Educational materials


-rasm. Jami xorijiy investitsiyalar va to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy



Yüklə 4,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/231
tarix28.11.2023
ölçüsü4,65 Mb.
#136976
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   231
Educational materials

14.9-rasm. Jami xorijiy investitsiyalar va to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy 
investitsiyalarning yillar bo‘yicha dinamikasi (million AQSH dollarida)
16
Shuni alohida qayd etib o‘tish kerakki, 2019-yil davomida jami 
o‘zlashtirilgan xorijiy investitsiya va kreditlarning dollar ekvivalentidagi qiymati 
9,3 mlrd.dollarni tashkil etib, undan 4,2 mlrd.dollari to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy 
investitsiyalarni, yoki jami xorijiy investitsiya va kreditlarning 45,2 foiziga teng 
bo‘ldi. 
Iqtisodiyotimizga kiritilayotgan investitsiyalarning yildan-yilga o‘sib 
borishida yurtimizdagi mavjud investitsion sharoit va qulay investitsiya muhiti 
alohida ahamiyat kasb etayotganini ta’kidlash joiz. Bunda ayniqsa quyidagi asosiy 
omillarni ham qayd etish o‘rinlidir: 
1. Siyosiy barqarorlik. Davlat tomonidan barcha ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda 
olib borilayotgan tizimli islohotlar va O‘zbekistonda istiqomat qilayotgan 100 dan 
ortiq millat va elat vakillari uchun yaratib berilayotgan teng imkoniyatlar, har bir 
shaxs, har qaysi xo‘jalik yurituvchi subyektga o‘z imkoniyatlarini to‘laqonli 
namoyish etishi uchun barcha sharoitlarning mavjudligi. 
2. Qonuniy-huquqiy bazaning mukammal va barqaror bo‘lishiga intilish. 
Mamlakatni modernizatsiya qilish va iqtisodiyotni diversifikatsiya etish, iqtisodiyot 
tarmoqlarining raqobatdoshligini oshirish hamda mahalliy ishlab chiqarish 
16 
www.stat.uz
  sayti ma’lumotlari asosida tayyorlandi.


korxonalarining eksportdagi hajmini kengaytirishga qaratilgan investitsiya 
faoliyatini tartibga soluvchi huquqiy hujjatlar qabul qilindi, jumladan, 
“Konsessiyalar 
to‘g‘risida”gi, 
“Erkin 
iqtisodiy 
zonalar 
to‘g‘risida”gi, 
“Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to‘g‘risida”gi, “Chet el investitsiyalari 
to‘g‘risida”gi, “Chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya 
qilish choralari to‘g‘risida”gi, “Tashqi iqtisodiy faoliyat to‘g‘risida”gi Qonunlar 
ayni shu maqsadga xizmat qilmoqda. Shuni alohida qayd etish lozimki, yangi 
“Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to‘g‘risida”gi qonun Qonunchilik palatasi 
tomonidan 2019-yil 25-dekabrdan amal qilishni boshlagan bo‘lib, u investitsiya 
qonunchiligini 
takomillashtirish, 
shuningdek, 
O‘zbekiston 
Respublikasi 
qonunchilik tizimiga investitsion muhitning birligini, mahalliy va xorijiy 
investorlar huquqlarining teng huquqliligini, investitsion faoliyat yurituvchi 
subyektlarning iqtisodiy erkinligini ta’minlash maqsadida ishlab chiqilgandir. 
3. Milliy iqtisodiyotning barqaror sur’atlarda rivojlanib borayotgani. Qulay 
ishchan muhit yaratish, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va 
texnologik 
yangilashga 
qaratilgan 
iqtisodiy 
islohotlarni 
chuqurlashtirish 
jarayonlarining natijasi sifatida mamlakatimiz iqtisodiyoti 2005-yildan e’tiboran 
yiliga 7-10 foiz darajasidagi yuqori va barqaror o‘sish sur’atlarini namoyish qila 
boshladi. Quyidagi rasmdan shuni ko‘rinib turibdiki, 2005-2018 yillar davomida 
investitsiyalarning YaIMdagi ulushi 30 foizga yetmagan bo‘lsa, 2019-yilga kelib 
bu ko’rsatkich 37 foizga yetgan. Oldingi yillarga nisbatan investitsiyalar hajmining 
o‘sish sur’ati ham eng yuroqi ko‘rsatkichni qayt etib, 2019-yilda oldingi yilga 
nisbatan 33,9 foizga ortiq bo‘lgan.(14.10-rasm). 

Yüklə 4,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   231




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə