Elektrotexnika materiallari


Dielektrik qutblanishning asosiy turlari



Yüklə 2,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/107
tarix26.05.2023
ölçüsü2,73 Mb.
#112898
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   107
elektrotexnika materiallari.

Dielektrik qutblanishning asosiy turlari. 
Dielektrikda kuzatiladigan 
qutblanish asosan ikki turga: elektr maydoni ta’sirida juda tez sodir bo’ladigan 
(elektronion) va sekin o’sib hamda sekin pasayadigan (relaksatsiya) 
qutblanishlariga bo’linadi. Birinchi turdagi qutblanish juda tez o’tishi natijasida 
dielektrikda elektr energiyasi sarflanmaydi, ikkinchi turdagisida esa qutblanish 
asta-sekin sodir bo’lib, dielektrik qizishi natijasida energiya sarflanadi.
42
a) b) 
2.10-rasm. Dielektrikda kuzatiladigan qutblanishlar 
Kondensator sig’imi va kondensatorda yig’ilgan zaryad dielektrikda sodir 
bo’ladigan qutblanish jarayonlarini o’zida aks ettiradi (2.10-rasm). 
Elektron 
qutblanish
(q
E
, C
E
)
atom yoki ionlar elektron qobig’ining siljishi va ezilishi 
hisobiga sodir bo’lib, bu turdagi qutblanish katta tezlikda (10
-15
sek.) kechadi va 
qiymat jihatidan yorug’likning sindirish ko’rsatkichi kvadratiga
(n
2
)
tengdir. 
Bunda qutblanish barcha dielektriklarda kuzatilib, ularning atomlaridagi 
42
Callister,William D., Materials science and engineering: an introduction, 7th ed.p.cm/ - Printed in the United 
States of America/ John Wiley & Sons, Inc.- 2007. 45-bet. 


52 
elektronlar musbat elektrod tomon siljiydi. Qutbli bo’lmagan suyuq holatdagi va 
qattiq dielektriklarda qutblanish sust kechib, 

r
qiymati 2

2,5 atrofida bo’ladi. 
Elektron qutblanishda elektr siljish 
(D)
maydon kuchlanganligi 
(E)
ga mos ravishda 
o’zgaradi, shuning uchun ham 

r
kuchlanganlikka bog’liq bo’lmaydi. Jism qattiq 
holatdan suyuq holatga o’tganida zichligi kamayadi, natijada qutblanish ham sekin 
susayadi. Elektron qutblanishda elektr energiyasi sarf bo’lmaydi. Bunday 
qutblanish neft moylarida (oktol), qattiq moddalar parafin, polistirol, polietilen va 
boshqalarda kuzatiladi. 
Ionli qutblanish
 

I
, q
I
)
kristall panjarali qattiq jismlarda bo’sh bog’langan 
ionlar siljishi natijasida ro’y beradi. Ionli qutblanish elektron qutblanishga nisbatan 
kuchliroq kechadi va 

r
ning qiymati 5

30 oralig’ida bo’ladi. Ion o’lcham jihatidan 
elektrondan katta bo’lib, qutblanish tezligi esa, aksincha, past bo’ladi (

10
-3
c). 
Bunda 

r
qiymati chastotaga bog’liq emas. Ion qutblanishida elektr siljish maydon 
kuchlanganligi 
E
ga, 

r
qiymati esa mazkur kuchlanganlikka bog’lig bolmaydi. 
Harorat ko’tarilishi bilan kristall panjaradagi ionlar orasidagi masofa ortadi. 
Natijada oraliqdagi tortishish-kuchi pasayadi va ion qutblanishi kuchayadi, ya’ni 
ionli dielektriklarda masalan, slyuda, ba’zi turdagi sopollarda 

r
qiymati o’sib 
boradi. 
Ion qutblanishida energiya isrofi kuzatilmaydi, chunki qutblanishga 
sarflanadigan energiya manbaga to’liq uzatiladi. Faqat yuqori chastotada 
ionlarning rezonansi hisobiga materiallarda elektr energiya isrofi kuzatiladi. 
Dipol-relaksatsiya qutblanishi
 
(C
D-R
, q
D-R
, r
D-R
)
betartib issiqlik harakatida 
bo’lgan zarrachalar (dipol molekulalari) elektr maydoni ta’sirida o’z yo’nalishini 
o’gartirishi hisobiga ro’y beradi. Agar molekulalar, kuchlar dipollarning maydon 
uzra yo’nalish olishiga xalal bermasa, u holda dipol qutblanishi sodir bo’ladi. 
Qutbli dielektriklardagi dipol molekulalarining musbat va manfiy zaryadlarining 
og’irlik markazlari bir-biriga mos kelmay, balki molekula chekkasiga siljigan 
holda elektr momenti hosil qiladi. Elektr maydonida uning manfiy chekka qismi 
musbat qoplamaga, musbat qismi esa manfiy qoplamaga tomon burilishga intiladi. 
Dipol mazkur burilishda ma’lum qarshilikka 

Yüklə 2,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   107




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə