Emom o'zbek doc


-§. Ta'lim berishning usul va uslublari



Yüklə 305,66 Kb.
səhifə31/104
tarix23.05.2022
ölçüsü305,66 Kb.
#87771
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   104

25-§. Ta'lim berishning usul va uslublari


Mashg'ulotlar asosan ta'limning ko'rgazmali, og'zaki va amaliy metodlari orqali amalga oshiriladi. Shubhasiz, besh yashar bolalar pedagog bergan topshiriqning bilim olish vazifasini anglash va uning ko'rsatmalariga binoan harakat qilishga qodirdirlar, Topshiriqlar mazmunan bolalarda bilish qobiliyatini uyg'otishga imkon beradi. Bolalar berilgan topshiriqqa javob topishi uchun mavjuct bilimlar yetarli bo'lmay va biror yangi bilimni egallash, yangilikni o'rganish ehtiyoji paydo bo'lgan vaqtda ana shunday vaziyatlar varatiladi. Masalan, tarbiyachi bolalardan: stolning bo'yi enidan qancha uzunligini qanday bilish mumkin,
— deb so'rashi mumkin. Qo'yilgan savolga yonma-yon qo'yish usuli bilan javob berib bo'lmaydi. Pedagog (tarbiyachi) ularga uzunlik o'lchovi yordamida qiyoslab ko'rishning yangi usulini ko'rsatadi.
Biror o'yin yoki amaliy topshiriq (juft tanlash, berilgan to'g'ri td'rtburchakka teng keladigan to'g'ri to'rtburchak yasash, qaysi pfedmetlaming ko'p ekanligini aniqlash va boshqalar)ni hal etish takliflari bolalarni izlanishga undovchi turtki bo'ladi. Pedagog (tarbiyachi) bolalarning tarqatma material bilan mustaqil ishlashlarini tashkil qilgandan keyin ularga topshiriqlar (tekshirib organib olish, yangilikni bilib olish va boshqalar) ham beradi. Bir qancha hollarda bilimlarni mustahkamlash va mazmuni o'zlariga yaqin, tushunarli vaziyatni aks ettiruvchi topshiriqlar berish bilan amalga oshiriladi. Masalan, ular turli oyoq kiyimlarning iplarini qandayligini aniqlaydilar, soatlar uchun tasmachalar tanlaydilar va hokazo. Bolalardagi masalalar yechishdagi bunday qiziqishi ularda fikrlashni, bilimlarni puxta o'zlashtirilishini ta'minlaydi.
Teng, teng emas, katta-kichik, butun va qism hamda boshqa matematik tushunchalar qiyoslash asosida tarkib topadi. 5 yashar bolalar tarbiyachi rahbarligida predmetlarni izchil ko'zdan kech» radigan, ularning bir xil belgilarini ajratadigan va taqqoslaydi bo'lib qoladilar. Bolalar taqqoslash asosida muhim nisbatlari! masalan,
tenglik bilan tengsizlik, izchillik nisbatlarini, butun qism nisbatlarini hamda boshqalarni aniqlaydilar, juda ode xulosalar chiqaradilar.
Katta guruhda analiz, sintez, taqqoslash, umumlashtir elementlarini rivojlantirishga alohida e'tibor beriladi.
Bolalarga awal predmetlarni juftlab taqqoslash, keyin esa bir necha predmetni birdaniga taqqoslash o'rgatiladi. Ular ayni predmetlarni o'zini bir qatorga joylashtiradilar yoki goh bir belgisiga, goh boshqa belgisiga qarab guruhlarga ajratadilar. Nihoyat ular taqqoslashni muammoli vaziyatda o'tkazadilar, bunda taqqoslash uchun muhim ahamiyatga ega bo'lgan belgilar boshqa, bundan ko'ra qulayroq so'zlar bilan ifodalangan bo'ladi. Masalan, kar miqdordagi predmetlar ko'proq joy egallagan sharoitda qand predmetlar ko'proq (kamroq) ekanligi aniqlanadi. Bu' taqqoslash va qarshisiga qo'yishning (ustma-ust qo'yish, yon-yon qo'yish, sanash, o'lchovni modellashtirish) usullari abajariladi. Bunda bolalar obyektlar miqdorini tenglashtiradilar yokel ularning tengligini buzadilar, aniqrog'i, matematik xarakterdagi elementlar yordamida ish bajaradilar.
Qo'yilgan masalaning mazmunini va uni yechish usullarini idrok etish besh yoshdagi bolalarning amaliy harakatlarni baja rishlari davomida amalga oshirishlari sababli bolalar yo'l qo'yadigan xatolar hamisha didaktik material bilan ishlash orqali tuzatiladi.
Katta guruhda ko'rgazmali qurollarning turlari ko'payadi va ularning xarakteri bir oz o'zgaradi. Asosan o'yinchoqlardan, buyumlardan foydalanish davom ettiriladi. Biroq, bu narsalarning rangli tasvirlari bilan ishlash alohida ahamiyatga ega.
O'quv yilining o'rtasidan boshlab, masalan, agar o'g'il bolalar katta uchburchak bilan, qiz bolalar esa kichik uchburchaklar bilan aks ettirilgan bo'lsa, bolalar shunga qarab ,,Tiko" mashinasi ichida kimlarning—o'g'il bolalarmi yoki qiz bolalarning ko'p ekan ligini topadilar va hokazo masalalar qaraladi. Ko'rgazmalilik bolalarni aktivlashtiradi va ixtiyoriy xotira uchun tayanch bo'lib xizmat qiladi, shuning uchun ayrim hollarda modellashtiriladi. Masalan, hafta kunlari shartli ravishda turli rangdagi tasmalar bilan ko'rsatiladi. Bu bolalarga hafta kunlari o'rtasida tartib munosabatlarini o'rnatishgava ularning izchilligini eslab qolishga yordam beradi.
Mashg'ulotlarning birida bir xil matematik bog'lanishlar va munosabatlarni xarakterlash uchun har xil ifoda qilish usullarini qidirib topish o'rgatiladi. Bunda tarbiyachi goh bir boladan, goh boshqasidan nima ish qilayotganini, qanday va nima uchun shunday qilayotganini so'rab boradi. Topshiriq bajarilgandan so'ng bolalar nimani qanday qilganliklari va natijada nima hosil bo'lgani haqida hisob beradilar.
Bolada biror harakatni bajarish ko'nikmasi hosil bo'lgan sari unga dastlab nimani qanday qilish (predmetlar qatorini tuzish va boshqalar) kerakligi haqidagi o'z taxminini aytishni, undan keyin esa amaliy harakatlarni bajarishni taklif qilish mumkin. Bolalarga topshiriqni bajarishning usul va tartiblarini rejalashtirish ana shu tarzda o'rgatiladi.
Bolalar bir xil turdagi topshiriqlar turli xil usullarda bajarilishi munosabati bilan ko'p marta takrorlash natijasida to'g'ri tuzilgan iborani o'zlashtirib olishga erishiladi.

Yüklə 305,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə