Educational materials


-rasm. 2005 – 2019 yillarda investitsiyaning o‘sish sur’ati va



Yüklə 4,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/231
tarix28.11.2023
ölçüsü4,65 Mb.
#136976
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   231
Educational materials

 
14.10-rasm. 2005 – 2019 yillarda investitsiyaning o‘sish sur’ati va 
investitsiya hajmining YaIM dagi ulushi, foizda
17
 
 
4. Geografik va geosiyosiy joylashuvi. O‘zbekiston Markaziy Osiyoning 
chorrahasida joylashgan bo‘lib, samarali mintaqaviy hamkorlik aloqalarini 
17
 
www.stat.uz
sayti ma’lumotlari asosida tayyorlandi.


o‘rnatish, mintaqaviy va transmilliy loyihalarda ishtirok etish uchun qulay transport 
yo‘llariga ega mamlakatdir. 
5. Rivojlangan infratuzilmaning mavjudligi. Mamlakatimizda transport 
infratuzilmasining muhim tarkibiy qismi bo‘lmish temir yo‘llar, avtomobil yo‘llar 
hamda havo yo‘llari yaxshi rivojlangan.
6. Qulay soliq va bojxona siyosati. O‘zbekiston iqtisodiyotiga kiritilayotgan 
xorijiy investitsiyalar uchun investorlarga qator imtiyoz va preferensiyalar 
yaratilgan va ularning kafolati qonun bilan mustahkamlab qo‘yilgan. 
7. Yuksak salohiyatga ega ishchi kuchining mavjudligi. O‘zbekiston yuqori 
salohiyatga ega bo‘lgan mutaxassis kadrlarga ega bo‘lib, yurtimizda aholi 
savodxonligi darajasi 100 foizni tashkil etadi. Mamlakatimizda har to‘rt kishidan 
biri oliy yoki o‘rta maxsus ma’lumotga egadir. Aholining turmush sharoitini 
oshirish, bilim olish imkoniyatlarini kengaytirish, salomatligini mustahkamlash
ishchi kuchi sifatida ijtimoiy foydali mehnatda ishtirok etish salohiyatini 
yuksaltirish davlatimiz ijtimoiy siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan hisoblanadi 
va hokazo. 
O’zbekiston jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi hukm surayotgan bir 
sharoitda ham ulkan xorijiy investitsiyalar yo’naltirilayotgan mamlakatlar 
guruhidan joy olmoqda. Bunga, albatta, mamlakatimizda olib borilayotgan va uzoq 
strategik maqsadlarni ko’zlagan investitsiya dasturlari hamda qulay investitsiya 
muhiti yaratilgani asosiy omil bo’lmoqda.
Milliy iqtisodiyotni rivojlantirishda investitsiya loyihalarini amalga 
oshirishning ahamiyati benihoya katta bo’lib, u quyidagilar bilan izohlanadi: 
- birinchidan, investitsiya loyihalari ishlab chiqarishga zamonaviy texnika va 
texnologiyalarni joriy etib, eksportga mo’ljallangan mahsulotlarni ishlab 
chiqarishni rivojlantiradi; 
- ikkinchidan, import o’rnini bosuvchi tovar ishlab chiqarishni yo’lga 
qo’yish va buning uchun iqtisodiyotning ustuvor sohalari bo’yicha investitsiya 
loyihalarini moliyalashtirish va pirovardida aholining me’yordagi turmush 
darajasini ta’minlash imkonini yaratadi; 
- uchinchidan, kichik biznesni rivojlantirish va qishloq xo’jaligi ishlab 
chiqarishini jadallashtirish orqali o’sib borayotgan aholini ish joylari bilan 
ta’minlaydi; 
- to’rtinchidan, 
korxonalarning eskirgan ishlab chiqarish quvvatlarini
moddiy-texnik bazasini yangilaydi va texnik qayta qurollantiradi; 
- beshinchidan, tabiiy resurslarni qayta ishlovchi korxonalarni barpo etishga 
ko’maklashadi; 
- oltinchidan, mamlakatdagi infratuzilmani rivojlantirishda katta rol 
o’ynaydi; 
- yettinchidan, iqtisodiyotga xorijning ilg’or tashkilotchilik va boshqaruv 
tajribalarini qo’llash imkoniyati tug’iladi;
- sakkizinchidan,ekologiya va atrof-muhitni himoya qilishga yordam beradi 
va h.k. 
Investitsiya loyihalari, avvalo, ustuvor tarmoqlarga, ya’ni neft va ximiya 
sanoati, transport, energetika, er osti qazilma boyliklarini ishlab chiqarishga, 


qurilish, telekommunikatsiya tarmoqlariga, qishloq xo’jaligi mahsulotlarini ishlab 
chiqarishga va ularni keng qayta ishlashga, turizm sohasini rivojlantirishga 
qaratilishi lozim. 

Yüklə 4,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   231




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə