Falsafafanining predmeti, maqsadi va vazifalari ma’ruza rejasi


Xindiston falsafasi.Qadimgi Hindiston ham insoniyat madaniyatining beshiklaridan



Yüklə 0,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/29
tarix31.01.2023
ölçüsü0,62 Mb.
#99810
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   29
Falsafaning fan va dunyoqarashga doir mohiyati (2)

Xindiston falsafasi.Qadimgi Hindiston ham insoniyat madaniyatining beshiklaridan 
biridir. Unga xos dastlabki ta’limotlar yozma manba — “Veda’’larda o‘z aksini topgan. 
“Veda”lar eramizdan bir yarim ming yil 
oldin yozilgan bo‘lib, mutaassib dindor hindu uchun oliy muqaddas ilm va bashorat 
kitobidir. Hindular “Veda:’ni oliy tangri Braxma tomonidan aytilgan so‘zlar deb biladi. “Veda”da 
hindularning qadimgi tarixi, iqtisodiyoti, dini, falsafasi, axloq va nafosatiga oid fikrlari aks etgan. 
“Veda”lar bizgacha to‘rtta to‘plam (samxitlar) shaklida yetib kelgan. Bular — “Rigveda”, 
“Samaveda”, “Yajurveda”, “Adxarvaveda”dir.
Hind falsafasi asoslari “Upanishadalar” nomi bilan mashhur bo‘lgan manbalarda ham o‘z 
aksini topgan. “Upanishadalar” sirli bilim degan ma’noni anglatib, “Veda”larning falsafiy qismini 
tashkil etadi. “Upanishadalar” yaxlit kitob yoki falsafiy risola bo‘lmay, balki turli vaqtda turli 
mavzuda ijod etgan noma’lum mualliflarning matnlaridan iboratdir. Ularning mazmuni va uslubi 
har xil va turlicha falsafiy qarashlar mahsulidir. “Upanishadalar”dagi falsafiy mavzular, asosan, 
insonni o‘rab turgan borlik, uning hayotdagi o‘rni va vazifasi, tashqi olam va inson tabiati, uning 
hayoti va ruhiyatining mohiyati, bilish imkoniyatining chegaralari, axloq meyorlari 
haqidadi.?Falsafiy muammolar asosan diniy-mifologik nuqtai nazardan bayon etilgan.
Qadimgi hind falsafiy maktablari ikki guruhga bo‘linadi. Hindistonlik faylasuflar bu 
guruhlarni astika va nastika deb ataydi. Vedanta, sankxya, yoga, vaysheshika, n’yaya va mimansa 
— astika guruhiga kiruvchi falsafiy maktablar. Ushbu maktablarning tarafdorlari “Veda”ning 
muqaddasligini tan olib, birdan-bir haqiqat undagina ifodalangan, deyishadi. Chorvaka-lokayata, 
buddizm va jaynizm — nastika guruhiga kiradi.
Chorvaka-lokayata tarafdorlari materialistik ta’limotni ilgari surganlari uchun “Veda”ning 
muqaddasligini tan olishmaydi hamda olam ilohiy kuch tomonidan yaratilmagan, “Veda” haqiqiy 
bilim bermaydi, deb ta’kidlashadi. Buddizm va Jaynizm diniy-falsafiy maktablar bo‘lishiga 
qaramay, ular ham “Veda”ning muqaddasligini tan olmagan. Sankxya qadimgi Hindistondagi 
dualistik falsafiy maktab bo‘lib, olam asosida moddiy unsur (prakriti) modda va ruh (purusha) 
yotadi, deb hisoblaydi. Bu yo‘nalishga, asosan, olamdagi barcha narsalar ikki unsurning turli teng 
mikdorda (proporsiyada) birikishidan yuzaga keladi, olam sababiyat orqali rivojlanadi, olamda 
uchta sabab mavjud, deyiladi. Ular kuyidagilardir: moddiy sabab, yaratuvchi sabab, aloqador 
bulmagan sabab. Bu falsafiy maktab haqida buyuk bobokalonimiz Abu Rayhon Beruniy 
“Hindiston” asarida atroflicha fikr yuritgan 

Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə