Emom o'zbek doc


Sonlarning to'plamlarni tashkil qiluvchi narsalarning fazoviy belgilariga bog'liq emasligini ko'rsatish



Yüklə 305,66 Kb.
səhifə23/104
tarix23.05.2022
ölçüsü305,66 Kb.
#87771
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   104

19.8. Sonlarning to'plamlarni tashkil qiluvchi narsalarning fazoviy belgilariga bog'liq emasligini ko'rsatish


Bolalar (7-8 mashg'ulotdan so'ng) narsalarni sanashni o'rganib oladilar va ularda son haqida tasawur hosil bo'ldi, degan ma'noni bildirmaydi. Tarbiyachilar ko'pincha quyidagi misollarga duch keladilar: bola narsalarni sanab chiqib, bu guruhdagi narsalarning soni kam bo'lsa ham, lekin hajmi kattaroq bo'lganligi uchun mana shu guruhni ko'p deb aytadi. Bolalar kam joyni eeallagan guruhning narsalariga qaraganda narsalari kam bo'lsa ham, ammo ko'proq joy egallagan guruhni ham ko'p deb baholaydilar.
Bolaning to'plamni tashkil etuvchi narsalarning turli-tuman xususiyat va belgilaridan o'z diqqatini chetga tortishi qiyin. Bola narsalarni sanab chiqib, shu zahotiyoq sanoq natijasini unutishi va miqdorini birmuncha aniq ifodalangan fazoviy belgilarga qarab baholashi mumkin.
Bolalar diqqatini narsalarning miqdori fazoviy belgilarga: narsalarning katta-kichikligi, qanday joylashganligi, ularning egallab turgan maydoniga bog'liq emasligiga jalb etiladi. Bu masalaga 2-3 ta maxsus mashg'ulot ajratiladi, keyin o'quv yili oxirigacha, bu masalaga vaqti-vaqti bilan kamida 3-4 marta, masalan, bolalarning narsalar to'plamlarini tiklashni o'rganayotganlarida kiritiladi.
Shu bilan bir qatorda, bolalarga turli kattalikdagi narsalarning uzunligi, kengligi, balandligi va boshqa tomonlarini taqqoslash mashq qildiriladi, ulardagi ba'zi fazoviy tasawurlar aniqlanadi, bolalar chapda va o'ngda, yuqorida va pastda, yuqoridagi va pastdagi, yaqin va uzoq so'zlarini tushunishga va ulardan foydalanishga; narsalarni chapdan o'ngga ,,mehmonlarni kutish" uchun idish- tovoq, ularni ,,sayrga" olib chiqish uchun kiyim-kechak yetarli yoki yetarli emasligini aniqlaydilar. ,,Do'koncha-do'koncha" yinida esa ma'lum miqdordagi narsalar yoki doirachalar rasmi solingan ko'rgazmalardan foydalaniladi. Tarbiyachi o'z vaqtida gishli belgilar kiritadi va narsalarni sanash kabi harakatli o'yinlarni
aytib turadi.
Pedagog bolalarning sanoq ahamiyati haqidagi tasawurlar chuqurlashtirishga intilib, ularga odamlarning narsalarni sanashlarini, narsalarni sanayotganlarida ular nimani bilishni istashlarini tushuntirib beradi. U bolalar ko'z o'ngida turli narsalarni bolalarning hammasiga yetishmasligini aniqlab, bir necha martalab sanab chiqadi. Bolalarga buvilari, onalari, otalari nimalarni sanashlarini kuzatishlari maslahat beriladi.

Yüklə 305,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə