Eski o’zbek adabiy tilining shakllanishi. Navoiy asarlarining lingvistik xususiyatlari”



Yüklə 0,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/2
tarix21.09.2023
ölçüsü0,95 Mb.
#122762
1   2
Taqdimot2

1. Mursol payg’ambarlar: Bularga 
Jabroil vositasida vahy kelgan.
2. G’ayri mursal payg’ambarlar: ilhom 
yoki tushdagi vahiylik orqali elga 
rahnomalik qiladilar:
3. Ulul-
azm payg’ambarlar: osmoniy 
kitoblar nozil bo’lgan kishilar.
4. Xotam payg’ambar: eng so’nggi 
payg’ambar bo’lib, bu Muhammad 
(s.a.v.) dir.
www.arxiv.uz


www.arxiv.uz


• Alisher Navoiy nafaqat badiiy adabiyot va 
adabiyotshunoslik, balki qiyosiy tilshunoslikka ham muhim 
hissa qo’shgan. Uning tilshunoslikka bag’ishlangan 
“Muhokamat ul-lug’atayn” asari turkiy tilning imkoniyatlarini 
fors-
tojik tiliga chog’ishtirish orqali ko’rsatib berishga 
bag’ishlangan. Asar 1500-yilda yozilgan bo’lib, unda turli 
tilda mavjud bo’lgan, ammo sort (fors) tilida muqobili 
bo’lmagan 100 ta so’z, shuningdek bir necha ko’p ma’noli 
so’zlar, forsiy tilda birgina varianti mavjud bo’lgan sinonim 
so’zlar, ayrim hayvon va parranda nomlari, kiyim-kechak 
nomlari, yeguliklar nomi, kasb-hunarni atovchi otlar haqida 
ma’lumot beriladi. Ayrim so’zlar haqida gapirganda Navoiy 
turkiy nazmlardan misollar keltirib, fikrini isbotlaydi. 
Masalan, “sinqarmoq” so’zi xususida to’xtalib, shunday 
deydi: “...Biri sinqarmoq lafzidurki, mubolag’a mundin 
o’tmas turkcha nazmda bu matla’ bordurkim, bayt:
Soqiyo, tut bedakim, bir lahza o’zumdan boray,
Shart bukim, har necha tutsang labo-lab sinqaray.
Oyo! Bu sipqaray lafzi mazmuniga yetganda, forsiy she’rda 
ne iloj qilg’aylar?”.
(16-tom, 13- bet).
www.arxiv.uz


• Ayrim hayvon va parrandalarni turli nomlar 
bilan atash turkiy tillarga xosdir. Shu haqda 
gapirar ekan, Navoiy kiyik, to’ng’iz, ot 
singarilarning turli nomlari xususida 
to’xtaladi. Jumladan, “...dag’i turk 
o’rdakning erkagin “so’na” va tishisin 
“bo’rchin” der. Va sort munga ham ot 
qo’ymaydur. Va nar va modda ikkalasin 
“murg’obi” der. Va o’rdakning anvoi bilur 
qushchilar qoshida, masalan, jo’rka va 
erka, suqtur va olmabosh va cho’qirqanot 
va temirqanot va aldaldag’a va alapuka va 
bog’chol va bu yo’sunluq derlarki, yetmish 
nav’ bo’lurkim, sort borisin murg’obi o’q 
der” (20-bet).
www.arxiv.uz


• Asarning hech biror o’rnida Navoiy fors-tojik tilini 
kamsitmaydi, balki bu til hamda ushbu tilda ijod qilgan 
ijodkorlarga hurmati baland ekanligini qayd etadi. O’zining 
turkiy va fors-tojik tilida yaratgan asarlari nomlarini zikr 
etadi. Navoiy nasrda yozilgan va ilmiy uslubda yaratilgan 
bu asarda ham 7 ta ruboiy 2 ta qit’a, bayt va nazm deb 
atalgan 70 misra she’r keltiradi. She’rlarning katta qismi 
shoir qalamiga mansub. Shuningdek, unda Atoyi, Lutfiy, 
Husayniy, Xusrav Dehlaviy, Abdurahmon Jomiy, Xoqoniy 
Shervoniy kabilarga oid she’riy misralar ham bor.
• Navoiyning “Mezon ul-avzon” asari turkigo’y xalqlarni aruz 
ilmidan bahramand etish niyatida yozilgan. Shoir an’anaviy 
aruzga turkiy she’riyatga xos bo’lgan vaznlarni, ularning 
bahrlarini qo’shdi.
www.arxiv.uz


• O’zbek she’riyatining, xalq og’zaki ijodining necha yuz yillik 
tajribasi bu asarda birinchi bor tadqiq etilib, umumlashtirib 
berilgan.
• Har bir bahrning ruknlari, turlari haqida ma’lumot berilib, 
she’riy misralar asosida dalillanadi. Asarda 164 bayt g’azal, 
1 ta tuyuq, 6 ta ruboiy keltirilgan. “Mezon ul-avzon” dan 
avval Shayxzoda Ahmad Taroziyning “Funun ul-balog’a”, 
keyin Boburning “Risolai aruz” asari turkiyda yaratilgan.
• Alisher Navoiyning “Arba’in”, “Siroj ul-muslimin”, “Munojot” 
asarlari diniy-islomiy ruhdagi asarlardir.
• Sharq adabiyotida “arba’in” an’anasi mavjud bo’lib, xalq 
orasida mashhur, eng sahih hadislardan 40 tasi saralab 
olinib, u hadislardan har birining mazmuni bir ruboiyda 
talqin qilingan. Abdurahmon Jomiyning “Chihil hadis” asarini 
Navoiy turkiyga tarjima qiladi. Shoirning niyati, asar 
muqaddimasida ta’kidlangandek, “forsiydonlar idrok 
aylagan” qirq hadis mohiyatidan turkiyzabonlarni ham 
bahramand qilish edi:
www.arxiv.uz


Forsiydonlar aylabon idrok,
Oriy erdi bu naf’din atrok.
Istadimki, bu xalq ham bori
Bo’lmag’aylar bu naf’din oriy.
Hadislarni she’rga solishda barcha shoirlar ularning oson 
tushunilishini, yodda saqlanishini ham nazarda tutganlar.
• “Siroj ul-muslimin” asari she’riy yo’l (masnaviy) da 
yaratilgan bo’lib, islom dinining arkonlari- namoz, zakot, 
ro’za, haj haqidagi fikrlar bayon etilgan. Asar musulmonlar 
uchun ma’lum ma’noda dastur-qo’llanma vazifasini 
bajargan.
• Navoiy hayotining so’ngida o’z asarlaridagi ijtimoiy, siyosiy, 
falsafiy va dunyoviy muddaolar, shaxsiyatidagi davr 
talablari, mafkurasiga munosabat haqida ko’p fikr yuritadi. 
Botiniy hayajonlari, armon-
o’kinchlari birlashib, Olloh 
nazdida tavbalar qilish ehtiyojini yaratgan. “Munojot” ana 
shunday iltijolar majmu’idan iborat. “Munojot” tili- teran 
tafakkur tili, his-
tuyg’ularga to’la ruhiy holat tili. Mohiyatan 
esa, ma’naviy kamolot, iymon ustuvorligi, ezguliklar sari 
intilishga da’vat etuvchi asar bo’lib, unda bu yo’lda to’siq 
bo’luvchi jam’iki illatlarga qarshi turish ham anglatiladi.
www.arxiv.uz


www.arxiv.uz

Document Outline

  • Слайд 1, Eski o’zbek adabiy tilining shakllanishi.
  • Слайд 2
  • Слайд 3
  • Слайд 4
  • Слайд 5
  • Слайд 6
  • Слайд 7
  • Слайд 8
  • Слайд 9
  • Слайд 10
  • Слайд 11
  • Слайд 12
  • Слайд 13
  • Слайд 14
  • Слайд 15
  • Слайд 16
  • Слайд 17

Yüklə 0,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə