Fizikadan masalalar to’plami


§31. Energiya va impulsning saqlanishi. Elastik urulish



Yüklə 2,04 Mb.
səhifə60/112
tarix20.10.2023
ölçüsü2,04 Mb.
#128706
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   112
gupkina-2

§31. Energiya va impulsning saqlanishi. Elastik urulish

  1. Massasi 2kg bo'lgan sharcha 6m/s tezlik bilan tinch turgan massasi 1kg bo’lgan shar bilan markaziy elastik to’qnashdi. To’qnashishdan keyin birinchi sharchaning tezligini toping.

  2. Absolut elastik urulayotgan ikki sharning kattasi tinch holatda turibdi. Markaziy urulishdan so’ng kichik shar o’z kinetik energiyasining ¾ qismini yo’qotgan bo’lsa sharlarning massalari nisbatini toping?

  3. Massasi kichik bo’lgan shar tinch turgan massai kattaroq bo’lgan sharga uruldi. Markaziy va elastik urulish hisobiga kichikroq sharcha katta sharchaga nisbatdan 2,5 marta katta tezlik olgan bo’lsa, sharlarning massalari nisbatini toping.

  4. Ikkita bir xil o’lchamli shar iplarga osilgan holatda bir biriga tegib turibdi. Birinchi sharchani qandaydir burchakga og’dirib qo’yib yuborildi. sharchalar to’qnashgandan so’ng bir xil balandlikga ko’tarildi. Agar ikkinchi sharchaning massasi0,6kg ga teng bo’lsa birinchi sharchaning massasini(g) hisoblang.

  5. Ikkita bir xil o’lchamli sharlarning massalar nisbati 2:3 ga teng va ular 0,5m uzunlikdagi iplarga osilgan. Yengilroq shar 900 ga og’dirib qo’yib yuborildi. Elastik urilishda so’ng ikkinchi sharcha qanday balandlikga(sm) ko’tariladi.

  6. Silliq gorizontal sirtda bir to’g’ri chiziqda radiuslari bir xil bo’lgan, massalari 2m, m va m/2 bo’lgan sharchalar turibdi. Birinchi sharga sharlar markazini tutashtiruvchi to’g’ri chiziq bo’ylab yo’nalgan 9 m/s tezlik berildi. Birinchi shar ikkinchisi bilan, ikkinchi shar uchinchisi bilan absolyut elastik uruldi. To’qnashuvlardan so’ng uchinchi sharning tezligini toping.

  7. Alfa-zarracha geliy yadrosiga urulgandan so’ng qandaydir burchakka og’di. To’qnashuvdan so’ng zarrachalar bir-biriga nisbatdan qanday burchak (gradus) ostida harakatga keladi?

  8. Alfa-zarracha geliy yadrosi bilan to’qnashgandan so’ng dastlabki yo’nalishiga nisbatdan 300 burchakka og’di. Zarrachalarning kinetik energiyalari nisbatini toping.

  9. Massasi 3kg ga teng bo’lgan shar tinch turgan sharga v tezlik bilan urulgandan so’ng uz dastlabki yo’nalishiga nisbatdan 900 burchak ostida v/2 tezlik bilan harakat qilishni boshladi. Ikkinchi sharchaning massasini aniqlang. Sharlarning sirtini silliq deb hisoblang.

  10. Massasi 100g bo’lgan shar 120sm/s tezlik bilan tinch turgan 300g massali sharga uruldi. Agar to’qnashish paytida birinchi sharchaning dastlabki tezlik yo’nalishi bilan sharlar markazlarini tutashtiruvchi to’g’ri chiziq orasidagi burchak 600 ga teng bo’lgan bo’lsa, ikkinchi sharchaning tezlik qiymatini toping(sm/s). sharlar sirti silliq.

  11. Massasi 70g bo’lgan tinch turgan sharga xuddi o’sha o’lchamdagi lekin massasi 150g bo’lgan ikkinchi sharcha shunday uruldiki bunda ikkinchi sharchaning markazining tezligi birinchi sharchaga o’tkazilgan urunma bilan mos tushdi. Urulish vaqtida ikkinchi sharchaning tezligi 44sm/s ga teng bo’lgan bo’lsa absolyut elastik urulishdan so’ng uning tezligi nimaga teng bo’ladi(sm/s). Sharlar sirti silliq deb hisoblansin.

  12. Massalari 2kg dan bo’lgan ikki sharcha bir-biriga tekgan holatda turibdi. Uchinchi sharcha urilish nuqtasiga o’tkazilgan urinma bo’ylab sharlar tomonga harakatlanib kelmoqda. Agar absolyut elstik urulishdan so’ng uchinchi shar to’xtab qolgan bo’lsa, uning massasini aniqlang. Hamma sharlar silliq va bir xil radiusga ega.

  13. Yengil sharcha erkin tushishni boshladi va 1,25m masofani bosib o’tadi va yuqoriga 2,5m/s tezlik bilan ko’tarilayotgan ogir plitaga elastik uruldi. Urulishdan so’ng sharcha qanday balandlikka ko’tarildi. g =10m/s2

  14. Stol tennisi uchun mo’ljallangan plastmassa sharikcha 80sm balandlikdan tushirib yuborildi. Sharcha trayektoriyasining oxirida u raketga yordmida urulgach sharcha tushib ketgan balandlikka nisbatda 4 marta katta balandlikga ko’tariladi. Urulishni absolyut elastik, havo qarshiliklarini hisobga olinmagan holatda raketkaning tezligini toping. raketkaning massasi shar massasidan ko’p marta katta. g =10m/s2

  15. Gorizontal uchib borayotgan sharcha qo’zg’ala oladigan qiyatekislikka urulgach vertikal yuqoriga harakat qila boshladi. Sharcha urulish nuqtasiga nisbatdan qanday balandlikka ko’tariladi, agar urulishdan so’ng qiya tekislikning tezligi 2m/s ga teng bo’lgan bo’lsa. Qiyatekislikning massasi sharcha massasidan 10 marta katta. Ishqalanishni hisobga olmang. g =10m/s2

  16. Ikki jism orasida siqilib turagan prujina 100J energiya zahirasiga ega. Birinchi jismning massasi 0,9kg ikkinchi jismning massasi 0,1kg ga teng. prujina qo’yib yuborilgandan so’ng katta massali jismning kinetik energiyasini hisoblang.

  17. Silliq pona silliq gorizontal sirt ustida yotibdi. Ponaga silliq brusok 2m/s tezlik bilan sirg’alib chiqishni boshladi. Brusok gorizontga nisbatda qanday balandlikka(sm) ko’tarila oladi? Ponaning massasi 8kg, brusokning massasi 2kg ga teng va brusok ponaga hech qanday urulishlarsiz tekis sirg’alib chiqadi deb hisoblansin. g =10m/s2

  18. Massasi 2kg bo’lgan silliq ponaga massasi 1kg bo’lgan yuk qo’yildi. Yuk pona bo’ylab harakatlana boshladi. Agar yukning boshlang’ich balandligi 120sm ga teng bo’lgan bo’lsa yuk ponadan butunlay tushganidan so’ng, ponaning tezligi nimaga teng bo’ladi? g =10m/s2

  19. Massalari 20т va 60т bo’lgan ikkita vagon bir-biriga qarama-qarshi yo’nalishda 0,3 va0,2m/s tezlik bilan harakatlanmoqda. Bunda har bir bufer prujinasining necha millimetrga siqilishini toping. urulish vaqtida har bir vagonda bikirligi 60kN/m bo’lgan ikkita prujina ishlaydi. Issiqlik yo’qotilishini hisobga olmang.

  20. Massalari 0,9kg va 1,6kg bo’lgan ikki yukning orasiga 10sm ga siqilgan prujina turibdi. Avval birinchi yuk qo’yib yuboriladi. Prujina deformatsiyasi nolga teng bo’lgan vaqtda ikkinchi yuk ham qo’yib yuboriladi. Keyingi harakat davomida prujinaning maksimal deformatsiyasini toping(sm).

  21. Silliq gorizontal sirt ustida deformatsiyalanmagan bikirligi 500N/m bo’lgan prujinaga ikkita massalari 300g va 600g bo’lgan yuklar mahkamlangan. Birinchi yukga gorizontal yo’nalishda 12m/s tezlik bilan harakatlanayotgan 100g massali sharik absolyut elastik tarzda urulgan bo’lsa, keyingi harakat davomida prujinaning maksimal deformatsiyasini toping(sm).

  22. Silliq gorizontal sirt ustida deformatsiyalanmagan prujinaga ikkita massalari 100g va 400g bo’lgan yuklar mahkamlangan. Birinchi yukga ikkinchisi tomonga yo’nalgan 10m/s tezlik berilgan bo’lsa, keyingi harakat davomida ikkinchi sharchaning maksimal tezligi toping.

  23. Silliq gorizontal sirt ustida deformatsiyalanmagan bikirligi 900N/m bo’lgan prujinaga ikkita massalari 0,5kg va 1kg bo’lgan yuklar mahkamlangan. Dastlab birinchi yuk devorga tiralgan holatda, prujina esa devorga perpendikulyar holatda turibdi. Ikkinchi shar birinchisi tomonga 10sm siqib qo’yib yuborildi. Keyingi harakat davomida birinchi sharchaning maksimal tezligini toping.

  24. Silliq gorizontal sirt ustida deformatsiyalanmagan prujinaga ikkita massalari 300g va 60g bo’lgan yuklar mahkamlangan. Birinchi sharchaga prujinao’qi bo’ylab gorizontal yo’nalishda 9m/s tezlik bilan harakatlanayotgan 100g massali sharcha absolyut elastik ravishda uruldi. Keyingi harakat davomida birinchi sharchaning minimal tezligini toping.

  25. Brusok silliq gorizontal tekislikda turibdi. Brusokga yengil shtatif qotirilgan va bushtativga yengil ip yordamida 0,1kg massali jism osib qo’yilgan. Brusokning shtatif bilan birgalikdagi massasi jism massasiga teng. dastlab jism osilgan ip gorizontal holatga olib kelindi va qo’yib yuborildi. Jism o’z trayektoriyasining eng pastgi nuqtasidan o’tayotgan vaqtda ipning tarangligini toping. g=10m/s2

  26. Ko’rgazma uchun mo’ljallangan qurulma qiya tekislikdan R radiusli “o’lik sirtmoqga” tekis o’tadigan qismlardan tashkil topgan. Qurulma gorizntal tekislikda turgan aravachaga qotirilgan. Massasi 0,2kg bo'lgan yuk “ o’lik sirtmoq''ning pastgi nuqtasidan hisoblashni boshlaydigan bo’lsak 3R balandlikdan sirpanib tushishni boshladi. Yukning “o’lik sirtmoqning” yuqori nuqtasiga beradigan bosim kuchini toping. qurulma va aravachaning birgalikdagi massasi yukning massasidan 4 marta katta. g=10m/s2


Yüklə 2,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə