bilan majburiyat huquqi ham rivojlangan. Deliktlar va
shartnomalardan kelib chiqadigan majburiyatlar "umumiy huquq" me’yorlarining uzoq vaqt tadrijiy rivoj-lanib borishi
natijasi bo‘ldi.
Angliyada feodal nikoh-oila huquqi ma’lum dara-jada feodal yer egaligini qo‘riqlash va himoya qilish
manfaatlari bilan belgilangan. U kanonik huquqning kuchli ta’siri ostida bo‘lgan.
Kanonik
huquqning qator juda muhim me’yorlari, masalan, nikohning cherkov shakli, ikki
xotinlikning taqiq-lanishi singarilar bevosita qonun bilan mustahkamlab qo‘yilgandi. Jum-
ladan, 1606 yilgi statut ikki xotinlikni feloniya (og‘ir jinoyat) safiga qo‘shgan edi.
O‘rta asrlarda ingliz oilasi patriarxal xarakterga ega edi. Erga tekkan ayolning -
xotinning huquqiy holati juda cheklangandi. Uning harakatdagi mulklari erining to‘liq ixtiyoriga o‘tgan, ko‘chmas
mulklariga nisbatan esa erning boshqaruvi o‘rnatilgan edi. Erga tekkan ayol mustaqil ravishda shartnoma
tuza olmas,
sudda o‘z huquqlarini himoya qilib chiqa olmas edi.
Ingliz-sakslarning odat huquqi ajralishni tan olgan. Ajralish yoki erining o‘limi natijasida oiladan ketayotgan
ayol oila mulkidan (hara-katdagi mulkdan, chorvadan, puldan) o‘z hissasini olardi. Kanonik huquq, ma’lumki,
ajralishga yo‘l qo‘ymasdi. U faqat ma’lum hollarda er-xotin-ning alohida yashashiga, "stoli va to‘shagining
Mulk
huquqi
Nikoh va
oila
huquqi
Majburiyat
huquqi