Didaktikaning predmeti, funksiyalari va vazifasi. Pedagogika fani ta`lim va tarbiya jarayonini ularning yaxlitligi va birligi asosida urganadi


Zamonaviy pedagogikada ta`lim paradigma (modeli)lari



Yüklə 34,86 Kb.
səhifə2/3
tarix24.09.2023
ölçüsü34,86 Kb.
#123639
1   2   3
Didaktikaning predmeti

Zamonaviy pedagogikada ta`lim paradigma (modeli)lari. Pedagogik paradigma (yunoncha «paradeigma» - misol, namuna) – pedagogika fani rivojining ma`lum boskichida ta`limiy va tarbiyaviy muammolarni xal etish namunasi (modeli, standarti) sifatida ilmiy pedagogik xamjamiyat tomonidan e`tirof etilgan nazariy xamda metodologik kursatmalar tuplami bulib, u ta`limning konseptual modeli sifatida kullaniladi. Bugungi kunda ta`limning kuyidagi paradigmalari keng tarkalgan:
1. An`anaviy – konservativ paradigma (bilim paradigmasi).
2. Ratsionalistik (bixevioristik) paradigma.
3. Fenomenologik (gumanistik) paradigma.
4. Texnokratik paradigma.
5. Ezoterik paradigma.

Ayni vaktda ta`lim paradigmalarini belgilashga nisbatan uch xil yondashuv mavjud:


1. kadriyatli (aksiologik) yondashuv - madaniyat inson xayotining mazmuni sifatida tushuniladi.
2. Faoliyatli yondashuv asosan madaniyat moddiy va ma`naviy boyliklarini yaratishga yunaltirilgan faoliyatning sinalgan usullari sifatida talkin etiladi.
3. Shaxsiy yondashuv - madaniyat muayyan shaxs timsolida namoyon buladi.
Madaniyatga nisbatan turli yondashuvlarning mavjudligi bir kator paradigmalarning yaratilishiga zamin yaratadi.
Xar bir paradigma muayyan ta`limiy muammolarni xal etishga yunaltiriladi. Xususan:
- ijtimoiy institut sifatida ukuv muassasalarining vazifalari;
- ta`limning samarali tizimi;
- ukuv yurtlari oldida turgan eng muxim, ustuvor masala;
- ta`limning ijtimoiy axamiyatli maksadlari;
- muayyan bilim, kunikma va malakalarning kimmatli xisoblanishi.
Ayni vaktda kuyidagi paradigmalar mavjud:
1. Bilim olishning an`anaviy paradigmasi (modeli) (J.Majo, L.Kro, J.Kapel va boshkalar)
Unga kura ta`limning asosiy maksadi - “Bilim, kanchalik kiyin bulmasin bilim olish”. An`anaviy paradigma maktabning maksadi yosh avlodga individual rivojlanishi xamda ijtimoiy tartibni saklab kolishga yordam beruvchi madaniy meroslarning muxim elementlari – bilim, kunikma va malakalar, ilgor goyalar va kadriyatlarni saklab kolish xamda ularni yoshlarga yetkazish muxim ekanligini yoritadi. Bilim olish paradigmasining asosiy maksadi: ta`lim olish, tarakkiyot va madaniyatning eng muxim elementlarini avloddan-avlodga yetkazish.
2. Ratsionalistik (bixevioristik) paradigma (P.Blum, R.Ganye, B.Skinner va boshkalar). Ratsionalistik paradigma dikkat markazida ta`lim mazmuni emas, balki ukuvchilar tomonidan turli bilimlarni uzlashtirilishini ta`minlovchi samarali usullari yotadi. Ta`limning ratsionalistik modeli asosini B.Skinerning ijtimoiy injeneriya bixevioristik (inglizcha behavior - xulki) konsepsiyasi tashkil kiladi.
Maktabning maksadi – ukuvchilarda garb madaniyati ijtimoiy koidalari, talablari va kuzlagan maksadlariga mos keladigan moslashtiruvchi “xulkiy repertuar”ni shakllantirishdir. Shu bilan bir vaktda, “xulki” atamasi bilan “insonga xos xamma ta`sirlanishlar – uning fikrlari, sezgi va xarakatlari” ifodalanadi (R.Tayler).
Bunda ta`limning asosiy metodlari, urgatish, trening, test sinovlari, individual ta`lim, tuzatishlari bulib koladi. Buning okibatida, ta`limninggina emas, balki dars berishning xam ijodiy xarakterini aniklash muammosi muxokama kilinmaydi.
P.Blum barcha ukuvchilar fakat uzlashtiribgina kolmay, balki muvaffakiyatli ukishlari mumkin deb xisoblaydi. Ukuvchining optimal kobiliyatlari ma`lum sharoitlarda, ukuvchiga ta`lim berish natijasi uning sur`ati bilan aniklanadi. Olimning firicha, ta`lim oluvchilarning 95 foizi ta`lim muddatlariga bulgan cheklashlar olib tashlanganda ukuv kursining butun muzmunini uzlashtirib olishga kodirlar. Ana shu nuktai nazardan Darsning samaradorligi uning puxta tayyorlanganligi va samarali tashkil etilganligi bilan bog`liq. Yaxshi rejalashtirilmagan, yetarlicha o’ylab chiqilmagan, shoshilinch tuzilgan va o’quvchilar imkoniyatlariga moslashtirilmagan dars sifatli bo’la olmaydi. Darsga tayyorgarlik aniq sharoitlarda eng yuqori yakuniy natijaga erishishni ta`minlovchi o’quv-tarbiyaviy jarayonni tashkil etilishini ta`minlash, kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqishdir.
O’qituvchining darsga tayyorgarligida quyidagi uchta bosqich ko’zga tashlanadi: tashxislash, bashoratlash, loyihalashtirish (rejalashtirish).
Shu bilan birga o’qituvchi amaliy materiallarni yaxshi bilishi, o’z fanini erkin olib borishga erishishi lozim. Darsga tayyorgarlik asosini bo’lajak mashg`ulotning algoritmlari, samaradorligi bog`liq bo’lgan omillar va holatlarni hisobga olishni ta`minlovchi qadamlarni ketma-ket tartib bilan bajarish tashkil etadi.
Algoritmni amalga oshirish aniq sharoitlarni diagnostika qilish bilan boshlanadi. Tashxis didaktik jarayon kechadigan barcha sharoitlarni oydinlashtirish, uning natijalarini belgilashdir. Unda o’quvchilarning imkoniyatlari, ularning faoliyatlari va xulqlari, motivlari, talab va layoqatlari, qiziqish va qobiliyatlari, bilimdonlik darajasi, o’quv materialining xususiyati, uning amaliy ahamiyati, dars tuzilishi, yangi axborotni o’zlashtirish, mustahkamlash va tizimlashtirish, bilim, ko’nikma va malakalarini nazorat qilish hamda tuzatish kabi holatlar namoyon bo’ladi.

Bashoratlash bo’lajak darsni tashkil etilishining turli variantlarini baholash va ulardan qabul qilingan mezonlarga muvofiq eng ma`qulini tanlab olish.

Loyihalashtirish (reialashtirish) o’quvchilarning o’quv faoliyatini boshqarish dasturini yaratish bo’lib, u darsga tayyorlanishning yakuniy bosqichi hisoblanadi. Loyiha (boshqarish dasturi) qisqa va aniq, erkin tuzilgan, pedagog o’zi uchun boshqarish jarayoni muhim vaziyatlari (kimdan va qachon so’rash, qayerda mavzuni kiritish, mashg`ulot keyingi bosqichiga qanday o’tish, oldindan ko’zda tutilmagan qiyinchiliklar yuzaga kelganida jarayonni qaysi sxema bo’yicha qayta o’zgartirish)ni belgilab olishga imkon beruvchi hujjatdir. Boshqarish dasturi darsning an’anaviy rejasidan boshqarish ta`sir ko’rsatishlarini aniq va tushunarli belgilab olish bilan farq qiladi.



Yüklə 34,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə