Educational materials



Yüklə 4,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/231
tarix28.11.2023
ölçüsü4,65 Mb.
#136976
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   231
Educational materials

1. O’QUV MATERIALLARI 
 
1.1. Ma’ruza bo’yicha o’quv materiallari 

14-mavzu: Loyihalarning mazmun-mohiyati va tasniflanishi 
 
Reja: 
 
14.1. “Loyiha” tushunchasining mazmuni va mohiyati.
14.2. Investitsiya loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirishning 
obyektiv zarurligi. Loyihalarning tasniflanishi.
14.3. Qurilishda 
investitsiyalash 
obyektlarining 
tasniflanishi: 
yangi 
qurilayotgan, ta’mirlanayotgan yoki kengaytirilayotgan korxonalar, binolar va 
inshootlar, belgilangan vazifalarni hal etishga mo’ljallangan boshqa asosiy 
vositalar.
14.4. Investitsiya loyihalarini amalga oshirishning milliy iqtisodiyot 
rivojlanishidagi o’rni va ahamiyati. 
Tayanch iboralar: 
investitsiya, investitsiya loyihasi, ekologik loyihalar, 
tijorat loyihalar, ijtimoiy loyihalar, moliyaviy investitsiyalar, real investitsiyalar, 
biznes-reja, Texnik-iqtisodiy asosnoma, Dastlabki texnik-iqtisodiy asosnoma. 
14.1.
 
“Loyiha” tushunchasining mazmuni va mohiyati. 
Mamlakatimiz taraqqiyotining ustuvor yo’nalishlari va rivojlanish 
dasturlarini belgilashda albatta, asosiy e’tibor yanada qulay investitsiya muhitini 
yaratishga va xorijiy investitsiyalarni keng jalb qilishga qaratilayotganligini 
ta’kidlash kerak. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev: 
“Investitsiya – bu iqtisodiyot drayveri, o’zbekcha aytganda, iqtisodiyotning yuragi, 
desak, mubolag’a bo’lmaydi. Investitsiya bilan birga turli soha va tarmoqlarga, 
hududlarga yangi texnologiyalar, ilg’or tajribalar, yuksak malakali mutaxassislar 
kirib keladi, tadbirkorlik jadal rivojlanadi”
1
deb qayd etgani e’tiborga molikdir. 
Chunki faol va samarali investitsiya siyosatini amalga oshirilishi va investitsiya 
muhitining investorlar uchun yanada qulay bo’lishiga erishish – mamlakatning 
iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. 
Demak, investitsiyalar iqtisodiyotni rivojlanishi va samarali amal qilishida 
muhim rol o’ynaydi. 
Umumqabul qilingan amaliyotda investitsiyalarning quyidagi turlari 
ajratiladi: real va moliyaviy (portfelli). 
Real investitsiyalar – asosiy kapitalga, nomoddiy aktivlarga hamda joriy 
aktivlarni qo’shimcha o’sishiga qo’yilmalardir. 
Moliyaviy investitsiyalar – davlat, korxonalar, mahalliy hokimiyat organlari 
tomonidan chiqariladigan aktsiyalar, obligatsiyalar va boshqa qimmatli 
1
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi. Toshkent. 28 
dekabr, 2018 yil. 
www.press-service.uz
  


qog’ozlarga qo’yiladigan mablag’lar, ya’ni bu moliyaviy aktivlar yig’indisidan 
iborat bo’lgan va olingan daromad yoki aktivlarni sotishdan olingan mablag’lar 
iste’mol yoki qayta investitsiyalash uchun foydalaniladigan, boshqaruvning yagona 
ob’ekti hisoblangan, qimmatli qog’ozlar portfelini shakllantirish bilan bog’liq 
bo’lgan qo’yilmalardir. 
Investitsiyaviy qo’yilmalarning maqsad va vazifalaridan kelib chiqib, real 
investitsiyalar quyidagi maqsadlar uchun yo’naltiriladi: 
• ishlab chiqarishni kengaytirish va ishlab chiqarilayotgan mahsulotning 
sifatini yaxshilash uchun; 
• yangi ishlab chiqarishlar, texnologiyalar hamda mahsulot turlariga; 
• ishlab chiqarishni qayta qurish va texnik jihatdan qayta jihozlash uchun; 
• atrof-muhitni muhofaza qilish, ijtimoiy vazifalarni bajarish uchun. 
Investitsiyalash ob’ektlari bo’lib qurilayotgan, qayta qurilayotgan va 
kengaytirilayotgan binolar, inshootlar hisoblanadi. 
Real investitsiyalar o’z kapitali, maqsadli qarzlar, munitsipal kreditlar va 
bank kreditlari hisobiga real aktivlarni sotib olish bilan bog’langan loyihalarga 
qo’yilmalardan iboratdir. 
Texnologik tuzilmasining hisobi bilan ular quyidagilarga bo’linadi: qurilish 
va montaj ishlari; asbob-uskunalar, instrument va jihozlarni sotib olish; boshqa 
kapital ishlarni bajarish va xarajatlarni amalga oshirish. 
Real investitsiyalarning aksariyat qismi investitsiya loyihalari orqali amalga 
oshiriladi. “Investitsiya loyihasi” tushunchasining turlicha ta’riflari mavjud. Bular 
quyidagilardir: 
Investitsiya loyihasi – bu tashkiliy-huquqiy tizimlar yordamida biron-bir 
maqsadlarga erishishni ta’minlaydigan tadbirlar rejasidir
2
.
Investitsiya loyihasi – noturar binolarniqurish, qayta, ta’mirlashva shaharni 
ijtimoiy-ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish maqsadidakorxonalar 
texnologik asbob-uskunalarini, injenerlik ta’minotni yangilash qaratilgan tashkiliy-
texnik hamda moliyaviy tadbirlar majmuidir
3
.
Investitsiya loyihasi – foyda olish va/yoki kapitalni o’stirish maqsadida pul 
mablag’lari qo’yiladigan aniq tadbirdir
4
.
Investitsiya loyihasi – kapital qo’yilmalarning iqtisodiy jihatdan maqsadga 
muvofiqligi, hajmi va amalga oshirish muddatlarini asoslash, jumladan, kerakli 
loyiha-smeta xujjatlar to’plami hamda investitsiyalarni amalga oshirish bo’yicha 
amaliy harakatlar tavsifidir
5

Jahon bankining Iqtisodiy rivojlanish instituti mutaxassislari tomonidan 
aniqlanishicha loyiha: birinchidan, maqsadli faoliyat; ikkinchidan, foyda uning 
xarajatlaridan har doim ortiq bo’ladi; uchinchidan, u cheklangan vaqt va 
resurslarda qat’iy cheklanganlikka ega bo’ladi. 
Loyiha g’oyasi barcha holatlar uchun bir xil mazmun kasb etmasligi 
2
Кикоть И.И. Финансирование и кредитование инвестиций: Учеб. пособие/И.И. Кикоть – Мн.: Выш. шк., 
2003. 
3
 
www.arenda-ofisa.ru/info/dictionary.shtml
  
4
 
www.av-soft.ru/index.php
 
5
 
www.erker.ru/development.terminology.htm
.


mumkin va loyihani ishlab chiqish va uni baholashnig ham yagona namunaviy 
shakli bo’lishi mumkin emas. O’z navbatida, loyihalar ularning alohida elementlari 
va ko’rsatkichlarini ifodalovchi bir qator maqsadli tadbirlar, loyihani amalga 
oshirish va ko’zlangan natijaga erishishga qaratilgan boshqaruv tizimi va 
boshqalardan tashkil topadi. 
Loyiha – muayyan boshlang’ich ma’lumotlar va talab etiladigan natijalar 
(maqsad) bilan bog’liq bo’lgan, uni yechish usulini o’zida mujassam etgan ayrim 
vazifa (“Loyihalarni boshqarish to’g’risida bilimlar Kodeksi”, Loyihalarni 
boshqarish instituti, AQSh); 
Loyiha (angl. Project) – nima uylab topilgan yoki rejalashtiriladigan 
nimadir, masalan, katta korxona (Webster izohli lug’ati). 
Investitsiya loyihalarini ishlab chiqish san’atini egallashbugungi kunda 
quyidagi sabablarga ko’ranihoyatda dolzarb hisoblanadi: 
- birinchidan, iqtisodiyotimizga tadbirkorlarning yangi avlodi kirib 
kelmoqda. Ulardan ko’pchiligi hech qachon biror-bir tijorat korxonasiga rahbarlik 
qilmagan va shuning uchun bozor iqtisodiyotida ularni kutayotgan muammolar 
doirasini yaxshi tasavvur qilmaydilar; 
- ikkinchidan, o’zgaruvchan xo’jalik muhiti korxonalarning tajribali 
rahbarlarini ham o’zlarining kelgusi ishlarini o’zgacha rejalashtirish hamda 
raqobatchilik kurashiga tayyor bo’lishga undaydi; 
- uchinchidan, iqtisodiyotimizni yuksaltirish uchun chet el investitsiyaqlarini 
olishni mo’ljallab, o’z talablarini asoslash hamda investorlarga biz bunday 
investitsiyalardan foydalanishning barcha jihatlarini hisobga olishga qodirligimizni 
isbotlash kerak. 
Tizimli yondashish nuqtai nazaridan, loyiha bir qator cheklanishlar va 
mexanizmlar ishtirokida boshlang’ich holatdan yakuniy natijaga o’tish jarayoni 
sifatida qaratilish mumkin va uni quyidagi 14.1-rasm orqali ifodalash mumkin: 

Yüklə 4,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   231




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə