Faxritdinovich



Yüklə 114,67 Kb.
səhifə6/19
tarix11.12.2023
ölçüsü114,67 Kb.
#145775
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Audit kurs ishi

Auditorlik faoliyatini me’yoriy tartibga solish tizimi






2-chizma . Auditorlik faoliyatini me’yoriy tartibga solish tizimi
Ta’kidlash joizki, mustaqillikka dastlabki yillari Respublikamizda auditorlik faoliyatida tubdan yangi bo’lgan huquqiy – meyoriy qonunchilik bazasi yaratildi.
Ushbu yaratilgan baza mamlakatimizda auditorlik faoliyatini rivojlantirishda muhim bosqichlarini bosib o’tishga asos bo’ldi.
Auditorlik tashkilotlari:

  • auditorlik faoliyatini amalga oshirishda qonun hujjatlarida belgilangan litsenziya talablari va shartlariga amal qilishi;

  • auditorlik tekshiruvini o’tkazish bo’yicha shartnoma tuzishdan avval buyurtmachining talabiga ko’ra auditorlik faoliyatini amalga oshirishga tegishli litsenziya, auditor (auditorlar)ning malaka sertifikatini ko’rsatishi;

  • xo’jalik yurituvchi sub’ektning talabiga ko’ra auditorlik tekshiruvini o’tkazish bo’yicha qonun hujjatlaridagi talablar, auditorning fikr-mulohazalari asoslanadigan huquqiy normalar to’g’risida axborot taqdim etishi;

  • auditorlik tekshiruvini amalga oshirishda olingan axborotlarni sir saqlashi;

  • auditorlik hisobotida moliya-xo’jalik operatsiyalarining qonuniyligini buzish holatlari va ularni bartaraf etish bo’yicha takliflarni aks ettirishi;

  • o’tkazilgan auditorlik tekshiruvlari natijalari bo’yicha auditorlik xulosalari va auditorlik hisobotlarining nusxalari auditorlik tashkilotida bo’lishi hamda ularning qonun hujjatlarida belgilangan tartibda saqlanishini ta’minlashi;

  • xo’jalik yurituvchi sub’ektning mansabdor shaxslari va boshqa xodimlari mazkur sub’ektga zarar keltirganligiga yaqqol guvohlik beruvchi holatlarni aniqlagan taqdirda bu to’g’rida rahbariyat (mulkdor)ni xabardor qilishi hamda auditorlik xulosasida tegishli ravishda qayd etishi shart. Zarur hollarda auditorlik tekshiruvining natijalarini aktsiyadorlarga etkazish uchun ularning qonun hujjatlarida belgilangan tartibda umumiy majlisini chaqirishni talab qilishi;

  • auditorlarning har yili malaka oshirish kurslaridan o’tishlarini ta’minlashi;

  • respublika auditorlar jamoat birlashmalarining talabiga ko’ra auditorlik tashkilotlarini majburiy reyting baholash uchun axborot taqdim etishi shart.

Auditorlik tashkilotlari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarga ham ega bo’lishlari mumkin.
Auditorlar nazorat yoki huquqni muhofaza qilish organlarining topshiriqlariga binoan faqat auditorlik tashkiloti bilan nazorat yoki huquqni muhofaza qiluvchi
organlar o’rtasida tuzilgan shartnoma asosida turli tekshiruvlarni o’tkazishda mutaxassislar sifatida ishtirok etishlari mumkin.
Auditorlik tashkilotlari ochiq aktsiyadorlik jamiyati shaklidan tashqari barcha tashkiliy-huquqiy shaklda tashkil etilishi va faoliyat yuritishi mumkin, bunda ustav kapitalining 51 foizdan kam bo’lmagan miqdori mazkur auditorlik tashkilotining bir yoki bir nechta shtatdagi auditorlariga tegishli bo’lishi shart. Auditor (auditorlar) faqat bitta auditorlik tashkilotining ta’sischisi bo’lishi mumkin.
Auditorlik tashkilotini auditor malaka sertifikatiga ega bo’lgan rahbar boshqaradi va attestatsiyadan o’tmagan rahbar ikki yil mobaynida auditorlik tashkiloti rahbari sifatida faoliyat yuritish huquqiga ega emas.
Auditorlik tashkilotlari auditorlik tekshiruvini o’tkazish uchun shtatdagi auditorlar yoki auditorlik tashkiloti bilan fuqarolik-huquqiy xarakterdagi shartnoma tuzgan auditorlarni jalb etadi, shuningdek auditor sifatsiz auditorlik tekshiruvi o’tkazishi natijasida keltirgan zarari, tijorat sirlarini oshkor etganligi va auditorlik tashkilotiga zarar keltirgan boshqa xatti-harakatlari uchun auditorlik tashkiloti oldida qonun hujjatlariga muvofiq ravishda javobgar bo’ladi.



        1. Yüklə 114,67 Kb.

          Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə