Davlat shaklining tushunchasi va uning tarkibiy elementlari Reja


Davlat shaklining tarkibiy qismlari ularning o’zaro bog’liqligi



Yüklə 123,5 Kb.
səhifə6/9
tarix19.12.2023
ölçüsü123,5 Kb.
#151467
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Davlat shakllari tushunchasi12

Davlat shaklining tarkibiy qismlari ularning o’zaro bog’liqligi:
b) Tuzilish shakli.
Ma’lumki, har qanday davlat muayyan hududda joylashgan. Uning fuqarolari sham xuddi shu hududda istiqomat qilishadi. O’zining ijtimoiy funksiyalarini bajarish - fuqarolarning iqtisodiy turmushi va himoyasini tashkil etish, sug’urta zashiralarini yaratish va hokazolar uchun davlat turli xil faoliyatni amalga oshiradi. Ammo aholining soni ancha ko’p, hududiy o’lchami katta bo’lgan sharoitlarda bir markazdan turib bu faoliyatni amalga oshirish - qariyb uddalab b’lmaydigan vazifadir,
Fuqarolar soni va hudud ko’lami muayyan chegaraga yetganda mamlakat hududini okruglar, viloyatlar, o’lkalar, shtatlar, kantonlar, guberniyalar, uyezd singari hududlarga bo’lish hamda shu hududiy tuzilmalarda hokimiyatning mashalliy (hududiy) organlarini tuzish zarurati tug’iladi. Shu tariqa hokimiyat va boshqaruvning markaziy hamda mahalliy organlari o’rtasida vakolatlarni bilish eshtiyoji ham paydo bo’ladi. Bu davlat (hududiy) tuzilishi zaruratini keltirib chiqaradigan birinchi sababdir.
Ikkinchi sabab u yoki bu davlat aholisining ko’p-millatliligi bilan bog’liq. Har bir xalq, millatning o’z an’analari, davlatchilik bo’yicha tarixiy tajribasi, madaniy, til va boshqa ma’naviy eshtiyojlarga ega. Bularning hammasini davlat tuzilishi chog’ida nazarda tutish kerak.
Uchinchi sabab subyekti va xatto tasodifiy omillar – o’zlashtirib olish, mustamlakachilik ta’siri, siyosiy manfaatlar va boshqa ko’pgina holatlardan iborat bo’lishi mumkin.
Boshqaruv shakli singari hududiy tuzilish ildizlari ham juda qadim zamonlarga borib taqaladi. Qadimgi Sharq despotik imperiyalariyoq viloyatlar", shasharlar, satrapiyalar, zabt etilgan hududlarga bo’lingandi. Ular o’z hududiy tuzilmalari hamda o’z hokimiyat va boshqaruv organlariga ega bo’lishgan. Albatta, davlat o’z hududiy tuzilmalarining oddiy yig’indisidan iborat emas. Lekin bu tuzilmalarsiz davlat mavjud bo’la olmaydi.
Endi biz davlat tuzilishini ta’riflab berish masalasiga o’tamiz hamda davlat tuzilishi shakli deganda nimani tushuniladi, degan savolga javob beramiz.
Davlatshunos olimlar tomonidan bu tushunchaga ko’plab ta’riflar berilgan. Lekin ular bir-birlaridan unchalik katta farq qilmaydi. Ularning qariyb barchasi davlat tuzilishi shakli deganda davlat hokimiyatining ma’muriy-hududiy tashkil etilishi, davlat bilan uni tashkil etuvchi qismlar o’rtasidagi, davlatning alohida qismlari o’rtasidagi, markaziy va mahalliy organlar o’rtasi­dagi o’zaro munosabatlar xarakterini tushunish kerak, deb hisoblashadi,
Tuzilish tarkibiga ko’ra davlatlar oddiy - unitar hamda murakkab - federativ va konfederativ davlatlarga bo’linadi. Davlat tuzilishi shakli nafaqat ommaviy hokimiyat bilan, balki davlatning yana bir jiddiy xususiyati - aholining hududiy tashkiloti (YE.I. Temnov) bilan ham chambarchas bog’liqdir,
Unitar (yagona, lot. "unus" - "bir" so’zidan olingan) davlat oddiy tuzilishiga ega yaxlit davlat bo’lib, to’la siyosiy birligi bilan boshqalardan farq qiladi. Unitar davlatlarning aksariyati muayyan ma’muriy-hududiy bo’linish (tumanlar, viloyatlar, kantonlar) ga ega. Biroq mazkur mustaqil qismlar davlat suvereniteti alomatlariga ega emas. Bunday davlatda oliy organlarning yagona tizimi hamda yagona qonunchilik mavjud bo’ladi. Unitar davlatning yaxshi tomoni shundaki, uning tuzilishi sodda bo’lib, oliy hokimiyat to’laligicha uning tasarrufida bo’ladi.
Barcha unitar davlatlarga xos bo’lgan markazlashtirish turli shakllarda va turli darajada namoyon bo’lishi mumkin. Ba’zi mamlakatlarda mashalliy organlar umuman bo’lmaydi va ma’muriy-hududiy bo’linmalar markaziy hokimiyat vakillar tomonidan boshqariladi.
Boshqa davlatlarda mashalliy organlar tashkil etiladi-yu, lekin ular (bevosita yoki bilvosita) markaziy hokimiyat nazorati ostida biladi. Markaziy hokimiyat mashalliy organlar ustidan nazoratning qay turini amalga oshirishiga qarab, unitar davlatlar markazlashgan va markazlashmaganga bo’linadi,
Bundan tashqari ba’zi unitar davlatlarda bir yoki bir necha hududiy bo’linmalarga boshqalardan imtiyozliroq suquqiy maqom berilishi mumkin. Bunday unitar davlat nisbiy ma’muriy mustaqil muxtoriyat (avtonomiya)ga ega bo’ladi. Davlat tuzilishining yuqoridagi shakli hududiy bo’linmalarning maxsus manfaatlarini hisobga olish zarur bo’lgan joylarda qo’llaniladi. Mazkur avtonom tuzilmalarda izini-izi boshqarish huquqi boshqa aholiga qaraganda kengroq bo’ladi. Biroq muxtoriyatlar mustaqilligiga markaziy hokimiyat belgilagan doiradagina yo’l qo’yiladi.
Yana bir jihatni hisobga olish kerak. Unitarizm yer egaliklari, knyazlik va boshqalarga bo’linib ketgan feodal tarqoqligiga nisbatan o’z davri uchun ilg’or hodisa bo’lgan. Zero, u yagona bozorning vujudga kelishi, burjua iqtisodiy munosabatlarining rivojiga yo’l ochib bergan. Lekin kapitalizmning rivojlanib borishi, fan-texnika taraqqiyoti bilan, yangi iqtisodiy muammolarning paydo bo’lishi va boshqa omillar tufayli integratsiya jarayonlari boshlanib ketadi. Bular esa, murakkab davlatlar va ularning tuzilmalari -federatsiya, konfederatsiya, hamdo’stlik va sh.k.larni yuzaga keltiradi.

Yüklə 123,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə