Aniq va tabiiy fanlarni o’qitish metodikasi (Geografiya)



Yüklə 64,5 Kb.
tarix10.06.2023
ölçüsü64,5 Kb.
#116569
ГулДУ. Нурбек. Тақриз.ТошДПУ


Guliston Davlat Universiteti Ekologiya va geografiya kafedrasi “Aniq va tabiiy fanlarni o’qitish metodikasi (Geografiya)” yo’nalishi 2-bosqich magistranti N.U.Musurmanovning «Sirdaryo viloyatida turizmni rivojlantirishning geografik jihatlari » mavzusidagi magistrlik dissertatsiyasiga
T A Q R I Z

Butunjahon turizm tashkilotining ma’lumotlariga ko‘ra hozirgi kunda turizm industriyasi jahon YaIMning 10 %, xalqaro miqyosda tovarlar ayrboshlashuvining 6,8 %, xizmatlar eksportining 28,3 %, bandlik ko‘rsatkichining 11 % qamrab olmoqda. Shuning uchun O‘zbekistonda mazkur sohaga juda katta e’tibor berilmoqda. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentning 2019 yil 5 yanvardagi «2019−2025 yillarda O‘zbekiston Respublikasida turizm sohasini rivojlantirish konsepsiyasi» to‘g‘risidagi 5611-sonli farmonida turizm sohasini rivojlantirish uchun turistik industriyasini barcha viloyatlar bo‘yicha rivojlantirish, turlarini diversifikatsiyalash, xizmatlar sifatini oshirish hamda turizm infratuzilmasini takomillashtirishning istiqbolli rejalari belgilab berilgan. Siradyo viloyati ham bundan istesno emas, albatta.


GulDU magistranti N.Musurmanovning «Sirdaryo viloyatida turizmni rivojlantirishning geografik jihatlari» mavzusidagi dissertatsiyasi aynan davlatimizning turizm sohasiga qo‘yilayotgan talablaridan kelib chiqqan tarzda bayon etilgan. Uning kirish qismida mavzuning dolzzarbligi, o‘rganilganlik darjasi, maqsadi va vaziflari, ilmiy yangiligi va amaliy ahamiyati kabi umumiy talabalar ilmiy tilda bayon etilgan.
Dissertatsiyaning 1-bobi «Turizm va uning geografik hususiyatlari»ga bag‘ishlangan bo‘lib, unda turizmning ilmiy-nazariy asoslari hamda ma’muriy birliklar doirasida turizmni rivojlantirish zarurati milliy va xorijiy adabiyotlardan keng foydalanilgan hamda tahlil qilingan tarzda ochib berilgan. «Sirdaryo viloyati – o‘ziga xos turistik ob’ekt sifatida» deb nomlangan 2-bobida turistik nuqtai nazardan nisbatan kam rivojlangan Sirdaryo viloyatida turizm imkoniyatlari aniq raqamlar, uning kelajak istiqbollari esa aniq ko‘rsatmalar orqali yoritilgan. Dissertatsiyaning 3-bobida, magistratura mutaxassisligiga mos ravishda, Guliston davlat universitetida turizmga doir o‘quv jarayoni holati kreativ yondoshish orqali tahlil qilingan va uni takomillashtirish bo‘yicha esa innovatsion takliflar kiritilgan. Xulosa ish mazmunidan kelib chiqqan tarzda bayon etilgan va tegishli adabiyotlardan keng foydalanilgan.
N.Musurmanovning dissertatsiya ishini yuqori baholagan holda, uni kelajakda metodologik nuqtai nazardan ilmiy aosslarini kengroq yoritish, pedagogik amaliyotda tajriba-sinov ishlarini olib borish orqali tavsiyalarni berishni maqsadga muvofiq deb bilaman.
Umuman olganda, N.U.Musurmanovning «Sirdaryo viloyatida turizmni rivojlantirishning geografik jihatlari » mavzusidagi magistrlik dissertatsiyasi “Aniq va tabiiy fanlarni o’qitish metodikasi (Geografiya)” yo’nalishiga mos keladi, u talab darajasida bayon etilgan va shuning uchun ham uni himoyaga tavsiya mumkin va yuqori darajada baholashni taklif etanman.


Toshkent davlat pedagogika universiteti
Geografiya” kafedrasi dotsenti v.b. PhD A.B.Rasulov
Yüklə 64,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə