Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti


Mavzuning o‘rganilganlik darajasi



Yüklə 250,01 Kb.
səhifə3/10
tarix28.11.2023
ölçüsü250,01 Kb.
#136820
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
kurs ishi ozbekiston tarixi 25 01 2023 tahrirlash SHOX (1)

Mavzuning o‘rganilganlik darajasi. Mahalliy tarixchilar asarlarida Buxoro amirligi va Xiva xonligidagi siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy munosabatlarning yoritilishi O‘zbekiston mustaqilligining ilk paytlaridanoq asl manbalarga tayangan holda, chuqur ilmiy tahlil, yaxlit bir konsepsiya asosida xalqning haqqoniy tarixini yaratish vazifasi davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. Zero, tarixiy voqelikni haqqoniy va to‘laqonli aks ettirishning zarur shartlaridan biri birlamchi manbalardan foydalanish, ularni ilmiy iste’molga kiritish hisoblanadi.
Xiva xonligining Qo‘ng‘irotlar sulolasi davri tarixini o‘rganishda yozma ma’lumotlar muhim ahamiyatga ega. Xonlik tarixi bilan bog‘liq ma’lumotlar asosan Muhammad Rizo Erniyozbek o‘g‘li Ogahiy (“Riyoz ud-davla”, “Zubdat ut-tavorix”, “Jome’ ul-voqeoti sultoniy”, “Gulshani davlat”, “Shohid ul-iqbol”) va Muhammad Yusuf Bayoniy (“Shajarayi Xorazmshohiy”, “Xorazm tarixi”), Sayyid Homid To‘ra Kamyob (“Tavorix ul-xavonin”) singari xivalik tarixchilar asarlarida qayd qilingan bo‘lib, ular XVII asrda Abulg‘oziy Bahodirxon boshlab bergan tarixnavislik ilmini davom ettirganlar, hamda rivojlantirganlar. Buxoro amirligida mang’itlar davrida Ahmad Donishning asarlari, Baljuvoniyning “Tarixiy Nofeiy “asari, Tarixiy Salimiy asarlari Buxoro amirligi muxtasar tarixi bilishimiz mumkin.

Mavzuning maqsadi va vazifalari. Ishning maqsadi Buxoro amirligi va Xiva xonligining siyosiy ahvoli va ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli yashash tarzini o’rganish. Buxoro amirligi va Xiva xonligining XIX asrning oxiri va XX asrning boshlarida mamlakat faqatgina ichki bozorlar bilan cheklanib qoladi. Mazkur maqsaddan kelib chiqadigan vazifalar quyidagilardan iborat:

  • Buxoro va Xiva xonlarning siyosiy faoliyatini o‘rganish;

  • Buxoro va Xiva xonligida aholining yashash, turmush tarzini va aholini asosiy mashg’ulotlari haqida o’rganish;

  • Buxoro amirligi va Xiva xonligining XIX asrning oxiri va XX asrning boshlarida tashqi siyosatini tahlil qilish;

  • Buxoro va Xiva tarixida jadidchilik harakati ya’ni yosh buxoroliklar faoliyati va yosh xivaliklar faoliyati tahlil qilishdan iborat.


Yüklə 250,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə