Davlat va huquq asoslari


Inson huquqlari bo‘yicha vakil (ombudsman)



Yüklə 14,75 Mb.
səhifə33/113
tarix28.11.2023
ölçüsü14,75 Mb.
#136991
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   113
10-sinf Davlat va huquq asoslari.

Inson huquqlari bo‘yicha vakil (ombudsman) tashkilotlar va mansabdor shaxslar tomonidan inson huquqlari hamda erkinliklari to‘g‘risidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan parlament nazoratini ta’minlash vazifasini amalga oshiradi. Ombudsman fuqarolarning ariza, taklif va shikoyat tarzidagi murojaatlarini ko‘rib chiqadi va tekshiradi, bu boradagi qonunchilik buzilishi holatlari aniqlanganda ularni bartaraf etish yuzasidan davlat organlari va tashkilotlar rahbarlariga taqdimnomalar, shuningdek, inson huquqlarining jiddiy buzilishiga yo‘l qo‘ygan shaxslarni javobgarlikka tortish yuzasidan tegishli organlarga iltimosnomalar kiritadi.
Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi milliy markazi inson huquqlari sohasidagi O‘zbekiston Respublikasining xalqaro majburiyatlarini bajarish bo‘yicha davlat organlari va boshqa tashkilotlarning o‘zaro hamkorligini, milliy ma’ruzalar tayyorlanishini, inson huquqlarini himoya qilish bo‘yicha xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni kengaytirishni ta’minlovchi davlat organi hisoblanadi.
Bolalar ombudsmani bola huquqlariga oid qonunchilik hujjatlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi, bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ijrosini o‘rganadi, bolalar va ularning qonuniy vakillari o‘rtasida bolaning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini tushuntiradi, imkoniyati cheklangan, shuningdek, yetim va ota- ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning ijtimoiy moslashuviga ko‘maklashadi.
Biznes-ombudsmanning asosiy vazifasi tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, mazkur huquqlar va qonuniy manfaatlarga davlat organlari, shu jumladan, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlar tomonidan rioya etilishini ta’minlashdan iborat.


INSON HUQUQLARINI HIMOYA QILISHDA NODAVLAT
TASHKILOTLARNING OʻRNI
Inson huquqlarini himoya qilish tizimida davlat organlari, milliy institutlar bilan birga nodavlat tashkilotlarning ahamiyati ham oshib bormoqda. Hozir mamlakatimizda 9 800 dan ortiq nodavlat notijorat tashkilotlar, 10 mingga yaqin mahallalar faoliyat yuritadi.
36
@edurtm_uz

Kasaba uyushmalari, fuqarolar yig‘inlari, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari, turli xayriya va jamoat fondlarini, aholining turli qatlamlari (bolalar, yoshlar, nogironlar, ayollar) huquqlarini himoya qilish, ularga ijtimoiy ko‘mak ko‘rsatish maqsadida tashkil etilgan ko‘plab jamoat tashkilotlarini nodavlat tashkilotlar sirasiga kiritish mumkin. Nodavlat tashkilotlar inson huquqlarini ta’minlash, shaxsning buzilgan huquqlarini tiklash, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamiga ko‘maklashish, inson huquqlarini targ‘ib qilish kabi yo‘nalishlarda samarali faoliyat ko‘rsatishi mumkin. Davlat organlari

Yüklə 14,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə