Ekonometrik modellashtirish asoslari



Yüklə 0,54 Mb.
səhifə4/7
tarix28.11.2023
ölçüsü0,54 Mb.
#134618
1   2   3   4   5   6   7
Ekonometrik modellashtirish asoslari (1)

Modellar turlari  Ekonometrik usullar oddiy an’anaviy usullarni inkor etmasdan,
balki ularni yanada rivojlantirishga va ob’ektiv o‘zgaruvchan natija
ko‘rsatkichlarini boshqa ko‘rsatkichlar orqali muayyan tahlil qilishga yordam
beradi. Ekonometrik usullarning va kompyuterlarning milliy
iqtisodiyotni boshqarishda afzalliklaridan biri shundaki, ular yordamida
modellashtiruvchi ob’ektga omillarning ta’sirini, natija ko‘rsatkichiga
resurslarning o‘zaro munosabatlarini ko‘rsatish mumkin. Bu esa o‘nlab
tarmoqlar va minglab korxonalarda ishlab chiqarish natijalari va milliy
iqtisodiyotni ilmiy asosda prognozlashtirish va boshqarishga imkon beradi.
Ekonometrik modellash iqtisodiy ko‘rsatkichlarni o‘zgarish qonuniyatlarini, tendensiyalarni aniqlash natijasida ekonometrik modellar yordamida iqtisodiy jarayonlarni rivojlanish va prognozlash yo‘llarini belgilaydi.
Iqtisodiy ma’lumotlar dinamik qator yoki dinamik ustun ko‘rinishida
tuziladi, ya’ni ular vaqt bo‘yicha o‘zgaradilar. Kuzatuvlar soni omillar
sonidan 4-5 marta ko‘proq bo‘lishi kerak.
Ekonometrik modellashtirish va modellarning ahamiyati quyidagilarda namoyon bo‘ladi:
MODELLAR TURLARI 
Moddiy modellar real ob’-
ektlarni tabiiy va sun’iy
materiallar
yordamida
aks
ettiradi: 
mel bilan doskaga yozish,
karton bilan maket tuzish, qalam
bilan formula yozish, metalldan aviamodel yasash.
MODDIY MODELLAR
IDEAL MODELLAR
Ideal modellar odamni fikrlash jarayoni bilan chambarchas bog‘langandir. Bunday modellar bilan operatsiyalar miyada amalga oshiriladi.


1) Ekonometrik usullar yordamida moddiy, mehnat va pul resurslaridan
oqilona foydalaniladi.
2) Ekonometrik usullar va modellar iqtisodiy va tabiiy fanlarni
rivojlantirishda yetakchi vosita bo‘lib xizmat qiladi.
3) Ekonometrik usullar va modellar yordamida tuzilgan prognozlarni umumiy amalga oshirish vaqtida ayrim tuzatishlarni kiritish mumkin bo‘ladi.
4) Ekonometrik modellar yordamida iqtisodiy jarayonlar faqat chuqur
tahlil qilibgina qolmasdan, balki ularning yangi o‘rganilmagan
qonuniyatlarini ham ochishga imkoni yaratiladi. Shuningdek, ular yordamida
iqtisodiyotning kelgusidagi rivojlanishini oldindan aytib berish mumkin.
5)
Ekonometrik usullar va modellar hisoblash ishlarini
avtomatlashtirish bilan birga, aqliy mehnatni yengillashtiradi, iqtisodiy
soha xodimlarining mehnatini ilmiy asosda tashkil etadi va boshqaradi.
Asosiy ekonometrik usullar – bu matematik statistika usullari va
ekonometrik usullar. Matematik statistika usullari - dispersion tahlil, korrelyatsiya
tahlili, regressiya tahlili, omilli tahlil, indekslar nazariyasi.
Ekonometrik usullar - iqtisodiy o‘sish nazariyasi, ishlab chiqarish
funksiyasi nazariyasi, talab va taklif nazariyasi. Ekonometrikani o‘rganish jarayoni – bu iqtisodiyot, iqtisodiy jarayonlarning ekonometrik modellarini tuzish jarayonidir. Asosiy qo‘llanadigan usuli – korrelyatsion-regression tahlil usuli.
Ekonometrik modellashtirish quyidagi ilmiy yo‘nalishlar kompleksidir:
- iqtisodiy nazariya;
- ehtimollar nazariyasi;
- matematik;
- kompyuter texnologiyalari.




Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə