Fizikadan masalalar to’plami


§28. Potensial energiya. Ish va potensial energiyaning o’zgarishi



Yüklə 2,04 Mb.
səhifə54/112
tarix20.10.2023
ölçüsü2,04 Mb.
#128706
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   112
gupkina-2

§28. Potensial energiya. Ish va potensial energiyaning o’zgarishi.

  1. Jism 30m balandlikdagi minoradan gorizontal tezlik bilan uloqtirildi. Jismning yer sirtidagi potensial energiyasi nolga teng deb uning 2s dan keying potensial energiyasini toping. Toshning massasi 0,2kg ga teng. g=10m/s2

  2. Massasi 2kg ga teng bo’lgan tosh gorizontga nisbatdan 300 burchak ostida 6m/s tezlik bilan otildi. Jism eng yuqori nuqtaga chiqqan vaqtda uning potensial energiyasi qanchaga o’zgaradi?

  3. Uchta bir xil bir jinsli beton plitalar bir-birining yonida yotibdi. Ularni bir-birini ustiga qo’yib taxlab chiqish uchun kamida qancha ish bajarilishi kerak? Har bir plitaning massasi 80kg ga qalinligi 0,2m ga teng. g=10m/s2

  4. Massasi 10kg uzunligi 1,5m bo’lgan ingichka lom yerda yotibdi. Bu lomni yerga nisbatdan vertikal holatga qo’yish uchun kamida qancha ish bajarilishi kerak. g=10m/s2

  5. Brusokni gorizontal vaziyatdan vertikal vaziyatga o’tkazilsa uning potensial energiyasi qanchaga o’zgaradi? Brusokning massasi 200kg. Brusokning ko’ndalang kesim yuzasi 20sm bo'lgan kvadrat shaklida, uzunligi 1m ga teng. g=10m/s2

  6. Gorizontal sirtda joylashgan uzunligi 2m , massasi 5kg bo'lgan zanjirni bir uchidan ushlab ko’tarila boshlandi. Zanjirning pastgi uchini stol sirtidan zanjir uzunligiga teng balandlikga ko’tarish uchun kamida qanday ish bajarish kerak. g=10m/s2

  7. Chuqurilgi 2m, asosining yuzasi 10m2 bo’lgan basseyn yarimigacha suv bilan to’lgan. Basseyndagi suvni to’liq chiqarib yuborish uchun kamida qanday ish bajarilish kerak(kJ)? g=10m/s2

  8. Yuzasi 15m2 bo’lgan chuqur basseyn suv qatlamining qalinligi 1m bo'lguncha to'ldirilgan va o’rtasidan teng ikkiga bo’ladigan to’siq qo’yilgan. To’siqni asta sekin surib basseynni 1:3 nisbatda bo’ladigan qilib qo’yish uchun qanday ish bajarilishi kerak(kJ)? g=10m/s2

  9. Bikirligi 10kN/m bo’lgan siqilgan prujina 50J potensial energiya zahirasiga ega. Prujina necha santimetrga siqilgan?

  10. Agar prujina 30N kuch tasirida 1sm ga siqilgan bo’lsa, bu prujinani 20sm ga siqish uchun qanday ish bajarilishi kerak?

  11. Prujinaga 100g massali yuk ilingan. Bu yukga yana qanday massali (g) yuk ilinsa prujinaning potensial energiyasi 9 marta oshadi?

  12. Prujinaga 200N kuch qo’yilib uni 1sm ga cho’zildi. Bu prujinani yana 2sm ga cho’zish uchun qanday ish bajarilishi kerak?

  13. Prujinani 2sm ga siqish uchun 12J ish bajirildi. Bu prujinani yana 3sm a siqish uchun qancha ish bajarilishi kerak?

  14. Bikirliklari 2kN/m va 3kN/m bo’lgan ikkita prujina ketma-ket ulandi va 10sm ga cho’zildi. Bunda qancha ish bajarildi?

  15. Bikirliklari 1kN/m va 2kN/m bo’lgan ikkita prujina parallel ulandi va 300N kuch tasirida cho’zildi. Bunda qancha ish bajirilgan?

  16. Massasi 10kg ga teng bo’lgan ingichka plastina markaziga ornatilgan bikirligi 500N/m bo’lgan vazinsiz prujina yordamida plastinani 1,4m balandlikga ko’tarish uchun qancha ish bajarilishi kerak? g=10m/s2

  17. Yuk bikirligi 60N/m ga teng bo’lgan prujinaga osilgan holatda turibdi. Prujinani yana 2sm ga cho’zish uchun qanday ish bajarilishi kerak(mJ)?


  18. Yüklə 2,04 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə