Davlat va huquq asoslari



Yüklə 14,75 Mb.
səhifə14/113
tarix28.11.2023
ölçüsü14,75 Mb.
#136991
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   113
10-sinf Davlat va huquq asoslari.

17
@edurtm_uz



Gender – xotin-qizlar va erkaklar o‘rtasidagi mu- nosabatlarning jamiyat hayoti va faoliyatining barcha sohalarida, shu jumladan, siyosat, iqtisodiyot, huquq, mafkura va madaniyat, ta’lim hamda ilm-fan sohalarida namoyon bo‘ladigan ijtimoiy jihati.
Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasida “Hamma odamlar o‘z qadr-qimmati hamda huquqlarida erkin va teng bo‘lib tug‘iladilar” deb belgilangani bunga yaqqol misoldir. Demak, insonlar qaysi jinsda tug‘ilishidan qat’i nazar, teng bo‘lib tug‘iladilar, shuning uchun ularga teng huquq va imkoniyatlar berilishi lozim.
Mamlakatimiz konstitutsiyasining 58-moddasida ham gender tenglik mustahkamlangan. Bundan tashqari, Oila kodeksi va “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi qonun kabilarda ham erkak va ayollarning tenghuquqligi, ushbu tenghuquqlik oilaviy munosabatlarda ham, ijtimoiy hayotda ham ta’minlanishi nazarda tutilgan. Ammo gender tenglik ham jamiyat va davlatlardagi urf-odatlar hamda qadriyatlarga qarab mazmunan farq qiladi. Ya’ni bu qoidaning ham o‘ziga xos istisnolari mavjud. Ba’zi masalalar borki, unda ayollarning jismoniy holati va boshqa jihatlar hisobga olinishi kerak bo‘ladi. Masalan, O‘zbekistonda muddatli harbiy xizmatni oʻtash, xotin- qizlar va erkaklar mehnatini muhofaza qilish yoki xotin-qizlar reproduktiv salomatligini saqlash kabi masalalarda notenglik mavjudga o‘xshab ko‘rinsa-da, aslida bu erkaklar va ayollarning jismoniy holatlariga qarab amalga kiritilgan tizimlardir. Bu kabilarning mavjud bo‘lishi bizning jamiyatimizda notenglik, ya’ni kamsitish (diskriminatsiya) hisoblanmaydi. Ammo boshqa mamlakatlarda, masalan, Norvegiya va Isroilda ayollar ham muddatli harbiy xizmatni o‘tashga majbur. Chunki ushbu davlatlardagi jamiyatlarda muddatli harbiy xizmatni ayollar ham, erkaklar ham o‘tashi gender tenglikning bir qismi sanaladi.
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, gender tenglik inson huquqlarining erkaklar va ayollarga teng imkoniyatlar beruvchi, jamiyatda ulardan birining kamsitilishiga yo‘l qo‘ymaslikni ta’minlovchi hamda jamiyatlardagi urf-odat, qadriyatlarga qarab mazmunan farq qiluvchi ajralmas tamoyili ekan.



Yüklə 14,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə