Fin ta’limi amaliyotda Nima? Nima uchun? Qanday?


Tadqiqotlarga asoslanganlik



Yüklə 357,72 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/12
tarix25.01.2023
ölçüsü357,72 Kb.
#99260
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Fin ta\'limi amaliyotda

Tadqiqotlarga asoslanganlik 
 
Finlyandiya ta
’limining yuqorida qayd etilgan bir qator xususiyatlari - tenglik, 
ishonch va hamkorlik 
– ko‘plab manbalarda qayd etilgan. Fin ta’limining ko‘pincha 
e
’tibordan chetda qoladigan muhim xususiyati uning mustahkam ilmiy poydevorga, 
tadqiqotlarga asoslanganligidir. 
O‘rganish va ta’lim psixologiyasi bo‘yicha ilmiy 
tadqiqotlar Finlyandiya ta
’limini rejalashtirish va amalga oshirishda, ayniqsa, muhim 
rol 
o‘ynadi. 
Zamonaviy 
ta
’lim nazariyasi Finlyandiya o‘qituvchilarini tayyorlash, 
shuningdek, mamlakatdagi maktablar faoliyatining asosidir. Ijtimoiy-konstruktiv ta'lim 
nazariyasi Finlyandiya 
o‘qituvchilarini tayyorlashda ko‘p yillar davomida foydalanib 
kelinadi. Fin ta
’limi bilim va ko‘nikmalar faqat to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘qitish va yashash 
orqali emas, balki 
o‘quvchilarni faol shakllantirish orqali egallanadi degan g‘oyaga 
asoslanadi. Ta
’lim - bu faol ishtirok etish, ijtimoiy o‘zaro ta’sir va mulohaza yuritishni 
talab qiladigan jarayondir. (Lonka 2018, 28; Sahlberg 2006, 270.) 
Fin maktablarida bugun amalda b
o‘lgan ko‘plab tizimlar ilmiy tadqiqotlarga 
asoslangan: tanaffuslar, yengil uy vazifalari va jismoniy faollik kabilar bunga misoldir. 
Ular nafaqat puxta 
o‘rganilgan ilmiy asosga ega, balki Finlyandiya o‘qituvchilari va 
o‘quvchilari ham kundalik maktab ishlarida ushbu yangiliklarning afzalliklarini his 
qilishadi. 
1. 
Fin maktablarida muntazam tanaffus vaqtlari mavjud
. Finlyandiyaning 
umumiy ta’lim to‘g‘risidagi qarori barcha bolalarga maktabda to‘g‘ri 
tanaffus berishni ta’minlaydigan umumiy qoidalarni belgilaydi. Odatda har 


45 daqiqalik darsdan keyin 15 daqiqalik tanaffus va tushlik uchun yana bir 
marta uzoqroq tanaffus beriladi. Maktablar tanaffuslarni ham o‘z 
xohishlariga ko‘ra turlicha taqsimlashlari mumkin. O‘quvchilar tanaffuslarini 
odatda tashqarida o‘yinlar o‘ynab erkin tarzda o‘tkazadilar. Ilmiy tadqiqotlar 
tanaffuslar bir qator afzalliklarga ega ekanligini isbotlagan. Ular o‘rganishni 
rag‘batlantiradi: o‘qish jarayonida darsdan tashqari mashg‘ulotlarga bir oz 
vaqt ajratish o‘quvchilarning sinfdagi faoliyatini yaxshilashga yordam 
beradi. Bundan tashqari, tanaffuslar o‘quvchilarga o‘ynash, dam olish va 
kognitiv, hissiy va ijtimoiy qobiliyatlarini yanada rivojlantirish uchun 
tengdoshlari bilan erkin muloqot qilish imkonini beradi. Keyin o‘quvchilar 
ushbu ko‘nikmalarni sinfda qo‘llashlari mumkin va natijada ularning 
o‘zlashtirishlari yaxshilanib boradi. Muntazam tanaffus beriladigan bolalar 
ko‘proq ijodiy fikrlaydigan, o‘ziga ishongan va qo‘rquv hissi kamroq bo‘lishi 
va darslarga ko‘proq diqqat qilishi isbotlangan. (Pellegrini va boshq. 2002; 
Pellegrini & Bohn 2005; OECD 2017, 336; Sahlberg 2017a, 19-20.) 
2. 
Ma’lumki, 
Fin maktablari o‘quvchilarga uyda bajarish uchun juda yengil 
vazifalar beradi
. Bu bo‘yicha umumiy tushuncha shundan iboratki, agar 
bolalar o‘rganish uchun maktabdagi vaqtdan unumli foydalansa, ularni 
uyda ortiqcha uy vazifalari bilan band qilishning hojati yo‘q. Finlyandiyalik 
o‘qituvchilar uy vazifasini berishda miqdorga emas, balki sifatga e’tibor 
qaratishadi. Agar uyda bajarilishi kerak bo‘lgan vazifa bo‘lsa, u darsdagi 
mazmunni takrorlash emas, balki o‘rganganlarini boshqa yo‘llar bilan 
mustahkamlash (amaliyotda qo‘llash, tushunishni kengaytirish va 
boshqalar) uchun foydali bo‘lishi kerak. 
Ko‘p uy vazifasi o‘rganishga yordam bermasligini tasdiqlovchi ilmiy 
tadqiqotlar mavjud. Ularga ko‘ra, uy vazifasi o‘zlashtirishni yaxshilamaydi. 
O‘zlashtirish natijasi va uy vazifasi o‘rtasidagi bog‘liqlik, agar haqiqatda 
mavjud bo‘lsa, minimal darajada. Aksincha, ko‘p uy vazifalari o‘rganish 
samaradorligi salbiy ta’sir qiladigan xavotir va stressni keltirib chiqaradi. 
Shuningdek, uy vazifasi o‘quvchilarning maktabga bo‘lgan munosabatini 
ham buzishi mumkin. (Kralovec & Buell 2000; Kohn 2006; Shumaker 
2016.) 
3. 
Mashg‘ulotlar davomida jismoniy faollikni oshirish
hozirda Finlyandiya 
maktablaridagi asosiy tendensiyalardan biri hisoblanadi. Bu yangi milliy 
o‘quv dasturida (Finlyandiya milliy ta’lim kengashi 2016, 28) ham 
keltirilgan. Ayni paytda mamlakatda 
“Finlyandiya maktablari harakatda”
deb nomlangan katta milliy rivojlanish dasturi ham mavjud. Dastur 
Finlyandiyadagi umumiy o‘rta ta’limda jismoniy faol madaniyatni 
rivojlantirish va barcha o‘quvchilar uchun har kuni bir soatlik jismoniy 
faoliyatni ta’minlashga qaratilgan. (Aira & Kämppi 2017.) Bu bo‘yicha 
finlyandiyaliklar nuqtai nazari shundan iboratki, jismoniy harakatni oshirish 
va uni turli maktab fanlariga integratsiya qilish o‘quvchilarning o‘rganishi, 
akademik rivojlanishi, salomatligi va umumiy farovonligiga yordam beradi. 
Finlar bolalar harakat qilganda ularning miyasi yaxshiroq ishlashini yaxshi 
tushunadilar. Jismoniy faollik o‘rganish va bilishga ijobiy ta'sir ko‘rsatishini 
isbotlagan ko‘plab ilmiy tadqiqotlar mavjud. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, 
jismoniy 
harakat 
o‘rganishni 
kuchaytirish 
va 
o‘quvchilarning 
motivatsiyasini oshirish uchun samarali kognitiv strategiya bo‘lishi mumkin. 


Bundan tashqari, jismoniy faollik bolalarning xotira, diqqat qilish va umumiy 
ma’lumotlarni qayta ishlash va muammolarga yechim topish kabi kognitiv 
funksiyalariga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi aniqlangan. Tadqiqotlarga ko‘ra, 
jismoniy faollikni oshirish, ayniqsa, amaliy va xotiradan foydalanishni talab 
qiladigan topshiriqlarda bajarishda natijalarini yaxshilashi mumkin. Bundan 
tashqari, jismoniy faoliyat xulq-atvor, diqqatni jamlash va sinf ishlarida faol 
ishtirok etishga yordam beradi. (Donnelly va boshq. 2011; Kari va boshq. 
2017; Jensen 2005; Rasberry va boshq. 2011; Reed va boshq. 2010; 
Sahlberg 2017a; Syväoja 2014; Syväoja 2015.) 
Sahlberg (2007, 153) Finlyandiyada o
‘qituvchilarini tayyorlash tizimi ham ilmiy 
tadqiqotlarga asoslanganligini ta
’kidlaydi. Barcha maktab o‘qituvchilari doimiy ishga 
joylashish uchun magistr darajasiga ega b
o‘lishi kerak. Bo‘lajak o‘qituvchilar besh 
yillik universitet dasturlarini tamomlaydilar. Finlyandiyada 
o‘qituvchilik odatda 
tadqiqotga asoslangan kasb sifatida k
o‘riladi. (Sahlberg 2007, 153.) Sahlberg ushbu 
ilmiy asoslangan yondashuvning k
o‘plab ijobiy ta'siri mavjudligini quyidagicha 
umumlashtiradi: 
Xalqaro qiyosiy tadqiqotlarda Finlyandiya 
o‘qituvchilarini tayyorlash dasturlari 
o‘zining tarkibi va ko‘lami bilan ajralib turadi. Bu dasturlardagi nazariya va amaliyot 
o‘rtasidagi bog‘liqlik yosh o‘qituvchilarga turli xil o‘qitish usullarini hamda samarali 
o‘qitish va o‘rganishni tashkil etish bo‘yicha kerakli bilimlarni o‘zlashtirishga yordam 
beradi. 
O‘qituvchilarning bunday yuqori professional kompetensiyalari o‘z 
maktablarida, shuningdek, milliy va xalqaro miqyosda maktablarni rivojlantirishga 
doir loyihalarda qatnashish uchun motivatsiya berish bilan birga qulaylik ham 
yaratadi. Ular, shuningdek, 
o‘zlarining shaxsiy va kasbiy bilim va ko‘nikmalarini 
rivojlantirishga jiddiy yondashadilar. (Sahlberg 2007 154-155.) 
 
O‘qituvchilik tadqiqotga asoslangan kasb hisoblanadi. Hannele Niemi (2016, 
34) Finlyandiya 
o‘qituvchilarini tayyorlash maqsadi ularga tadqiqotga asoslangan 
bilim va k
o‘nikmalar hamda o‘qitishni rivojlantirish metodikalarini o‘rgatish ekanligini 
ta’kidlaydi. Birinchidan, o‘qituvchilar o‘zlari o‘qitadigan fanlari bo‘yicha eng so‘nggi 
yutuqlarni chuqur bilishlari kerak. Ikkinchidan, ular umumiy 
o‘qitish va o‘rganishga 
oid s
o‘nggi tadqiqotlar bilan tanishishlari kerak. Niemi shunday xulosaga keladiki, fan 
mazmuni b
o‘yicha bilim va pedagogik mazmun bo‘yicha bilimlarni birlashtirgan 
tadqiqotlar turli darajadagi 
o‘quvchilarga mos o‘qitish metodikalarini ishlab chiqish 
uchun asos yaratadi. (Niemi 2016, 34.) Lonka (2018, 30) ham 
o‘rganishni samarali 
ra
g‘batlantirish uchun o‘qituvchilar uchun umumiy pedagogik bilim va ta’lim 
psixologiyasining muhimligini ta
’kidlaydi. 

Yüklə 357,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə