Fizikadan masalalar to’plami


kg massali jism balandligi 6



Yüklə 2,04 Mb.
səhifə48/112
tarix20.10.2023
ölçüsü2,04 Mb.
#128706
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   112
gupkina-2

10kg massali jism balandligi 6m bo`lgan tepalikdan sirpanib tushmoqda. Bunda og`irlik kuchi qancha ish bajaradi? g=9,8 m/s2

  • Massaasi 2kg bo`lgan jism gorizontal tekislikda, tekislik bilan 450 burchak hosil qilgan ip yordamida tekis harakatlantirilmoqda. Jism bilan tekislik orasidagi ishqalanish koeffitsiyenti 0,2 ga teng. 2,4m masofada ipning taranglik kuchi qancha ish bajaradi? g=10m/s2.

  • 10kg massali jism bikrligi 200N/m bo`lgan prujina bilan vertikal devorga ulangan. Ishqalanish koeffitsiyenti 0,2. Jismni devordan 20sm uzoqlashtirishda unga gorizontal yo`nalishda ta`sir etuvchi kuch qancha ish bajaradi? Boshlang`ich holatda prujina deformasiyalanmagan deb hisoblang. g=10m/s2.

  • Kvadrat shaklidagi tomoni 1m, massasi 10kg bo`lgan plastinka silliq tekislikdan unga ulanib ketgan g`adir budir tekislikka o`tmoqda, plastinka bilan bu tekislik orasidagi ishqalanish koeffisiyenti 0,2 ga teng. Plastinka ikkinchi tekislikka to`liq o`tib bo'lganda u ishqalanish kuchiga qarshi qancha ish bajaradi? g=10m/s2.

    §25. O`zgarmas quvvat. F.I.K.

    1. Samolyot har birining tortish kuchi 100kN dan bo`lgan 4 ta dvigatelga ega. Samolyot 240m/s tezlik bilan harakatlanayotganda dvigatellarning umumiy foydali quvvati (kW) qanchaga teng bo`ladi?

    2. Massasi 2000kg bo`lgan avtomobil gorizontal yo`lda 72km/soat tezlik bilan harakatlanmoqda. Harakatga qarshilik kuchi avtomobil og`irligining 1/20 qismini tashkil etadi. Avtomobilning foydali quvvatini aniqlang (kW)? g=10m/s2.

    3. Motorli qayiqcha 0,6m/s tezlik bilan harakatlanmoqda. Agar motorning foydali quvvati 18W bo`lsa suvning qarshilik kuchini aniqlang?

    4. Massasi 6Т bo`lgan gusenitsali traktor 9km/soat tezlik bilan har 10m yo`lda 1m ko`tariladigan qiya tepalikka o`zgarmas tezlik bilan ko`tarilmomqda. Traktor dvigateli bunda qanday foydali quvvat hosil qiladi(kW)? g=10m/s2. µ=0.

    5. Elektrovoz 36km/soat tezlik bilan harakatlanganda 60kW quvvat iste`mol qiladi. Foydali ish koeffisiyenti 80% bo`lsa, uning tortish kuchini aniqlang?

    6. Quvvati 10kW bo`lgan nasos 500m chuqurlikdan neft so`rib olmoqda. Nasos har minutda 96 kg neft chiqargan bo'lsa, nasosning F.I.K nimaga teng(%)? g=10m/s2.


    7. Yüklə 2,04 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   112




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

        Ana səhifə