Dilmurod quronov a d a b iy o t s h u n o s L ik k a k ir ish oliy va o ‘rta maxsus ta'lim vazirligi


yaroqli «Mirzo Ulug‘bek», «Jaloliddin Manguberdi» tragediyalaridan



Yüklə 3,09 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə162/182
tarix29.11.2023
ölçüsü3,09 Mb.
#141947
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   182
Dilmurod quronov a d a b iy o t s h u n o s L ik k a k ir ish ol

yaroqli «Mirzo Ulug‘bek», «Jaloliddin Manguberdi» tragediyalaridan
binning markaziga shoh, ikkinchisining markaziga sarkarda chiqarilgan.
Tragediya janr problematikasi nuqtai nazaridan turlicha: bu janrga
mansub asarlarda ma’naviy-axloqiy («Shoh Edip», «Qirol Lir»),
millatning tarixiy taqdiri («Jaloliddin Manguberdi») yoki romanga
xos problematika («Mirzo Ulug‘bek») badiiy talqin qilinishi mumkin.
Tragediya janri o‘zining faolligini yo'qotgan sanalib, zamonaviy


dramaturgiyada bu janr deyarli ishlanmaydi, biroq tragiklik badiiy
adabiyotda estetik kategoriya (pafos) sifatida saqlanib qolgan.
Realizm bosqichiga yaqinlashgan sari dramaturgiyada tragediya
o‘mini, yetakchilik mavqeini drama egallay boshlaydi. Drama 
0
‘zining
mavzu jihatidan turfaligi, turfa hayotiy ziddiyatlami badiiy talqin
qilish imkoniyatlarining kengligi bilan xarakterlanadi. Dramaning
tragediyadan farqi shundaki, tragik konflikt qahramon ruhiyatida
kechsa, dramatik konflikt qahramon bilan tashqi kuchlar orasida
kechadi. Ayni paytda, dramadagi konflikt ham juda keskin bo‘lishi,
qahramonni iztirobu qiynoqlarga solishi va oxir-oqibat halokatga olib
borishi mumkin. Biroq bularning bari tashqi kuchlar bilan
to'qnashuv natijasi o'laroq sodir bo'ladi, asar markazida dramatik
konflikt turadi. Masalan, «Nurxon» musiqali dramasida eskilik va
yangilik orasidagi kurash qahramon ruhiyatida emas, uning boshqa
personajlar bilan to'qnashuvida namoyon bo'ladi va ayni shu
ziddiyatlar Nurxonning o'limiga olib keladi. Drama turli mavzulami,
xarakter va ziddiyatlami badiiy talqin qilishga keng imkoniyatlar
ochishi, real hayotga yaqinligi bilan dramatik janrlar orasida alohida

Yüklə 3,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə