Musulmonlar har sohada peshqadam boʻlganlar



Yüklə 54,36 Kb.
səhifə1/5
tarix22.03.2024
ölçüsü54,36 Kb.
#183163
  1   2   3   4   5
Musulmonlar har sohada peshqadam boʻlganlar


Musulmonlar har sohada peshqadam boʻlganlar (birinchi maqola)


Bismillahir Rohmanir Rohiym.
Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar boʻlsin.
Paygʻambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar boʻlsin.

- Birinchi shifoxona umaviylar sulolasining vakili Valid ibn Abdulmalikning davrida, 707 milodiy yilda qurilgan. Uning barcha sarf-harajatlarini davlat qilgan. Bemorlarga bepul oziq-ovqat berilgan. 
- Samo jismlarining ellips orbita boʻylab harakat qilishi haqidagi fikrni Kepler Beruniydan oʻzlashtirib olgan boʻlsa, Kopernik quyosh nazariyasini Ibn Shotirdan (1304-1376) aynan koʻchirib olgan.
- Umar Xayyom “Arifmetikaning mushkul masalalari” asarida Nyutondan besh yuz yil oldin oʻn sonli raqamli masalalarini kasr vositasida hal etish nazariyasini tavsiya qildi. 
- Fizika va falakshunoslikda juda muhim boʻlgan Mayatnikni Nyutondan yetti yuz yil avval Ibn Yunus kashf etgan.
- Verem mikrobini topganligi uchun R. Koch Nobel mukofotini olgan, vaholanki, uni 150-yil oldin Kambur Vosim (vafoti 1761-yil) topgandi.
- Alouddin Ali Qushchi Oyning ilk xaritasini chizgan, hozir bu xarita Amriqodagi Oy tadqiqoti institutida chiqarilgan xaritalarning eng tepasiga qoʻyilgan.
- Birinchi kompasni oʻn uchinchi asrda Kabajakiy yasagan.
- Zilzilaga oid birinchi asar Damashqiyning (vafoti 1176-yil) “Kitab uz-zalzala” asaridir. Keyinchalik XV asrda yozilgan Jaloliddin Suyutiyning “Zilzilanoma” nomi bilan mashhur boʻlgan “Kashf uz zalzal an vasfil-zalzala” kitobidan boshqa seysmologiyaga oid asar boʻlmagan.
- Ammor ibn Ali XI asrda koʻz pardasi jarrohligini amalga oshirgan. 
- Abul Qosim Zahraviy gʻarbda zamonaviy jarrohlikning otasi, deb tan olingan. U jarrohlikda 200 dan ortiq asbob ishlatgan. U tugʻishda qoʻllagan usuldan Ovropada 500-yil foydalanilgan.
- Oqshamsiddin (1389-1459) Pastordan 400-yil oldin mikrobni kashf qilgan. Oʻsha vaqtlarda musulmon olamining Yevropaga tutashib turgan boʻlagi Andalusiyadagi imliy holat haqida ham ikki ogʻiz soʻz yuritsak:
«Aka-uka Raytlardan ming yil oldin uchish moslamasini yaratish gʻoyasi andalusiyalik falakiyotchi va ixtirochi Abbos ibn Firnas at-Taqurunniyda paydo boʻladi. 852-yilda u erkin hilpiraydigan, yogʻoch choʻplar tikilgan yengsiz keng kiyimda masjid tomidan sakraydi. Firnas qushga oʻxshab erkin parvoz qilishni niyat qilgan edi, ammo boʻlmadi. Uning keng kiyimi tushishni sekinlashtirdi, buni birinchi parashyut desa ham boʻladi, olimning oʻzi esa bir oz choʻchish va yengil lat yeyish bilan qutuldi. Aytish mumkinki, bu ixtiro parashyutning ilk koʻrinishi boʻldi. 875-yilda, 70 yoshini qarshilagan ixtirochi oʻzining uchish moslamasini takomillashtirdi va unda uchish jarayonini boshqarishning ilk koʻrinishlari aks etgan edi. Bu – qanotlari ipak matodan boʻlgan qobirgʻa boʻlib, havoda parvoz etishi mumkin edi. Shu tariqa, Abbos birinchi deltaplanni ixtiro qildi. U oʻz ixtirosini olib, Jabal al-Arus nomli tepalikdan sakraydi. Havo oqimlari olimni koʻtarib, oldinga olib ketadi. Koʻp minglik odamlarning koʻz oʻngida u havoda oʻn daqiqacha parvoz etdi va sezilarli balandlikka koʻtarildi. Ammo qoʻnish omadsiz boʻldi. Moslama oʻz ixtirochisi bilan pastga qarab quladi, Abbosning oʻzi esa jiddiy jarohatlandi. Keyinchalik u moslamaga dum qismini oʻrnatish orqali qoʻnishni yaxshilash mumkinligini taʼkidlagan. Xuddi shu olimning oʻzi planetariy va artmillyar qubbani quradi hamda vaqtni oʻlchash uchun oʻziga xos asbob yaratadi. Oydagi kraterlardan biri uning ismi sharafiga nomlangan.


Yüklə 54,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə