Educational materials



Yüklə 4,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/231
tarix28.11.2023
ölçüsü4,65 Mb.
#136976
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   231
Educational materials

4. Iqtisodiy loyihalar. 
Korxonalarni xususiylashtirish, auditorlik tizimini tashkillashtirish, yangi 
soliq tizimining joriy etilishi (inqirozdan chiqish, bank tizimiga katta miqdorda 
kreditlar ajratish, pul reformasi, boshqa davlatga beg’araz yordam ko’rsatish, 
xalqaro hamjamiyat tuzish yoki shu kabi tashkilotlarga a’zo bo’lish, biror-bir 
iqtisodiy tizimni isloh qilish, masalan, sug’urta tizimi, moliya bozori va sh.k.) – bu 
o’zining xususiyatlariga ega bo’lgan barcha iqtisodiy loyihalar: loyihaning 
maqsadi tizimning iqtisodiy ko’rsatkichlari ishlashining yaxshilanishi hisoblanadi, 
shuning uchun ularni avvalroq ko’rib chiqilgan holatlarga nisbatan baholash 
qiyinroqdir; maqsadlar taxminan belgilanadi, lekin, loyihani siljib borishi bo’yicha 
to’g’rilanishini (korrektirovka) talab qiladi; loyiha muddatlari ham xuddi shunday, 
loyiha uchun resurslar zaruriyat yuzasidan imkoniyat doirasida taqdim etiladi; 
xarajatlar taxminan aniqlanadi, iqtisodiyligi nazorat qilinadi va loyihani siljib 
borishi aniqlanadi. Bu shuni bildiradiki, iqtisodiy natijalarga belgilangan 
muddatlarda o’rnatilgan xarajatlar asosida erishilishi kerak, resurslar talab bo’yicha 
taqdim etiladi. 
5. Ijtimoiy loyihalar. 
Ijtimoiy ta’minot tizimini qayta qurish, sog’liqni saqlash, axolining kam 
ta’minlangan tabaqalarini ijtimoiy ximoya qilish, tabiiy va ijtimoiy siljishlar 
oqibatlarini yengib o’tish (Orolni qutqarish, ko’chatlar o’tqazish va bog’lar 
(Yoshlar bog’ini) yaratish, tabiatni turli chiqindilardan tozalash, yozgi 
oromgohlarda bolalarni sog’lomlashtirish dasturlari, nogiron yoki bolalar 
uyidagilarga mehr ko’rsatish, ularga turli o’yin, konsert dasturlarini tashkil etish, 
nochor oilalarda sunnat va nikoh to’ylarini o’tkazish kabilar) – bularning barchasi 
o’z xissasiga ega ijtimoiy loyihalardir: maqsadlar faqat oraliq natijalarga erishish 
doirasida to’g’rilanishi kerak va ko’zda tutiladi, ularni miqdor va sifat jixatdan 
baholash ancha murakkablashgan; loyihaning muddati va davomiyligi taxmininy 
omillarga bog’liq yoki faqat belgilanadi va oqibatda aniqlanishi zarur; loyiha 
xarajatlari, odatda byudjet assignatsiyalariga bog’liq; resurslar talab bo’yicha 
imkoniyat doirasida ajratiladi. Ijtimoiy loyihalar yuqori aniqlikka ega. 

Yüklə 4,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   231




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə