Davlat va huquq asoslari



Yüklə 14,75 Mb.
səhifə26/113
tarix28.11.2023
ölçüsü14,75 Mb.
#136991
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   113
10-sinf Davlat va huquq asoslari.

29
@edurtm_uz

  1. DARS. INSON HUQUQLARI BOʻYICHA MILLIY QONUNCHILIK



Inson huquqlari hech qaysi madaniyatga begona emas
va barcha xalqlarga tegishlidir. Inson huquqlari umuminsoniy qadriyat hisoblanadi. Kofi Annan, BMT Bosh kotibi (1997–2006-yillar)


Siz bilib olasiz

Milliy qonunchilik tizimi.


Inson huquqlari boʻyicha xalqaro mezonlarning milliy qonunchilikda aks etishi. Axborot davrida inson huquqlari himoyasi.


MILLIY QONUNCHILIK TIZIMI

Dunyodagi har bir davlat o‘zining inson huquqlariga oid qonunchilik tizimiga ega bo‘lib, uning negizini mamlakat konstitutsiyasi, shuningdek, inson huquqlari bo‘yicha xalqaro standartlar tashkil qiladi. Konstitutsiyalarda inson huquq va erkinliklari, fuqarolarning burchlariga oid eng muhim qoidalar mustahkamlangan bo‘lib, mazkur qoidalar alohida qonunlar va boshqa qonunchilik hujjatlarida yanada aniqlashtiriladi.


Oʻzbekiston Respublikasining inson huquqlariga oid qonunchilik tizimi quyidagi asosiy tarkibiy qismlardan tashkil topgan:

  • Shaxsiy huquqlarga oid – yashash huquqi, so‘z va e’tiqod erkinligi huquqi, shaxsiy daxlsizlik huquqi, turarjoy daxlsizligi huquqi va boshqa huquqlarni ta’minlashga qaratilgan qonunchilik hujjatlari (masalan, “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi qonun).

  • Siyosiy huquqlarga oid – saylash va saylanish huquqi, turli jamoat birlashmalariga uyushish huquqi, davlat organlariga murojaat qilish huquqiga oid qonunchilik hujjatlari (masalan, “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi qonun).


  • Yüklə 14,75 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə