Educational materials



Yüklə 4,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/231
tarix28.11.2023
ölçüsü4,65 Mb.
#136976
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   231
Educational materials

14.3.
 
Qurilishda investitsiyalash obyektlarining tasniflanishi: yangi 
qurilayotgan, ta’mirlanayotgan yoki kengaytirilayotgan korxonalar, binolar 
va inshootlar, belgilangan vazifalarni hal etishga mo’ljallangan boshqa asosiy 
vositalar. 
Investitsiya loyihasi to’liq va mukammal hisob-kitoblar yordamida 
asoslangan yuridik hujjatlar to’plami hisoblanadi. 
Investitsiya loyihasini ma’lum ijtimoiy-iqtisodiy maqsadlarga yo’naltirilgan, 
texnik-iqtisodiy, biznes-boshqaruv, marketing va ishchlab chiqarish rejalari kabi 
aspektlar asoslangan, turli moliyaviy manbalar mablag’lari ishtiroki nazarda 
tutilgan kompleks xujjatlar yig’indisi deb tushunish mumkin.
Investitsiya loyihalari turli maqsadlarda tuziladi va amalga oshiriladi, ularni 
to’rt turga ajratish mumkin: 
-
yangi ishlab chiqarish yoki xizmat ko’rsatishni tashkil etish; 
-
ishlab chiqarishni yoki xizmat ko’rsatishini kengaytirish; 
-
ishlab chiqarish samaradorligini oshirish; 
-
davlat tashkilotlari talabini qondirish, ularni maxsulot va xizmatlar bilan 
ta’minlash.


Yangi qurilish deganda yangi tashkil etilayotgan korxona va tashkilotlarga 
xizmat ko’rsatuvchi asosiy va yordamchi ob’ektlar majmuining qurilishi 
tushuniladi, shuningdek, tasdiqlangan loyihalar bo’yicha yangi qurilish maydonida 
tashkil etilgan ishlab chiqarish bo’limlari tushuniladi. Yangi qurilishga yangidan 
tashkil etilayotgan korxonalar, binolar va inshootlar, ishga tushirilgandan so’ng 
mustaqil balansda bo’ladigan, yangi maydonchada yangi ishlab chiqarish 
quvvatlarini yaratish maqsadlaridagi filial va ayrim ishlab chiqarishlarda amalga 
oshiriladigan asosiy, yordamchi va xizmat ko’rsatish yo’nalishlaridagi ob’ektlar 
kompleksining qurilishi kiritiladi. 
Kengaytirish deganda faoliyat yurituvchi korxonalar va tashkilotlarda 
alohida tsexlar, qo’shimcha ishlab chiqarish ob’ektlarining qurilishi tushuniladi. 
Kengaytirishdan maqsad ishlab chiqarish quvvatini oshirishdir. Ishlab turgan 
korxonalarni kengaytirish deganda ishlab turgan korxona (inshoot)larda 
qo’shimcha ishlab chiqarishlarni qurish, shuningdek, ishlab turgan korxona hududi 
yoki unga qo’shni maydonchada qo’shimcha yoki yangi ishlab chiqarish 
quvvatlarini yaratish maqsadlarida ayrim tsexlar yoki asosiy, yordamchi va xizmat 
ko’rsatishga mo’ljallangan ob’ektlarni qurish va ishlab turganlarni kengaytirish 
tushuniladi. Ishlab turgan korxonani kengaytirish, uning ishlab chiqarish quvvatini 
(unumdorligi) ko’paytirish ishlari yangi qurilish yo’li bilan shunday quvvatlar 
yaratishdan ko’ra, qisqaroq muddat va kam xarajatlarda amalga oshirilishi lozim. 
Ta’mirlash deganda faoliyat ko’rsatayotgan korxona va tashkilotlarda 
mavjud ishlab chiqarishni, tsexlarni va boshqa ob’ektlarni to’liq yoki qisman 
qaytadan qurish (bunda, qoida tarzida, birinchi darajali ahamiyatga ega bo’lgan 
mavjud bino va inshootlarni kengaytirmasdan turib, ishlab chiqarish quvvatlarini 
oshirish maqsadida ularning texnik-iqtisodiy darajasini ko’tarish va ishlab 
chiqarishni takomillashtirish) tushuniladi. Ishlab turgan korxonalarni ta’mirlash 
asosiy, yordamchi va xizmat ko’rsatishga mo’ljallangan, ishlab turgan tsex va 
ob’ektlarni ishlab chiqarishni takomillashtirish va ularning texnik-iqtisodiy 
darajasini oshirish maqsadlarida qayta qurish tushuniladi. Bu, odatda, asosiy 
maqsaddagi bino hamda inshootlarni kengaytirmasdan amalga oshiriladi. 
Faoliyat yuritayotgan korxona va tashkilotlarni texnik qayta qurollantirish – 
alohida ishlab chiqarishlarni, tsexlarni, uchastkalarni zamonaviy texnika-
texnologiyalarni 
joriy 
etish, 
ishlab 
chiqarishni 
mexanizatsiyalash 
va 
avtomatlashtirish, kompyuterlashtirish, modernizatsiya qilish, jismoniy va 
ma’naviy eskirgan uskunalarni yangisiga almashtirish, ularni intensivlashtirish 
asosida texnik darajasini oshirish bo’yicha chora-tadbirlar majmuini anglatadi. 
Statistik ma’lumotlarga murojaаt qiladigan bo’lsak,
2019 yilning yanvar-
dekabrida 68854,4 mlrd. so’m yoki 2018 yilga nisbatan 119,0 % qurilish ishlari 
bajarildi. 



Yüklə 4,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   231




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə