Fizikadan masalalar to’plami


§. Teng tasir etuvchi kuch. Harakatsiz jismlar uchun Nyuton qonuni



Yüklə 2,04 Mb.
səhifə64/112
tarix20.10.2023
ölçüsü2,04 Mb.
#128706
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   112
gupkina-2

1§. Teng tasir etuvchi kuch. Harakatsiz jismlar uchun Nyuton qonuni.

  1. 5 N kuchni o’sha yo’nalishda bir-biriga qarama-qarshi bo’lgan kuchlar bilan almashtirish talab qilinmoqda. Bu kuchlardan kichkinasini qiymati 11 N ga teng bo’lsa, ikkinchisining qiymati nimaga teng?


  1. Dinamometrga xuddi shunday dinamometr ilingan va pastdagi dinamometrga og’irligi 8 N bo’lgan yuk ilingan. Agar har bir dinamometrning og’irligi 2 N dan bo’lsa, yuqoridagi dinamometrning ko’rsatkichini toping.


  1. Yerda og’irligi 1000 N bo’lgan yuk yotibdi. Agar odam yukni vertikal yuqoriga 200 N kuch bilan ko’tarishga harakat qilayotgan bo’lsa, yuk yerni qanday kuch bilan bosib turmoqda?


  1. Og’irligi 700 N bo’lgan odam 400 N li yukni tekis ko’tarmoqda. Odam yerni qanday kuch bilan bosib turibdi?




  1. Bikirliklari 2 N/m va 3 N/m bo’lgan prujinalar parallel ulangan. Bu ikki prujinaning umumiy bikirligini toping.


  1. Bikirliklari 5 N/m va 20 N/m bo’lgan prujinalar ketma-ket ulangan. Bu ikki prujinaning umumiy bikirligini toping.


  1. Jismga o’zaro tik bo’lgan 3 va 4 N kuchlar tasir qilmoqda. Jismga tasir etayotgan kuchlarning natijaviysi nolga teng bo’lishi uchun, jismga tasir etayotgan uchinch kuchning qiymati qanday bo’lishi kerak?


  1. Parashutchiga harakat boshida havoning qarshilik kuchi, vertikal tashkil etuvchisi qiymati 400 N, gorizontal tashkil etuvchisi 300 N bo’lgan kuch tasir qilmoqda. Barcha kuchlarning teng tasir etuvchisini toping. Parashutchining massasi 80 kg. g =10m/s2


  1. Samolyotga: vertikal yo’nalishda 550 kN og’irlik kuchi va 555 kN ko’tarish kuchi , gorizontal yo’nalishda 162 kN tortish kuchi va 150 kN havoning qarshilik kuchi tasir qilmoqda. Barcha kuchlarning teng tasir etuvchisini toping(kN).


  1. Har birining qiymati 200 N dan bo’lgan uchta kuchning teng tasir etuvchisini toping. Birinchi va ikkinchi kuchlar, ikkinchi va uchinchi kuchlar orasidagi burchak 600 ga teng.




  1. O’zaro 600 burchak hosil qilgan 3 va 5 N kuchlarning teng tasir etuvchisini toping.


  1. O’zaro 1200 burchak hosil qilgan 3 va 8 N kuchlarning teng tasir etuvchisini toping.




  1. Samolyot buksirida ikkita planerni tekis tortib ketmoqda. Bunda samolyot va planerlar bitta gorizontal tekislikda joylashgan. Har bir buksir trosining tarangligi 500 N va planerlarning harakat yo’nalishi bilan 600 burchak tashkil etgan. Agar samolyotga havo tomonidan 400 N qarshilik kuchi tasir qilsa samolyot dvigatelining tortish kuchini toping.


  1. Massasi 20 kg bo’lgan yoritgich o’zaro 1200 burchak tashkil qilgan ikkita trosda ilingan. Har bir trosning taranglik kuchini toping. g =10m/s2


  1. Ikki bino orasiga uzunligi 20 m bo’lgan sim tortilgan va bu simning o’rtasiga massasi 20 kg bo’lgan yoritgich ilinishi natijasida, simning uchlari qotirilgan gorizontal sathdan 50 sm pasayadi. Simdagi taranglik kuchini toping. g =10m/s2


  1. Massasi 6 kg va uzunligi 80 sm bo’lgan bir jinsli sterjen, uchlaridan uzunligi 50 sm dan bo’lgan iplarga osilgan va bu iplarning ikkinchi uchlari shiftdagi bir nuqtaga qotirilgan. Har bir ipdagi taranglik kuchini toping. g =10m/s2


  1. Qiyalik burchagi 300 bo’lgan qiya tekislikda turgan 10 kg massali jism muvozanat holatida qolishi uchun unga tekislik bo’ylab yo’nalgan qanday kuch qo’yish kerak? Ishqalanish kuchini hisobga olmang. g =10m/s2




  1. Qiyalik burchagi 450 bo’lgan qiya tekislikda turgan 10 kg massali jism muvozanat holatida qolishi uchun unga qanday gorizontal kuch qo’yish kerak? Ishqalanish kuchini hisobga olmang. g =10m/s2


  1. Balandligi 0,7 m, uzunligi 2,5 m bo’lgan qiyatekislik ustida yotgan 5 kg massali yukning tekislikka ko’rsatadigan normal bosim kuchi nimaga teng? g =10m/s2


  1. Silliq vertikal devorga ip yordamida massasi 0,4 kg bo’lgan yuk ilingan. Agar ip vertikal bilan 600 burchak tashkil qilayotgan bo’lsa, ipning tarangllik kuchi nimaga teng? g =10m/s2

  2. Massasi 30 kg bo’lgan yuk ikkita ipga shunday osib qo’yilganki bunda bitta ip gorizontga nisbatdan 450 burchak tashkil qiladi, ikkinchisi gorizontal holatda tortilgan. Gorizontal ipdagi taranglik kuchini toping. g =10m/s2


  1. Massasi 24 kg bo’lgan yuk simga ilingan holatda turuvdi. Agar jismga qo’yilgan gorizontal kuch yordamida, sim vertikalga nisbatdan 600 burchakka og’sa, simdagi taranglik kuchini toping. g =10m/s2


  1. Stol ustida yotgan massasi 500 g bo’lgan taxtachaga gorizontal yo’nalishda 5 N kuch tasir qilmoqda. Agar stol va taxtacha orasidagi ishqalanish koeffitsienti 0,2 ga teng bo’lsa, taxta tinch holatda qolishi uchun taxta ustiga kamida qanday massali yuk qo’yish lozim? g =10m/s2


  1. Taxtachani vertikal devorga bosib turish uchun kamida yo’naltirilgan 500 N kuch talab qilinadi. Agar devor vataxtacha orasidagi ishqalanish koeffitsienti 0,1 ga teng bo’lsa, yukning massasi nimaga teng? g =10m/s2


  1. Balandligi 5 m, uzunligi 13 m bo’lgan qiya tekislikda massasi 26 kg bo’lgan yuk yotibdi. Ishqalanish koeffitsienti 0,5 ga teng. Yukni pastga siljitish uchun qiya tekislik bo’ylab pastga yo’nalgan qanday kuch qo’yish lozim? g =10m/s2


  1. Balandligi 0,8 m, uzunligi 1 m bo’lgan qiya tekislikda massasi 2 kg bo’lgan yuk yotibdi. Ishqalanish koeffitsienti 0,5 ga teng. Yuk pastga siljib ketmasligi uchun qiya tekislikka perpendikulyar yo’nalgan qanday kuch qo’yish lozim? g =10m/s2


  1. Massasi 6 kg bo’lgan yuk balandligi 40 sm, asos uzunligi 100 sm bo’lgan qiya tekislikda yotibdi. Agar ishqalanish koeffitsienti 0,5 ga teng bo’lsa, yukni qiya tekislikdan tortib tushirish uchun yukka kamida qanday gorizontal kuch qo’yish kerak? g =10m/s2


  1. Massasi 2,6 kg bo’lgan yuk uzunligi 50 sm, balandligi 30 sm bo’lgan qiya tekislikda yotibdi. Agar ishqalanish koeffitsienti 0,4 ga teng bo’lsa, yukni qiya tekislikda tutib tushirish uchun yukka kamida qanday gorizontal kuch qo’yish kerak? g =10m/s2


  1. Gorizontal sirtda massasi 10 kg bo’lgan yuk yotibdi. Yukga 12 N gorizontal kuch qo’yilgan. Yuk joyidan qo’zg’alishi uchun unga dastlabki kuchning yo'nalishiga tik ravishda qanday gorizontal kuch qo’yish kerak? Ishqalanish koeffitsienti 0,2 ga teng. g =10m/s2


  1. Massasi 6 kg bo’lgan yuk balandligi 3 m, uzunligi 9 m bo’lgan qiya tekislikda yotibdi. Agar ishqalanish koeffitsienti 0,5 ga teng bo’lsa, yukni qiya tekislikda joyidan qo'zg'atish uchun unga tekislik bo'ylab yo'nalgan kamida qanday gorizontal kuch qo'yish kerak? g =10m/s2




Yüklə 2,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə