maxsus usullar yordamida keng va aniq hisob-kitoblar bilan baholanadi. Shu bilan
birga uning amalga oshirilishi muayyan miqdordagi mablag’larni safarbar etishga
asoslanadi.
Amaliyotda investitsiya loyihalarining turlicha tasnifi mavjud bo’lib,
belgilariga qarab investitsion loyihalarning quyidagi ko’rinishlarini
ajratish
mumkin (14.2-rasm).
Investitsiya loyihalari, odatda, korxona ko’lamida amalga oshiriladi. Shunga
muvofiq, korxona ko’lamida loyihalarni amalga oshirishda investitsiyalarni
quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:
I. Iqtisodiy samaradorlikni oshirish uchun qilinadigan investitsiyalar.
Bunday investitsiyalardan asosiy maqsad uskunalarni almashtirish, xodimlarning
malakasini
oshirish, ishlab chiqarish quvvatlarini samarali hududlarga ko’chirish
asosida firmalarning xarajatlarini kamaytirish uchun sharoit yaratishdan iborat.
II. Ishlab chiqarishni kengaytirish uchun qilinadigan investitsiyalar. Bunday
investitsiyalashdan maqsad mavjud quvvatlar hisobiga oldindan shakllangan
bozorlar uchun tovarlar ishlab chiqarish imkoniyatlarini kengaytirishdan iborat.
III. Yangi ishlab chiqarishlarni vujudga keltirish uchun qilinadigan
investitsiyalar. Bunday investitsiyalar ilgari ishlab chiqarilmagan tovarlar va
ko’rsatilmagan xizmatlar turlarini vujudga keltirish, yoki ilgari ishlab chiqarilgan
tovarlar bilan yangi bozorlarga chiqish imkonini beradi.
IV. Davlat boshqaruv idoralari talablarini
bajarish uchun qilinadigan
investitsiyalar. Masalan, ekologiya va mahsulot standartlari talablarini bajarish
uchun sarflanadigan investitsiyalar. Investitsiyalarni bunday tasniflashda
tavakkalchilik darajasi har xil bo’lishi asos qilib olingan.
Dostları ilə paylaş: