122
«Shirkati-vudjux» - qarz berish yoki ishonchga asoslangan sherik. Shartnomaga asosan shirkat a’zolarining har
biri o‘zining shaxsiy mablag‘i hisobiga tovar olib uni birgalikda sotishadi. Ushbu shartnoma bo‘yicha shirkat a’zolari
bir-biriga nisbatan ham ishonchli shaxs, ham kafil hisob-lanadi. Shartnoma taraflaridan har birining daromadi yoki
ko‘rgan ziyoni uning shirkat faoliyatida ishtirok etgan hissasiga muvofiq tenglashtiriladi.
«Shirkati-sanaiya» - hunarmandchilik shirkatidan iborat bo‘lib, ma’-lum bir ishni bajarish yoki kasb bilan
shug‘ullanish maqsadida shartnoma tuziladi.
Shartnomaga asoslanmagan, ya’ni shaxsga, uning hayotiga, sog‘li-g‘iga hamda uning mol-mulkiga zarar
yetkazishdan kelib chiqadigan maj-buriyatlarni tartibga solish qoidalari ham mavjud.
Shariat normalarida «diyata» degan qoida ishlatilgan. Ushbu qoidaga binoan qozi shaxsning salomatligiga
yetkazilgan zararni undirish haqida qaror chiqaradi.
4. Musulmon huquqida nikoh-oila va meros
masalalarining tartibga solinishi
Shariat bo‘yicha nikoh va oila masalalari batafsil tartibga solinadi. Islomda nikoh - halollik, nikohsiz qo‘shilish
esa haromlik belgisi hisobla-nadi. Shariatga binoan nikoh musulmonlarning diniy majburiyati, nikoh-sizlik esa ularning
xush ko‘rilmaydigan holati sanaladi.
Shariat bo‘yicha nikohdan o‘tish uchun tomonlardan quyidagi shart-larga rioya etish talab qilingan: 1)
nikohdan o‘tuvchilar o‘zaro roziligi; 2) nikoh yoshiga to‘lgan bo‘lish; 3) nikohni guvohlar ishtirokida tuzish; 4) kelin
uchun qalin va mahr to‘lash; 5) diniy e’tiqod birligi; 6) nikohdan o‘tayotganlarning yaqin qon-qarindosh bo‘lmasligi; 7)
tabaqa bo‘yicha tenglik; 8) nikohdan o‘tuvchilarning ruhiy jihatdan sog‘lom bo‘lishi. Nikoh tuzish uchun rasman
tomonlarning roziligi talab qilinadi. Bunda kelinning ham roziligi olinadi (faqat shofi'iylar bunday rozilikni shart emas
deb hisoblaganlar). Burhoniddin Marg‘inoniyning mashhur «Hidoya» asa-rida ko‘rsatilganidek, «valiyning
109
balog‘atga yetgan qizni nikohga maj-burlashi joiz emas… Agar balog‘atga yetgan qizdan valiyi turmushga chi-qishga
izn so‘rasa, shunda qiz jim tursa yoki kulib yuborsa, bu ishi rozilik alomati bo‘ladi… Agar juvondan izn so‘ralsa,
roziligini so‘z bilan aytishi lozim… Bokira qizning roziligi sukut saqlashi bilan botil bo‘ladi. O‘g‘il bolaning ixtiyori
esa, toki «roziman» demaguncha yoki undan roziligini ifoda etadigan biror ish sodir bo‘lmaguncha botil bo‘lmaydi».
Lekin ni-kohga kiruvchilar uchun ularning ota-onalari ham rozilik berishlari mum-kin edi. «Yosh bola va yosh qizni
otasi yoki bobosi uylantirsa yoki tur-mushga bersa balog‘at yoshiga yetganlaridan keyin, ularda ixtiyor huquqi
qolmaydi. Chunki ota va bobo to‘la ongli va farzandlariga nisbatan mehr-shafqatli kishilardir, shunday ekan, ularning
bevosita ishtiroki bilan nikoh bog‘lanaveradi… Shuningdek, balog‘atga yetganlaridan keyin ham ular-ning roziligi bilan
nikohga ishtirok etishsa, nikoh bog‘lanaveradi». Shu-ning uchun nikoh shartnomasi ba'zida ota-onalari tomonidan
qizlarini so-tishning niqoblangan shakli bo‘lib qolgan. Bunda ko‘pincha ayol kishi shartnomaning teng huquqli
sub’yekti bo‘lmasdan, shartnoma predmeti hisoblangan.
Unga ko‘ra nikoh yoshi o‘g‘il bolalar uchun 12 yosh, qizlar uchun 9 yosh belgilangan. Bunda o‘g‘il bolalar
jinsiy jihatdan voyaga yetgan bo‘lishlari lozim edi. Nikohga kiruvchilar uchun belgilangan bu yosh voyaga yetgan-likni
belgilashda so‘nggi pog‘ona hisoblangan. Amalda esa o‘g‘il bolalar -14, qizlar -12 yoshga to‘lganda nikoh tuzilgan.
Shariat nikoh yoshining yuqori chegarasini belgilamagan. Nikoh yoshining quyi chegarasini belgi-lashda asosan
fiziologik asoslarga tayanilgan. Oilada yigirma yoshdan oshgan «bo‘ydoq» bo‘lishi isnod hisoblangan.
Guvohlar erkaklar bo‘lsa 15 (16) yoshga, ayollar bo‘lsa 9 yoshga to‘lgan bo‘lishlari lozim edi. Chunki bu
yoshda ular muomalaga layoqatli deb hisoblangan.
Quyidagi holatlardagina xotini nikohni bekor qilishni so‘rashi mumkin edi:
1. Agar eri olti oy muddat davomida xotinini moddiy ta’minlamasa.
2. Agar eri nikohda yashashga qodir bo‘lmasa (erlik iqtidori bo‘l-masa).
3. Agar nikoh yoshlik vaqtida tuzilgan bo‘lib, jinsiy balog‘atga yetgandan so‘ng yoki ma’lum yoshga
to‘lgandan so‘ng qiz nikohda yashashga rozi emasligini izhor etsa.
4. Agar eri islom dinidan boshqa dinga o‘tsa.
Shariat bo‘yicha meros huquqi juda murakkab va chalkash bo‘lgan. Meros huquqi borasida musulmon
huquqining turli huquqiy mazhablari o‘rtasida katta farqlar mavjud. Umuman meros vasiyat bo‘yicha va qonun
bo‘yicha qoldirilgan. «Vasiyat» so‘zining lug‘atda bayon qilingan ma’nosi - «topshirmoqdir». Shariat bo‘yicha esa,
mol-mulkni o‘lgandan so‘ng kimga berilishini aytish. Vasiyat qonuniy merosxo‘rlar foydasiga tuzilishi mumkin emas
edi. Shuningdek, mol-mulkning uchdan bir qismidan ortig‘i-ni vasiyat qilishga ham ruxsat etilmagan. Vasiyatni
tuzishda ikkita guvoh ishtirok etishi lozim bo‘lgan. Shariatda ayniqsa qonun bo‘yicha meros tar-tibi bir muncha puxta
ishlab chiqilgan edi. O‘lgan kishining mol-mulkidan avvalo uni dafn etish marosimlariga ketadigan xarajatlar
qoplangan, so‘ng-ra uning barcha qarzlari to‘langan. Qolgan mol-mulklar qonuniy meros-xo‘rlar o‘rtasida
taqsimlangan. Merosdan birinchi navbatda o‘lgan kishi-ning bolalari o‘z hissalarini olishgan, ular bo‘lmasa uning aka-
ukalari, amaki-tog‘alari va boshqalar merosga chaqirilgan. Ayollar merosdan erkaklarga nisbatan ikki hissa kam ulush
olganlar. Dindan qaytganlar, aj-ralgan er-xotinlar, meros qoldiruvchining o‘limiga sabab bo‘lganlar meros olish
huquqidan mahrum edilar.
5. Shariat bo‘yicha jinoyat huquqi va sud ishlarini yuritish tartibi
109
Qarang: Otaxo`jayev F. O`sha asar, 36-bet.
Dostları ilə paylaş: |