Educational materials


-rasm. Investitsiya loyihalarining tasnifi



Yüklə 4,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/231
tarix28.11.2023
ölçüsü4,65 Mb.
#136976
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   231
Educational materials

14.2-rasm. Investitsiya loyihalarining tasnifi
8
 
 
Yuqorida keltirilganlardan birinchi va to’rtinchi tur investitsiyalarida 
tavakkal xavfi darajasi past, qolgan ikkitasida esa yuqori hisoblanadi. Bozorda 
8
Muallif tomonidan tuzildi. 


avval ma’lum bo’lmagan mahsulotni ishlab chiqarish va yangi bozorlarni egallash 
uchun investitsiya sarfi katta tavakkalchilikni talab qiladi. Shu sababli ham 
uchinchi guruh investitsiyalari tavakkalchilik xavfi eng yuqori bo’lgan 
investitsiyalardir.
Ishlab chiqarishni kengaytirishga qilingan investitsiyalarda tavakkalchilik 
xavfi yangi ishlab chiqarishga qilingan investitsiyalarga qaraganda pastroq. Ayni 
paytda samaradorlikni oshirishga qilinadigan investitsiyalar bozor allaqachon 
qabul qilgan tovarlarning sifatini oshirish, tannarxini kamaytirishni ko’zda tutgani 
uchun ham, ularda tavakkalchilik xavfi darajasi ikkinchi va uchinchi guruhlar 
investitsiyalarinikidan ancha past bo’ladi. Xuddi shu kabi davlat boshqaruv 
idoralari talablarini bajarishga sarflangan investitsiyalarning tavakkalchilik xavfi 
darajasi ancha kichik hisoblanadi.
Loyihalarning turlariga tasniflanish va bo’linmalariga mos ravishda 
loyihalarni bir-biridan ajratib turadigan bir necha xususiyatlari va odatiy shartlarni 
ajratish mumkin. Shunga ko’ra, uning quyidagi turlarini bilish zarur.
1. Investitsion loyihalar.
Uylarni qurish, tashkilotlarni qayta qurish yoki asoslarni barpo qilish – bu 
shunday loyihalarni, ular uchun quyidagilar aniqlangan va belgilangan: loyiha 
maqsadi (masalan, uy maydonining kv.m. mahsulotning ishlab chiqarish xajmi
o’lchami va profili): bitimning muddati va davomiylik; loyiha xarajatlari
loyihaning talab qilingan resurslari va xaqiqatdagi qiymati birinchi o’rinda 
ishlarning bajarilish yo’nalishi va har bir loyihaning ilgarilab borishiga bog’liq 
bo’ladi. Talab qilinayotgan quvvat bu tur loyihalar uchun bosqichlar jadvali va 
tayyorgarlik muddati hamda loyihaning yakunlanishi asosida taqdim qilinishi 
kerak. 

Yüklə 4,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   231




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə