Eski o’zbek adabiy tilining
shakllanishi.
Navoiy asarlarining lingvistik
xususiyatlari”.
www.arxiv.uz
• Alisher Navoiy turkiy
adabiyotda o’zining dilbar
lirik she’rlari bilangina
emas, balki takrorlanmas
nasriy asarlari bilan ham
o’lmas iz qoldirgan adibdir.
Navoiyning nasriy asarlari
tarixiy, tarixiy-memuar,
ilmiy, diniy, tasavvufiy
hamda axloqiy-
ta’limiy
mavzularga bag’ishlangan.
• “Tarixi muluki Ajam” asari
ajam shohlari tarixiga
bag’ishlangan.
www.arxiv.uz
www.arxiv.uz
“Tarixi muluki Ajam”
asarida fors sultonlari
Peshdodiylar
Kayoniylar
Ashkoniylar
Sosoniylar
www.arxiv.uz
• Peshdodiylar tabaqasidagi 11 podshoh haqida
ma’lumot beriladi. Kayumarsdan boshlab
Jamshid, Zahhok, Afrosiyob, Girshosbgacha
bo’lgan podsholarning podsholik qilgan yillari,
amalga oshirgan ishlari, ixtirolari, xarakterli
jihatlarini yoritishga harakat qiladi. Masalan,
Navoiy Jamshid haqida gipirib, shularni qayd
etadi: “G’arib ixtirolar qildi. Va ul jumladin
sipohiylik aslihasidurkim, paydo qildikim, ondin
burun tosh va yig’och erdi. Sinon va harba va
pichoq, ba’zi habba ham debdurlar, qalqon ham
debdurlarkim ul yasadi. Va hammom bino qildi
va g’avvoslig’ xayol qildi. Va ipak va qazz va
ko’prak to’qur nimalarni va ranglarni arog’a
kiyurdi” (199-bet).
www.arxiv.uz
• Kayoniylar tabaqasidagi 9 podshoh haqidagi ma’lumotlar
orasida Humoy xotinning saltanatni boshqargani haqidagi
ma’lumotlar o’ta muhimdir. Bahman ismli podshoh qizi
Humoy homilador bo’lganda uning qorniga tojni qo’yib,
taxtni Humoyga topshiradi. Humoy farzandi tug’ilib,
voyaga yetguncha davlat boshqarishi, keyin esa taxtni
o’g’liga topshirishi kerak edi. Ammo o’g’li tug’ilgandan
keyin uni bir sandiqqa solib daryoga oqizadi. Sandiqni
Gozur ismli bir kishi topib olib, chaqaloqqa Dorob deb
nom qo’yadi va uni tarbiya qiladi. Dorob ulg’ayib, Humoy
qo’shiniga mulozim bo’lib qo’shiladi va janglarda
ko’rsatgan jasorati uchun podshoh e’tiboriga tushadi.
Humoy o’g’li Dorobni ko’rgan zahoti ona qalbi bilan uning
o’z farzandi ekanligini his qiladi va davlat boshqaruvini
unga topshiradi.
www.arxiv.uz
www.arxiv.uz
• Shuningdek, ashkoniylar tabaqasiga mansub
bo’lgan 15 hukmdor hamda sosoniylarga
mansub 29 podshoh haqida ham ma’lumotlar
beriladi. Asar, asosan, nasrda yozilgan bo’lib,
deyarli har bir podshoh haqidagi ma’lumotdan
so’ng a-a-b-b tarzida qofiyalangan va shoir
tomonidan “she’r” deb nomlangan to’rtliklar
keltirilgan. Asar nihoyasida 50 baytdan iborat
masnaviy berilgan bo’lib, u Husayn Boyqaroga
bag’ishlangan. Undagi ushbu misralar Husayn
Boyqaroni shoh, darvesh va inson sifatida
ulug’langanligini isbotlaydi:
Shaho keldi shahlig’ musallam sanga,
Ne shahlig’ki darveshlig’ ham sanga.
Desam aylayin vasfing oson emas,
Ki mingdin birin demak imkon emas.
www.arxiv.uz
• Shuningdek, shoir ushbu masnaviyda Husayn Boyqaroga
bag’ishlangan, uning tug’ilishidan to podshohlik
damlarigacha bo’lgan davrini, sifatlarini tarannum qiluvchi
bir asar yozish niyati borligini ham qayd etadi.
• Asarning asosiy g’oyasi-odil podshohlarni maqtash va
zamona hukmdorlarini ana shu podshohlardan namuna
olishga chaqirishdir. Navoiy tarixda shunday podshohlar
bo’lganiga ishonadi va ularning nomini “hayvon suyi” (obi
hayot) bilan tiriltirmoqchi, ya’ni tarixdan olib chiqib,
zamonaga va kelajakka xizmat qildirmoqchi. Shuning
uchun ham uzoq tarixdan Navoiy shunday xulosa
chiqaradi: birov shoh bo’ladigan bo’lsa, jahon
hashamatini ko’zga ilmasin. Faqat zulmni yo’q qilish
uchungina va adolat o’rnatish uchungina mamlakat va
taxt olishga arziydi. Kishi o’zi shoh bo’lsa ham xo’yi (fe’li,
xarakteri) darveshlarcha bo’lishi kerak.
www.arxiv.uz
• “Tarixi anbiyo va hukamo” asari
avliyo va anbiyolar, olimlar,
hukamolar tarixiga bag’ishlangan.
Odam atodan boshlab o’tgan
payg’ambar va valilardan 59 tasi, 4
ta obid hamda 13 hukamo haqida
fikr yuritiladi. Navoiy asarda
payg’ambarlarni 4 guruhga ajratadi:
Dostları ilə paylaş: |