|
Dorivor fitopreparatlarning organizmdagiDorivor fitopreparatlarning organizmdagi________________________________________________________________
"Экономика и социум" №2(93) 2022 www.iupr.ru
foetidin, kamolonol va ferul kislotasi kabi fitobirikmalarni o'z ichiga oladi
(Nargiza R. Hamzaeva, 2021). Bundan tashqari kavrak, uglevodlarni o'z ichiga
olgan ba'zi ovqatlarni hazm qilishga yordam beradi, shuningdek qondagi shakar
miqdorini me’yorda saqlaydi, nafas olishda kuchli stimulyator sanalib, balg'am
ko’chiruvchi vositasifatida, nafas siqishini bartaraf etadi. Kavrak tarkibidagi
uchuvchan yog’lar o'pka orqali tashqariga chiqariladi, shuning uchun xalq
tabobatida astma, ko'k yo'tal, bronxit va o'pka bilan bog'liq boshqa muammolarni
davolash uchun qo’llaniladi (Omid Safari 1, 2019). Hatto sanoatda atir –upaning
xushbo'y tarkibiy qismi sifatida ham ishlatiladi.
Ferulaning dorivorlik xususiyatlari.
Ferula juda samarali dorivor o'simlik bo'lib, u asosan oshqozon-ichak tizimida
ishlaydi, oshqozon-ichak traktini tozalaydi va kuchaytiradi . Saqich qatroni
tarkibida uchuvchan yog 'i bor bo’lib, u sarimsoq kabi doimiy hidga ega. Ushbu
qatrondan tayyorlangan fitopreparatlar nafas yo’llarining yallig’lanishi uchun
Ba'zi tadqiqotlarda kavrakning ko’pgina turlaridan foydali yurak -qon
foydalidir.
tomir ta'siriga ega bo'lgan ba'zi fitokimyoviy moddalarni ajratib olishganini
ko’rishimiz mumkin. Biz “Vestar” zotli oq kalamushlarda in vitro usulida ferula
va boshqa bir necha o’simliklarning hazm organlariga tasirini o’rganib chiqdik,
o’rganilgan tadqiqotimiz natijalariga ko’ra, kavrakning gidro-alkogolli ekstrakti
nazorat guruhlarga nisbatan tajribadagi hayvonlarda fermentlar (jumladan
a
-
amilazaning) faolligi sezilarli darajada oshishiga olib keldi. Bu esa o’z o’zidan
ma’lumki, kavrak ekstrakti oshqozon-ichakda hazm fermentlari ishlab
chiqarishning ham sezilarli faollashuviga olib keladi. Biroq, haddan tashqari ko’p
iste'mol qilish ko'ngil aynishi, qusish, diareya va siydik chiqarish paytida
noqulaylik kabi salbiy ta'sirga olib kelishi mumkin. Ba'zan ushbu o’simlik
preparatlarini qabul qilish xavfsiz ko’rinsada, ularni homilador va emizikli onalar
va bolalar qabul qilmasligi tavsiya etiladi (Buranova G, 2021). Bolalar tomonidan
qabul qilinganida, aks ta’sir ko’rsatib, hayot uchun xavfli qon kasalliklariga olib
kelishi mumkin. Kavrak ekstraktining minimal me’yori (10 mg / 100 mg) sezilarli
ta'sir ko'rsatadi, jumladan, yo'g'on ichak kanserogeneziga qarshi kimyohimoyaviy
|
|
|