|
Educational materialsEducational materials4. Iqtisodiy loyihalar.
Korxonalarni xususiylashtirish, auditorlik tizimini tashkillashtirish, yangi
soliq tizimining joriy etilishi (inqirozdan chiqish, bank tizimiga katta miqdorda
kreditlar ajratish, pul reformasi, boshqa davlatga beg’araz yordam ko’rsatish,
xalqaro hamjamiyat tuzish yoki shu kabi tashkilotlarga a’zo bo’lish, biror-bir
iqtisodiy tizimni isloh qilish, masalan, sug’urta tizimi, moliya bozori va sh.k.) – bu
o’zining xususiyatlariga ega bo’lgan barcha iqtisodiy loyihalar: loyihaning
maqsadi tizimning iqtisodiy ko’rsatkichlari ishlashining yaxshilanishi hisoblanadi,
shuning uchun ularni avvalroq ko’rib chiqilgan holatlarga nisbatan baholash
qiyinroqdir; maqsadlar taxminan belgilanadi, lekin, loyihani siljib borishi bo’yicha
to’g’rilanishini (korrektirovka) talab qiladi; loyiha muddatlari ham xuddi shunday,
loyiha uchun resurslar zaruriyat yuzasidan imkoniyat doirasida taqdim etiladi;
xarajatlar taxminan aniqlanadi, iqtisodiyligi nazorat qilinadi va loyihani siljib
borishi aniqlanadi. Bu shuni bildiradiki, iqtisodiy natijalarga belgilangan
muddatlarda o’rnatilgan xarajatlar asosida erishilishi kerak, resurslar talab bo’yicha
taqdim etiladi.
5. Ijtimoiy loyihalar.
Ijtimoiy ta’minot tizimini qayta qurish, sog’liqni saqlash, axolining kam
ta’minlangan tabaqalarini ijtimoiy ximoya qilish, tabiiy va ijtimoiy siljishlar
oqibatlarini yengib o’tish (Orolni qutqarish, ko’chatlar o’tqazish va bog’lar
(Yoshlar bog’ini) yaratish, tabiatni turli chiqindilardan tozalash, yozgi
oromgohlarda bolalarni sog’lomlashtirish dasturlari, nogiron yoki bolalar
uyidagilarga mehr ko’rsatish, ularga turli o’yin, konsert dasturlarini tashkil etish,
nochor oilalarda sunnat va nikoh to’ylarini o’tkazish kabilar) – bularning barchasi
o’z xissasiga ega ijtimoiy loyihalardir: maqsadlar faqat oraliq natijalarga erishish
doirasida to’g’rilanishi kerak va ko’zda tutiladi, ularni miqdor va sifat jixatdan
baholash ancha murakkablashgan; loyihaning muddati va davomiyligi taxmininy
omillarga bog’liq yoki faqat belgilanadi va oqibatda aniqlanishi zarur; loyiha
xarajatlari, odatda byudjet assignatsiyalariga bog’liq; resurslar talab bo’yicha
imkoniyat doirasida ajratiladi. Ijtimoiy loyihalar yuqori aniqlikka ega.
Dostları ilə paylaş: |
|
|