Educational materials


-rasm. 2019 yilda bajarilgan iqtisodiy faoliyat turlari bo’yicha



Yüklə 4,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/231
tarix28.11.2023
ölçüsü4,65 Mb.
#136976
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   231
Educational materials

 
14.8-rasm. 2019 yilda bajarilgan iqtisodiy faoliyat turlari bo’yicha 
qurilish ishlari
15
 
 
Xulosa sifatida shuni aytish mumkinki, milliy iqtisodiyotda 2019 yilda yangi 
qurilish, kengaytirish, modernizatsiya va rekonstruktsiya qilish hisobidan ishga 
tushirilgan yirik asosiy ishlab chiqarish quvvatlari va obyektlari bo’yicha 
investitsiya loyihalari o’tgan yillarga nisbatan o’sish tententsiyasiga ega va bu 
ijobiy holat hisoblanadi va iqtisodiyotda sanoat ishlab chiqarish obyektlarining 
ko’plab qurilishi iqtisodiyotda ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatishning oshishiga, 
pirovardida, iqtisodiy o’sishga olib keladi. 
14.4.
 
Investitsiya loyihalarini amalga oshirishning milliy iqtisodiyot 
rivojlanishidagi o’rni va ahamiyati. 
Milliy iqtisodiyotni modernizatsiya qilish va rivojlantirishda bugungi kunda 
asosiy e’tibor iqtisodiyotga kiritilgan investitsiyalar va ularning salmog’iga 
qaratilmoqda. Chunki iqtisodiy o’sishni ta’minlashda investitsiyalarning hajmi va 
ularning tarkibi muhim ahamiyat kasb etadi. Shularni inobatga olgan holda, 
Prezidentimiz tomonidan mamlakatimiz iqtisodiy siyosati istiqbolini belgilab 
berishda ustuvor yo’nalishlardan biri sifatida investitsiyalarni keng jalb etish, 
ayniqsa, xorijiy investorlar uchun yanada qulay sharoitlarni yaratishga e’tibor 
qaratilmoqda.
Mamlakatimiz iqtisodiyotiga jalb etilgan investitsiyalar hajmi yildan-yilga 
oshib bormoqda. Buni birgina 2019 yilda kiritilgan jami investitsiyalar hajmidan 
ham bilib olish mumkin. Milliy iqtisodiyotga o’tgan yili kiritilgan jami 
investitsiyalar xajmi Milliy iqtisodiyotga kiritilayotgan investitsiyalar hajmining 
yildan-yilga ortib borayotganlini alohida aytib o‘tish mumkin. 2019-yil davomida 
barcha moliyalashtirish manbalari hisobidan investitsiyalarni o‘zlashtirish hajmi 
220,7 trillion so‘mga yetkazilib, tasdiqlangan yil prognoziga nisbatan 2 barobarga 
15
 
www.stat.uz
 sayti ma’lumotlari. 


o‘sdi. Shu o‘rinda asosiy kapitalga investitsiyalar hajmi 189,9 trillion so‘mni, 
2018-yil ko‘rsatkichlariga nisbatan o‘sish darajasi esa 1,3 barobarni tashkil etdi. 
Asosiy kapitalga investitsiyalar hajmining yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 2018-
yilda 30 foizdan amaldagi 36,2 foizga qadar o‘sdi (umumiy investitsiyalar 
hajmining yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 2019-yil natijalari bilan 42,1% tashkil 
etdi). Buni 14.9-rasmda ko‘rish mumkin. 

Yüklə 4,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   231




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə