Derektaniw uzb



Yüklə 1,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/81
tarix11.07.2018
ölçüsü1,14 Mb.
#55346
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   81

erlarni,  999  yili  esa  Buxoroni  ishgol    etib,  Somoniylar  xukmronligiga  barxam 
berdilar. 
Koraxoniylar  (X  asrning  90-yillarida  Sharkiy  Turkiston,  ettisuv  va 
Tyan`shanning  janubiy  kismida  tashkil  topgan  feodal  davlatga  asos  solgan  sulola) 
996-999  yillari  Nasr  ibn  Ali  (1012-yili  vafot  etgan)  boshchiligida  butun 
Movarounnaxrni  egalladi.  Fakat  Somoniylar  lashkarboshisi  Abu  Ibroxim  Ismoil 
(Muntasir) 1001 yilgacha Karoxoniylar bilan kurashdi, lekin ulardan ustun kelolmadi. 
Nasr ibn Alidan keyin Movarounnaxrni Iligxon Ali takin(1034  yilning kuzida 
vafot  etgan)  idora  kildi.  1025  yili  Koshgar  xoni  Kodirxon  (Tamgochxon)  bilan 
Maxmud  Gaznaviy  (998-1030-yy.)  birgalikda  Movarounnaxr  ustiga  yurish 
boshladilar.  Ali  takin  Buxoro  va  Samarkandni  koldirib  cho`lga  chekinishga  majbur 
bo`ldi.  Ittifokchilar  Movarounnaxrda  o`zlarining  xarbiy-siyosiy  mavkelarini 
mustaxkamlay olmadilar va uni tashlab chikishga majbur bo`ldilar. 
1032 yili Xorazm xukmdori Oltintosh (1017-1032 yy.) xam urinib ko`rdi, lekin 
uning  barcha  xarakatlari  zoe  ketdi.  Tarixiy  manbalar,  masalan  Abulfazl  Bayxakiy 
bergan  ma`lumotlarga  karaganda,  Ali  takindan  keyin  taxminan  1040  yilga  kadar 
uning o`gillari xukmronlik kildilar. Ulardan keyin 1060 yilgacha Abu Isxok Ibroxim 
ibn  Nasr  xukm  yuritgan.  U  Koraxoniylar  poytaxtini  O`zganddan  (Fargona 
vodiysidan)  Samarkandga  ko`chirib  olib  keldi.  Uning  vafotidan  keyin  o`gillari 
o`rtasida taxt uchun kurash boshlandi. Bu kurashda Abu Isxok Ibroxim ibn Nasrning 
Shams ul-mulk Nasr ismli o`gli golib chikdi. 
Shams  ul-mulk  Nasr  davrida  (1068-1080-yy.)  Koraxoniylar  va  Saljukiylar 
o`rtasida Termiz va Balx uchun kurash kuchaydi. Buning ustiga Tomgochxon Kodir 
Yusuf  va  uning  o`gillari  unga  karshi  kurash  boshladilar  va  Sirdaryoning  shimoliy 
soxilidagi erlarni xamda Fargonani undan tortib oldilar. 
Abu  Isxok  Ibroxim  ibn  Nasr  va  uning  avlodi  bilan  musulmon  ruxoniylari 
o`rtasidagi ziddiyatlar Shams ul-mulkning taxt vorislari Xidir va Axmad (1081-1089 
yy.)  davrida  benixoyat    kuchaydi.  Saljukiy  Malikshox  I  1089  yili  Movarounnaxrga 
ko`shin  tortib,  Buxoro  va  Samarkandni  zabt  etdi.  Lekin  Saljukiylar  tez  orada  sulx 
tuzib,  Movarounnaxrdan  chikib  ketishga  majbur  bo`ldilar.  Sulton  Sanjar  davrida 
(1118-1157  yy.),  1130  yildan  boshlab,  Koraxoniylar  unga  tobe  bo`lib  koldilar. 
Mamlakatda  siyosiy  tarkoklik  kuchaydi  –  viloyat  va  o`lkalarning  ko`pchiligi 
mustakillik  e`lon  kildi.  Ana  shunday  mustakil  viloyatlardan  biri  Buxoro  bo`lib,  bu 
erda  xokimiyat  Sadrlar  (Burxoniylar)  deb  ataluvchi  ruxoniylar  sulolasi  (1130-1207 
yy.) ko`liga o`tdi. 
  Koraxoniylar  inkirozga  yuz  tutgan  va  Movarounnaxr  tarkoklik  iskanjasiga 
tushib  kolgan  paytda  uning  shimoliy-sharkiy  va  garbiy  tarafida  ikki  yirik  xarbiy 
siyosiy  kuch  paydo  bo`ldi.  Bulardan  biri  koraxitoylar  bo`lib  (etnik  tarkibi 
aniklanmagan),  ba`zi  ma`lumotlarga  ko`ra,  ularning  asli  tungus,  ayrim  olimlarning 
fikricha  mo`gul  edi.  Ular  XII  asr  boshlarida  dastlab  Chuguchak,  keyinchalik 
Bolosogun shaxri bilan birga butun ettisuv voxasini ishgol kildilar. Koraxitoylarning 
oliy  xukmdori  shurxon  deb  atalgan.  Yana  bir  yirik  xarbiy  siyosiy  kuch  Xorazmda 
shakllandi. Ilgari Saljukiylarga tobe bo`lgan Xorazm 1127 yili mkstakillikka erishdi. 
XII  asrning  30-yillari  boshlaridan  koraxitoylarning  Movarounnaxrga 
talonchilik  xurujlari  boshlandi.  Ular  Shosh  va  Fargona  bilan  kifoyalanib  kolmay, 
Zarafshon xamda Kashkadaryo voxalariga xam kirib bordilar. Koraxitoylar 1138 yili 
Samarkand  xoni  Koraxoniy  Maxmudxonni  (1132-1141)  tor-mor  keltirdilar  va  katta 


o`lpon  olib  ettisuvga  kaytib  ketdilar.  1141  yili  ular  Samarkandga  yakin  Katavon 
degan joyda Maxmudxon va Sulton Sanjarning birlashgan kuchlarini tor-mor keltirib, 
Samarkand,  so`ngra  Buxoroni  egalladilar.  Lekin  ular  ettisuvdan  Movarounnaxrga 
ko`chib o`tmadilar, balki xar yili o`lpon olib turish bilan kifoyalandilar. 
Xorazmning  mustakillikka  erishuvi  Xorazmshox  Otsiz  (1127-1156  yy.)  nomi 
bilan boglik. U kiska vakt ichida Sirdaryoning kuyi okimida joylashgan Jand shaxrini 
va  Mingkishlokni  egalladi.  Suton  Sanjar  Xorazmni  yana  bo`ysundirishga  xarakat 
kildi, lekin bunga erisha olmadi. El Asrlon (1156-1172-yy.) va Sulton Takash (1172-
1200 
yy.) 
vaktida 
Xorazmshoxlar 
davlati 
birmuncha 
mustaxkamlandi. 
Xorazmshoxlar 1156-1192- yillar orasida Xind daryosidan Irokkacha bo`lgan erlarni 
bo`ysundirishga muvaffak bo`ldilar. Xorazmshox Muxamad (1200-1220-yy.) davlati 
xududini  juda  kengaytirdi.  1206  va  1212  yillari  Buxoro  va  Samarkandni  bosib  oldi, 
1210  yili  esa  ettisuvda  Gurxon  ko`shinlariga  kakshatkich  zarba  berdi  va  bu  bilan 
koraxitoylarning Movarounnaxrga bo`lgan da`volariga chek ko`ydi.   Ammo bu ulkan 
davlat markazlashgan va mustaxkam emas edi. Shuning uchun xam u mo`gullarning 
kuchli zarbasiga dosh berolmadi. 
Koraxoniylar davrida davlat tepasida xon (manbalarda Tomgochxon) turgan va 
u rasman oliy xukmdor xisoblangan, aslida esa nomigagina shunday bo`lib, ijtimoiy-
siyosiy  xayotda  ulus  xokimlarining,  manbalarda  ular  iligxon  atalgan,  tutgan  mavkei 
kuchli  bo`lgan.  Ulardan  ayrimlari  mustakil  siyosat  yuritganlar.  Fargona  (markazi 
O`zgand) 
xamda 
Movarounnaxr 
(markazi 
Samarkand) 
iligxonlari 
shular 
jumlasidandir.  Koraxoniylar  davdat  tuzulmasi  xakida  ma`lumot  kam.  Lekin  vazir, 
soxib  barid,  mustavfiy  atalmish  lavozimlarning  mavjud  bo`lishiga  karaganda,  ular 
davrida xam Somoniylar davlati idoralari saklangan ko`rinadi. 
XI  asrdan  boshlab  O`zbekistonda  erga  egalik  kilishning  yangi  shakli  –  ikto`, 
toju  taxt  oldida  ko`rsatgan  xizmatlari  uchun  shaxzoda  va  xonzodalar,  amir  va 
mansabdorlarga in`om   tarikasida beriladigan er-suv, tarakkiy eta boshladi. 
Koraxitoylar bosib olingan erlardan o`lpon yigib olish (xar bir xonadondan bir 
dinor mikdorida) bilan kifoyalandilar. 
Mexnatkash  xalkning  axvoli  ogir  edi.  U  ikki  tomonlama,  maxalliy  yirik  er 
egalari  va  xorijlik  boskinchilar  zulmi  ostida  koldi,  muntazam  ravishda  xiroj  xamda 
boshka solik va jarimalar to`lab turishga, davlat, xon va yirik er egalarining shaxsiy 
kurilishlarida tekinga ishlab berishga majbur edilar. 
Bu  davrda  chet  el  boskinchilariga  karshi  xalk  ko`zgolonlari  xam  bo`ldi. 
Masalan,  1206  yili  Buxoroda  va  1212  yili  Samarkandda  bo`lib  o`tgan  kosiblar 
ko`zgolonlari shular jumlasidandir. 
 
Xukukiy xujjatlar va yozishmalar 
O`zbekistonning  kadimgi  va  o`rta  asrlar  tarixini  o`rganishda  ilmiy  tekshirish 
institutlarining  kutubxonalarida,  davlat  tarix  arxivida,  o`lkashunoslik  muzeylarida 
saklanayotgan  rasmiy  xujjat  va  yozishmalarning  axamiyati  benixoya  kattadir.  Lekin 
ularni  topish,  o`rganish  va  o`z  o`rnida  foydalanish  o`ta  kiyin  bo`lib,  tadkikotchidan 
chukur bilim, maxsus malaka, kunt va sabot-matonat talab kilinadi. 
Xukukiy  xujjatlarni  xam,  jamiyatda  katta  nufuzga  ega  bo`lgan  shaxslar 
o`rtasida  olib  borilgan  yozishmalarni  xam  yuir  erdan,  anikrogi  bir  yoki  ikki  asar 
ichidan,  bir  muzey,  arxiv  va  fondidan  topib  bo`dmaydi.  Ularni  barcha  muzey,  arxiv 


Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə