Fizikadan masalalar to’plami



Yüklə 2,04 Mb.
səhifə57/112
tarix20.10.2023
ölçüsü2,04 Mb.
#128706
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   112
gupkina-2

2T massali vagon 2m/s tezlik bilan kelib vertikal devorga uriladi va bunda bikrliklari 100kN/m dan bo`lgan ikkita bufer prujinalari qanday maksimal deformasiyalanadi (sm)?

  • Rogatka tayyorlashda bikrligi 400N/m bo`lgan rezina shnurdan foydalanildi. 10g massali toshni shnurning o`rtasiga joylashtirib shurni 40N kuch bilan tortiladi va qo`yib yuboriladi. Tosh qanday tezlik bilan uchib chiqadi?

  • Bikrligi 200N/m bo`lgan deformasiyalanmagan prujinaning pastki uchiga 1kg massali yuk bog`lanib turtkisiz qo`yib yuborildi. Bunda yuk prujinani necha santimetrgacha cho`zadi? g=10m/s2.

  • Bikrligi 400N/m bo`lgan deformatsiya-lanmagan prujinaning pastki uchiga 250g massali yuk bog`lanib turtkisiz qo`yib yuborildi. Bunda yuk qanday maksimal tezlikka erishadi (sm/s)? g=10 m/s2.

  • Bikrligi 1000 N/m, uzunligi 1m bo`lgan yengil va vertikal joylashtirilgan prujina polga maksimal 400N kuch bilan ta`sir qilishi uchun 10kg massali yukni prujina ustiga polga nisbatan qanday balandlikdan erkin tashlash kerak (sm)? g=10m/s2.

  • Shiftga bog`langan bikrligi 250N/m bo`lgan prujinaga 1,6kg massali yuk ilingan va yuk muvozanatda. Yukni vertikal pastga tomon 1m/s tezlik bilan turiladi, bunda yuk qanday maksimal masofaga tushadi (sm)?

  • Shiftga bog`langan bikrligi 250N/m bo`lgan elastik rezina shnurga 1,6kg massali yuk ilingan va yuk muvozanatda. Yukni vertikal yuqoriga tomon 1m/s tezlik bilan turiladi, bunda yuk qanday maksimal balandlikka ko`tariladi(mm)? g=10m/s2.

  • Shiftga bog`langan bikrligi 500N/m bo`lgan elastik rezina shnurga 5kg massali yuk ilingan va yuk muvozanatda. Yukka vertikal yuqoriga birinchi marta 0,5m/s, ikkinchi marta esa 2m/s boshlang`ich tezlik beriladi. Ikkinchi martasida yuk birinchi martadagidan necha marta yuqori balandlikka ko`tariladi? g=10m/s2.

  • Shiftga bog`langan bikrligi 500N/m bo`lgan elastik rezina shnurga 5kg massali yuk ilingan va yuk muvozanatda. Yukka birinchi marta vertikal yuqoriga 2m/s boshlang`ich tezlik beriladi, ikkinchi marta vertikal pastga shu tezlik beriladi. Birinchi holda yuk to`xtaguncha o`tgan masofasi ikkinchi holdagidan necha foiz katta? g=10m/s2.


    Yüklə 2,04 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   112




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

        Ana səhifə