Eski o’zbek adabiy tilining shakllanishi. Navoiy asarlarining lingvistik xususiyatlari”



Yüklə 0,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix21.09.2023
ölçüsü0,95 Mb.
#122762
  1   2
Taqdimot2



Eski o’zbek adabiy tilining 
shakllanishi.
Navoiy asarlarining lingvistik 
xususiyatlari”.
www.arxiv.uz


• Alisher Navoiy turkiy 
adabiyotda o’zining dilbar 
lirik she’rlari bilangina 
emas, balki takrorlanmas 
nasriy asarlari bilan ham 
o’lmas iz qoldirgan adibdir. 
Navoiyning nasriy asarlari 
tarixiy, tarixiy-memuar, 
ilmiy, diniy, tasavvufiy 
hamda axloqiy-
ta’limiy 
mavzularga bag’ishlangan.
• “Tarixi muluki Ajam” asari 
ajam shohlari tarixiga 
bag’ishlangan. 
www.arxiv.uz


www.arxiv.uz


“Tarixi muluki Ajam” 
asarida fors sultonlari
Peshdodiylar 
Kayoniylar 
Ashkoniylar 
Sosoniylar 
www.arxiv.uz


• Peshdodiylar tabaqasidagi 11 podshoh haqida 
ma’lumot beriladi. Kayumarsdan boshlab 
Jamshid, Zahhok, Afrosiyob, Girshosbgacha 
bo’lgan podsholarning podsholik qilgan yillari, 
amalga oshirgan ishlari, ixtirolari, xarakterli 
jihatlarini yoritishga harakat qiladi. Masalan, 
Navoiy Jamshid haqida gipirib, shularni qayd 
etadi: “G’arib ixtirolar qildi. Va ul jumladin 
sipohiylik aslihasidurkim, paydo qildikim, ondin 
burun tosh va yig’och erdi. Sinon va harba va 
pichoq, ba’zi habba ham debdurlar, qalqon ham 
debdurlarkim ul yasadi. Va hammom bino qildi 
va g’avvoslig’ xayol qildi. Va ipak va qazz va 
ko’prak to’qur nimalarni va ranglarni arog’a 
kiyurdi” (199-bet).
www.arxiv.uz


• Kayoniylar tabaqasidagi 9 podshoh haqidagi ma’lumotlar 
orasida Humoy xotinning saltanatni boshqargani haqidagi 
ma’lumotlar o’ta muhimdir. Bahman ismli podshoh qizi 
Humoy homilador bo’lganda uning qorniga tojni qo’yib, 
taxtni Humoyga topshiradi. Humoy farzandi tug’ilib, 
voyaga yetguncha davlat boshqarishi, keyin esa taxtni 
o’g’liga topshirishi kerak edi. Ammo o’g’li tug’ilgandan 
keyin uni bir sandiqqa solib daryoga oqizadi. Sandiqni 
Gozur ismli bir kishi topib olib, chaqaloqqa Dorob deb 
nom qo’yadi va uni tarbiya qiladi. Dorob ulg’ayib, Humoy 
qo’shiniga mulozim bo’lib qo’shiladi va janglarda 
ko’rsatgan jasorati uchun podshoh e’tiboriga tushadi. 
Humoy o’g’li Dorobni ko’rgan zahoti ona qalbi bilan uning 
o’z farzandi ekanligini his qiladi va davlat boshqaruvini 
unga topshiradi.
www.arxiv.uz


www.arxiv.uz


• Shuningdek, ashkoniylar tabaqasiga mansub 
bo’lgan 15 hukmdor hamda sosoniylarga 
mansub 29 podshoh haqida ham ma’lumotlar 
beriladi. Asar, asosan, nasrda yozilgan bo’lib, 
deyarli har bir podshoh haqidagi ma’lumotdan 
so’ng a-a-b-b tarzida qofiyalangan va shoir 
tomonidan “she’r” deb nomlangan to’rtliklar 
keltirilgan. Asar nihoyasida 50 baytdan iborat 
masnaviy berilgan bo’lib, u Husayn Boyqaroga 
bag’ishlangan. Undagi ushbu misralar Husayn 
Boyqaroni shoh, darvesh va inson sifatida 
ulug’langanligini isbotlaydi:
Shaho keldi shahlig’ musallam sanga,
Ne shahlig’ki darveshlig’ ham sanga.
Desam aylayin vasfing oson emas,
Ki mingdin birin demak imkon emas.
www.arxiv.uz


• Shuningdek, shoir ushbu masnaviyda Husayn Boyqaroga 
bag’ishlangan, uning tug’ilishidan to podshohlik 
damlarigacha bo’lgan davrini, sifatlarini tarannum qiluvchi 
bir asar yozish niyati borligini ham qayd etadi.
• Asarning asosiy g’oyasi-odil podshohlarni maqtash va 
zamona hukmdorlarini ana shu podshohlardan namuna 
olishga chaqirishdir. Navoiy tarixda shunday podshohlar 
bo’lganiga ishonadi va ularning nomini “hayvon suyi” (obi 
hayot) bilan tiriltirmoqchi, ya’ni tarixdan olib chiqib, 
zamonaga va kelajakka xizmat qildirmoqchi. Shuning 
uchun ham uzoq tarixdan Navoiy shunday xulosa 
chiqaradi: birov shoh bo’ladigan bo’lsa, jahon 
hashamatini ko’zga ilmasin. Faqat zulmni yo’q qilish 
uchungina va adolat o’rnatish uchungina mamlakat va 
taxt olishga arziydi. Kishi o’zi shoh bo’lsa ham xo’yi (fe’li, 
xarakteri) darveshlarcha bo’lishi kerak.
www.arxiv.uz


• “Tarixi anbiyo va hukamo” asari 
avliyo va anbiyolar, olimlar, 
hukamolar tarixiga bag’ishlangan. 
Odam atodan boshlab o’tgan 
payg’ambar va valilardan 59 tasi, 4 
ta obid hamda 13 hukamo haqida 
fikr yuritiladi. Navoiy asarda 
payg’ambarlarni 4 guruhga ajratadi:

Yüklə 0,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə