Educational materials



Yüklə 4,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/231
tarix28.11.2023
ölçüsü4,65 Mb.
#136976
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   231
Educational materials

 
17.3.
 
O’zbekistonda aksiyadorlik jamiyatlari va ularga qo’yiladigan 
talablar. 
 
Aksiyadorlar jamiyati – daromad topish maqsadida hissadorlik tamoyiliga 
binoan uyushgan sherikchilik jamiyati.
Aktsiyadorlik jamiyati - bu jismoniy shaxslar kapitallarning birlashuvi 
bo‘lib, u aktsiyalar chiqarish yo‘li bilan bunyod etiladi. Aktsiyalar fond birjalarida 
muomalada bo‘ladi - bir shaxsdan ikkinchisiga erkin o‘tadi va aktsiyador uchun 
uning xissasi xakidagi xujjat hisoblanadi. Aksiyadorlar jamiyati boshqa 
sherikchilik korxonasidan farqliroq, muomalaga nominal qiymati ko‘rsatilgan 
aksiyalar chiqarish va uni sotish yo‘li bilan tarqatish bunday jamiyatning 
moliyaviy negizini tashkil etadi. Aksiya egalari dividend shaklida daromad 
oladilar. Aksiyadorlar jamiyatining ochiq va yopiq jamiyat shaklidagi ko‘rinishlari 
bor: 
Yopiq aksiyadorlar jamiyati – aksiya egalari maʼlum guruh, masalan, 
taʼsischilarning o‘zi bilan cheklanadi. Aksiyalar faqat ularning o‘rtasida tarqatiladi. 
Ochiq aksiyadorlar jamiyati – jamiyat aksiyalari erkin sotiladi va sotib 
olinadi, aksiyadorlar soni cheklanmagan, xohlagan va aksiya olishga puli bor 
yuridik yoki jismoniy shaxs, shu jumladan, ajnabiy shaxslar uning aʼzosi bo‘la 
oladi. 
Aksiyadorlar jamiyati pulni bir yerga to‘plab biznesga qo‘yish uchun 
tuziladi. Uning tashkilotchilari taʼsischilar deb yuritiladi. Taʼsischi firmalar, 
banklar, davlat va ayrim fuqarolar bo‘lishi mumkin. Aksiyadorlar jamiyatining 
afzalligi shundaki, u mayda pulni to‘plab yirik pulga aylantirish, yaʼni kapital bo‘la 
oladigan pulga aylantirishdan, mayda puldorlarning pulini ham biznesga 
qo‘yishdan iborat. Aksiyadorlar jamiyatini boshqarishning oliy organi – 
aksiyadorlar majlisi, so‘ngra – direktorlar kengashi va quyi bo‘g‘ini – bo‘linmalar 
boshqarmasidan iborat. Aksiyadorlar majlisi aksiyadorlar jamiyati yillik hisobotini, 
nizomdagi o‘zgarishlarni, daromadning taqsimlanishini, foyda-zarar hisob-kitobini, 
taftish natijalari, rahbarlarni saylash masalasini ko‘rib chiqadi va tegishli qarorlar 
qabul qiladi. Dastlab aksiyadorlar jamiyati 17-asrda paydo bo‘lgan, hozir keng 
tarqalib, ommaviy tus olgan. O‘zbekistonda aksiyadorlar jamiyati bozor islohotlari 
davomida mol-mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonida 
paydo bo‘ldi, davlat korxonalarini aksiyadorlar jamiyati aylantirish mulkiy 
o‘zgarishlarning yo‘nalishlaridan biriga aylanadi. Islohotlarning birinchi 
bosqichida yopiq turdagi aksiyadorlar jamiyati tashkil topdi. Uning 2-bosqichida 
ochiq turdagi aksiyadorlar jamiyati shakllana boshladi. O‘zbekistonda aksiyadorlar 
jamiyati nodavlat sektoriga kiradi. Aksiyadorlar jamiyati mustaqil, lekin ular davlat 
belgilagan qonun-qoidalar asosida ish ko‘radi. Ularning faoliyati O‘zbekiston 


Respublikasining “Aksiyador jamiyatlar va aksiyadorlarning huquqlarini himoya 
qilish to‘g‘risida” (yangi tahrir 6-may 2014-yilda qabul qilingan) qonuniga binoan 
olib boriladi. 

Yüklə 4,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   231




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə