Ijtimoiy-siyosiy, ayniksa, iktisodiy munosabatlarga oid masalalarni o`rganishda
rasmiy xujjatlar, moliyaviy - xisobot daftarlari va yozishmalarning axamiyati
benixoya kattadir. Rasmiy xujjatlar ijtimoiy-siyosiy xayotni ma`lum yuridik shaklda
bevosita va ko`p xollallarda aynan kayd etishi bilan kimmatlidir. Lekin ularning
orasida, ayniksa, rasmiy yozishmalarda soxtalari xam uchrab turadi. Shuning uchun
xam ulardan foydalanilganda dikkat-e`tibor va zo`r extiyotkorlik talab kilinadi.
Xujjatlar ustida ish olib borganda, undan biron ijtimoiy-siyosiy vokea yoki faktni
talkin etish uchun foydalanish jarayonida, bittasi bilan kifoyalanmasdan, o`xshash bir
necha xujjat, manbalarni ko`shib o`rganmok zarur, chunki bitta xujjatda fakat bir
kelishuv yoki fakt ustida gap boradi. Shuning uchun fakat bir xujjat bilan ma`lum
ijtimoiy-siyosiy masala ustada kat`iy fikr yuritib, umumlashtirib kat`iy xulosaga kelib
bo`lmaydi. Tarixiy, geo-kosmografik, xamda biografik asarlar to`grisida shuni aytish
kerakki, ular xukmron sinfning topshirigi bilan yozilgan va shu tufayli ularning
saxifalarida ko`prok podshoxlar va xonlarning, amirlar va yirik ruxoniylarning xayoti
va faoliyati yoritilgan, moddiy boylik yaratuvchi mexnatkash xalkning tarixi esa ko`p
xollarda chetlab o`tilgan.
Mojaz rasm-miniatyuralar.
X-XIX asrlar davomida ko`lyozma kitoblarini
ziynatlash uchun yaratilgan nafis mo``jaz rasmlar xam tarixiy manba bo`lib xizmat
kiladi. Yurtimiz tarixi va moddiy ashyolar, xanarmandchilik, kiyim-kechak,
me`morlik
obidalari
va
umuman
moddiy
madaniyatimiz
xususiyatlarini
o`rganmokchi bo`lsak, nafis mo``jaz tasviriy san`at namunalari- miniatyura rasmlar
kimmatli manba rolini o`taydi. Chunki ularda tarixiy ashyolar tasviri aynan, ba`zan
badiiy ijod xususiyatlariga moslashtirilgan xolda aks ettiriladi.
Masalan, buyuk musavvir ustod Kamoliddin Bexzodning “Samarkanddagi
Bibixonim masjidining masjida kurilishi” nomli mashxur rasmini eslatish kifoya. Bu
rasmda XU asrdagi kurilish jarayoni, unda ishtirok etayotgan ustalar to`grisida
mukammal tasavvur beriladi. Bunday rasmlardan tarixni o`rganishda tasviriy vosita
sifatida unumli foydalanish mumkin. Biz so`nggi yillarda chop etilgan manbalarda
ulardan shunchaki befark foydalanishlarini ko`rishimiz mumkin. Umuman, bizgacha
etib kelgan kadimgi devoriy rasmlar va ko`lyozma kitoblarga ishlangan xamda
aloxida murakka`lardagi rasmlar axamiyati juda katta.
Manbashunoslikk
Manbashunoslikk
Manbashunoslikk
Manbashunoslikka oid adabiyotlarni taxlili.
a oid adabiyotlarni taxlili.
a oid adabiyotlarni taxlili.
a oid adabiyotlarni taxlili. Bizning tariximiz juda
boy, yozma yodgorliklarimiz ko`p bo`lishiga karamay, o`z madaniy
merosimizni butun boyligini namoyish etadigan, uning o`ziga xos
xususiyatlari va jaxon madaniyati xazinasiga xissa bo`lib ko`shilganlarini
aloxida ko`rsatdigan manbashunoslik fani soxasida yaratilgan mukammal
dasrlik va ko`llanmaga ega emasmiz. Lekin yurtimizda tarix fani soxasida
olib borilgan deyarli uch ming yildan uzokrok davr davomida to`plangan
tajriba umumlashtirilgani yo`k.
Xozircha mavjud darslik va ko`llanmalar ichida akademik B.Axmedovning
“O`zbekiston tarixi manbalari” darsligi ikkinchi nashrini eng mukammal deb tan
olishimiz mumkin. Kimmatli ma`lumotlar jamlangani bilan ajralib turgan bu asar
yanada mukammal darslik uchun asos bo`lib xizmat kiladi.
A.Xabibullaevning “Adabiy manbashunoslik va matnshunoslik” ko`llanmasida
xam kator ijobiy xususiyatlar mavjud bo`lib, ulardan tarixiy manbashunoslik
bo`yicha darslik tuzishda foydalanish mumkin.
A.A.Madraimov tomonidan tuzilgan “Manbashunoslikdan ma`ruzalar
majmuasi”da ilk bor arab, fors va turk tilidagi tarixiy manbalar xususiyatlarini
xarakterlashga xarakat kilingan va manbalalar to`grisidagi ma`lumotlar manba nomi
ostida berilishi bilan ajralib turadi.
Manbashunoslik fani ko`p asrlik an`anaga ega bo`lsa-da, yurtimiz
manbashunosligi yukorida zikr etilgan asarlarda umumlashtirishga xarakat kilindi.
Manbashunoslikni o`rganish uchun birinchi galda tarixga oid ilmiy tadkikotlar,
yozma yodgorliklar nashrlari va birlamchi yozma manbalar bilan bevosita ishlashga
to`gri keladi. Bu soxada Ya.Gulomov, B.A.Axmedov, A.O`. O`rinboev kabi yirik
olimlar asarlari, O`zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Abu Rayxon Beruniy
nomidagi Sharkshunoslik institutida saklanayotgan ko`lyozmalar tavsifini o`z ichiga
olgan 11 jildlik monografik katalog xamda maxsus katalog – fixristlar, tadkikotlar
bo`lgusi manbashunoslar uchun namuna bo`lib xizmat kilishi mumkin.
Talabalar yordamchi manba sifatida entsiklopedik komuslardan foydalanish
mumkin. Manbashunoslikni yaxshi egallash uchun talaba bir necha til, ayniksa arab
yozuvidagi turkiy til va garb tillaridan ingliz, nemis va frantsuz tillaridan birini
yaxshi bilishi kerak. Bu soxada rus tili xam ma`lum mavkega ega. Manbashunoslik
tarix fanining bir kator yordamchi soxalari – paleografiya, diplomatika, geral`dika,
sfragistika, epigrafika, numizmatika, metrologiya va xronologiya ko`dga kiritgan
yutuklariga tayanadi.
Paleografiya (yunon. Paleo - kadimiy, grapxo – yozaman; kadimiy yozuv)
kadimiy ko`lyozma asarlarning kogozi, mukovasi, siyoxi, yozuvi va yozish usullarini
tekshiradi.
Diplomatika (yunon. Diploma – ikki buklangan kogoz; xujjat) rasmiy
xujjatlarni o`rganish va taxlil kilish bilan shugullanadi.
Geral`dika (yunon. Geral`d –gerb, belgi, nishon) kadimiy gerblar, turli-tuman
nishon va belgilarni (masalan, kadimgi turkiy kabilalarning tamgalari) o`rganadi.
Sfragistika (yunon. Spragis –muxr) kadimiy muxrlar (podshoxlar, xonlar,
amirlar va kozilar muxrlari) va ularning yozuvlarini tekshiradi.
Epigrafika – (yunon. Epi –ustida, tepasida, grapxo – yozuv; biron narsa;
buyum ustidagi yozuv) tosh, metall buyumlar, yogoch va boshka kattik buyumlar
ustiga o`yib yozilgan kadimgi bitiklarni o`rganadi.
Numizmatika (lotin. Numis –pul) kadimiy pullarni, ashyosi, shakli, vazni,
yozuvlari, zarb etilgan joyi va vaktini tekshiradi.
Metrologiya (yunon. Metron -o`lchov, logos – tushuncha – bilim; o`lchovlar
xakida tushuncha) o`tmishda turli mamlakat va xalklar orasida amalda bo`lgan
ogirlik, masofa va satx o`lchovlarini o`rganadi.
Xronologiya (yunon. Xronos – vakt, logos - tushuncha, bilim; vakt xakida
tushuncha) kadimgi xalklar orasida va mamlakatlarda amalda bo`lgan yil xisobi va
takvimni o`rganuvchi soxa. Abu Rayxon Beruniyning “Osor ul-bokiya” (“Kadimgi
xalklardan kolgan yodgorliklar”) nomli asari turli takvimlarni o`rganishga
bagishlangani uchun evropada “Xronologiya” nomi bilan mashxur.
Mavzuni mustahkamlash uchun beriladigan savollar:
1.
Manbashunoslik maqsadi nimadan iborat?
2.
Manbashunoslikning asosiy mavzui va vazifalari nimadan iborat?
Dostları ilə paylaş: |