Davlat va huquq asoslari


JAMIYATDA OILAVIY MUNOSABATLARNI TARTIBGA SOLISH



Yüklə 14,75 Mb.
səhifə37/113
tarix28.11.2023
ölçüsü14,75 Mb.
#136991
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   113
10-sinf Davlat va huquq asoslari.

JAMIYATDA OILAVIY MUNOSABATLARNI TARTIBGA SOLISH

Jamiyatda oila, nikoh kabi tushunchalar mavjud. Oila nikohga qaraganda ko‘proq kishilarni o‘z ichiga oladi. Oilaviy munosabatlar qarindoshlik aloqalarining keng ko‘lamida namoyon bo‘ladi. Oila nikoh singari qat’iy ravishda tuzilish va tugatilish sanasiga ega emas. Oila a’zolarining soni ko‘payishi yoki kamayishi sababli uning tarkibi o‘zgarishi mumkin.


Oiladagi barcha munosabatlar axloq qoidalari va huquq normalari bilan tartibga solinadi.
Masalan, oiladagi salom-alik, kattalarni hurmat qilish, kichiklarga izzatda bo‘lish, mehr- oqibat, e’tibor, oila a’zolariga “siz” yoki “sen” deb murojaat qilish, bir-birlariga yordam berish, yolg‘on gapirmaslik, yuklatilgan yumushlarni bajarish kabi xatti-harakatlar axloq va urf-odat qoidalari bilan tartibga solinadi.
Nikohni rasmiylashtirish, er-xotinning shaxsiy, mulkiy huquq va majburiyatlari, farzandlarning huquq va erkinliklari kabi munosabatlar huquq normalari bilan tartibga solinadi.
Oilada odob-axloq qoidalariga rioya etilmaganda buvi yoki buva, ota-ona yoki oilaning katta a’zolari tomonidan koyish, tanbeh beriladi, huquq qoidalari buzilganda esa huquqiy javobgarlikka tortiladi.
42
@edurtm_uz

Yodda tuting
Odob-axloq qoidalari bilan tartibga solinadi- gan oilaviy munosabatlar oiladagi axloqiy mu- nosabatlar hisoblanadi, huquq qoidalari bilan

Huquq qoidalari bilan tartibga solinadigan oilaviy munosabatlar “oiladagi huquqiy munosabatlar” deb ataladi.
tartibga solinadigan oilaviy munosabatlar esa oiladagi huquqiy munosabatlar hisoblanadi.
Oiladagi huquqiy munosabatlar nikoh, uni tuzish, nikoh asosida vujudga kelgan er-xotin, ota-ona va farzandlarning huquq va erkinliklari, majburiyatlariga asoslanadi.

Nikoh tuzish yoshi, nikohni qayd etish tartibi, ayol va erkakning ixtiyoriy roziligi, kelin- kuyov, er-xotin, ota-ona, farzandlarning huquqiy maqomi kabi holatlar tegishli huquq normalari bilan belgilanadi.
O‘zbekiston Respublikasida oilaviy huquqiy munosabatlarni tartibga soladigan qonunchilik tizimi yaratilgan.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasining Oila kodeksi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va tegishli boshqaruv organlari tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar oilaviy huquqiy munosabatlarni tartibga soladigan asosiy manbalar hisoblanadi. Shuningdek, oilaviy huquqiy munosabatlar xalqaro normalar bilan ham tartibga solinadi.
Oʻzbekiston Konstitutsiyasining “Oila, bolalar va yoshlar” bobida oila jamiyat va davlat muhofazasida ekani, davlat oilaning toʻlaqonli rivojlanishi uchun ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy va boshqa shart-sharoitlar yaratishi, oila aʼzolarining huquq va majburiyatlari mavjudligi umumiy asosda belgilangan.
O‘zbekiston Respublikasining Oila kodeksi (1998-yil 30-aprelda qabul qilingan va 1998- yil 1-sentyabrdan kuchga kirgan) oilaviy huquqiy munosabatlarni tartibga soladi va oilaviy munosabatlarni mustahkamlash, oilaviy munosabatlarni o‘zaro muhabbat, ishonch va hurmat, hamjihatlik, bir-biriga yordam berish asosida qurishni ta’minlash, oila a’zolarining mas’ulligini belgilash hamda oila a’zolarining huquqlarini himoya qilish qoidalarini belgilab beradi. Ushbu kodeks 8 ta bo‘lim, 238 ta moddadan iborat.
Oila kodeksida nikohni tuzish tartibi va shartlari, er-xotinning shaxsiy, mulkiy huquq va majburiyatlari, mol-mulkning shartnomaviy tartibi, nikohning tugatilishi kabi me’yorlar belgilangan. Shuningdek, qon-qarindoshlik va bolalarning nasl-nasabini belgilash, ota- ona hamda voyaga yetmagan bolalarning huquq va majburiyatlari, ularning aliment majburiyatlari, ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni himoyalash, fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish tartibi hamda chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar ishtirokidagi oilaviy munosabatlarni tartibga solish me’yorlari belgilangan.

Yüklə 14,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə