Fizikadan masalalar to’plami



Yüklə 2,04 Mb.
səhifə52/112
tarix20.10.2023
ölçüsü2,04 Mb.
#128706
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   112
gupkina-2

0,8kg massali basketbol to`pi 10m/s tezlik bilan uchib bormoqda. O`yinchi to`pni ushlab olib uni 0,1s da to`xtatdi. Bunda o`yinchining o`rtacha quvvati qancha bo`lgan?

  • Erkin tushayotgan 4kg massali jismning tezligi qandaydir masofada 2m/s dan 8m/s gacha ortdi. Bu masofada og`irlik kuchi qanday ish bajardi?

  • 200g massali tosh gorizontal sirtga nisbatdan qandaydir burchak ostida otildi va u 4s dan so`ng otilish nuqtasidan 40m uzoqlikka borib tushdi. Bu toshni uloqtirishda qancha ish bajarilgan? g=10m/s2.

  • Gorizontal yo`nalishda 800m/s tezlik bilan uchayotgan 5g massali o`q taxtani teshib o`tadi va undan 400m/s tezlik bilan uchib chiqadi. Taxta qarshilik kuchining bajargan ishini toping?

  • Qum to`ldirilgan xaltaga qandaydir tezlik bilan o`q urulib unga 15sm kirib to`xtadi. Agar shu o`q ikki marta katta tezlik bilan kelganda qancha masofada (sm) to`xtar edi? Qumning qarshilik kuchini o`qning tezligiga bog`liq emas deb hisoblang.

  • Bir biriga yaqin holda parallel joylashtirilgan bir xil qalinlikdagi taxtalarning birinchisiga o`q v0 tezlik bilan tegadi va undan v1=0,9v0 tezlik bilan uchib chiqadi. Nechanchi taxtada o`q tiqilib qoladi? Taxtaningning qarshilik kuchini o`qning tezligiga bog`liq emas deb hisoblang. Og`irlik kuchini hisobga olmang.

  • Oy sirtiga yaqin bo`lgan doiraviy orbiaga kosmik kemani chiqarishda sarflangan ish, xuddi shu kosmik kemani Yer sirtiga yaqin bo`lgan doiraviy orbitaga chiqarishda sarflangan ishdan necha marta kichik. Oyning massasi Yerning massasidan 80 marta kichik, radiusi esa 4 marta kichik.

  • Yer sirtida 1Т massali raketa havoda ''osilib'' turibdi. Agar yoqilg`i sarfi 20kg/s bo`lsa, raketa dvigatellari qanday quvvatga erishgan? (kW)? g=10m/s2.


  • Yüklə 2,04 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   112




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

        Ana səhifə