Fizikadan masalalar to’plami


§23. Kompleks massalalar. Massa markazi



Yüklə 2,04 Mb.
səhifə46/112
tarix20.10.2023
ölçüsü2,04 Mb.
#128706
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   112
gupkina-2

§23. Kompleks massalalar. Massa markazi.

  1. Muz ustida turgan massasi 60kg bo’lgan konkichi gorizontal yo’nalishda massasi 2kg balgan toshni 3m/s tezlik bilan otib yubordi. Agar ishqalanish koeffitsienti 0,01 ga teng bo’lsa konkichi toshni uloqtirgandan so’ng necha sekundan so’ng to’xtaydi? g=10m/s2


  1. Ingichka plastinka ustida massasi 200g bo’lgan shar turibdi. Pastdan sharga qaratib o’q uzildi. O’qning massasi 10g , tezligi 450m/s . O’q shar teshib o’tdi, buning natijasida shar 20m balandlikga ko’tarilgan bo’lsa, o’qning ko’tarilish balandligini toping.



  1. Quroldan vertikal yuqoriga qaratila o’q uzildi. Snaryad qurol stvolidan 40m/s tezlik bilan uchib chiqdi va eng yuqori nuqtada ikkita teng qisimga bo’linib ketdi. Agar bo’laklardan biri otilish nuqtasiga yaqin joyaga 50m/s tezlik bilan tushgan bo’lsa, snaryad bo’lingan vaqtdan boshlab ikkinchi bo’lak havoda qancha vaqt uchgan. g=10m/s2



  1. Aravacha silliq gorizontal relslar ustida turibdi. Agar massasi 60kg bo’lgan odam aravaning bir uchidan ikkinchi uchiga o’tsa, arava qanday massofaga siljiydi? Aravaning massasi 120kg, uzunligi 6m ga teng.



  1. Silliq gorizontal relslar ustida 5m uzunlikdagi aravacha turibdi. Aravaning qarama-qarshi tomonlarida ikkita bola turibdi. Aravaning massasi 75kg ,bolalarning massasi 45kg va 30kg ga teng. Bolalar joylarini almashtirgandan so’ng arava necha santimetrga siljiydi?



  1. Odam arqonli norvon yordamida aerostatdan tushmoqchi bo’lsa u kamida qanday uzunlikdagi norvondan foydalanishi kerak? Odam norvonning oxirgi oyoq qo’ygichiga oyoq qo’yganda uning keyingi oyog’i yerga tekan deb hisoblansin. Aerostatning dastlab yer sathidan balandligi 10m ga teng. Aerostatning massasi 400kg ga odamning massasi 80kg ga teng.



  1. Stolga uzunligi 80sm ga teng bo’lgan taxtacha vertikal ravishda ushlab turilibdi. Taxtacha qo’yib yuborildi. Taxtacha stol tekisligi bilan 600 hosil qilgan vaqtda uning pastgi asosi necha santimetrga siljiydi? Ishqalanish kuchlarini hisobga olinmasin.



  1. Silliq gorizontal sirtda kub bir qirrasida noturg’un muvozanat holatida ushlab turilibdi. Agar kub qo’yib yuborilsa u yoqlaridan biriga tushadi. Bunda kub muvozanatda turgan qirra qanchaga siljiydi(sm)? Kubning qirrasi uzunligi 32sm ga teng.



  1. Uzunligi 80sm, massasi 200g bo’lgan bo’lgan arqon silliq gorizontal tekislikga qo’yildi va bir uchi atrofida 10rad/s burchak tezlik bilan aylantirildi. Arqon uzunligining o’rtasidagi taranglik kuchini hisoblang.



  1. Ingichka zanjir silliq gorizontal sirtda vertikal o’q atrofida aylantirilmoqda. Agar zanjir o’rtasidagi taranglik kuchi 12 N ga teng bo’lsa, zanjir aylanish o’qiga qanday kuch bilan tasir ko’rsatadi?



  1. Tomonining uzunligi 75sm ga , massasi 500g ga teng bo’lgan kvadrat shaklidagi plastina bir tomonidan o’tadigan vertikal o’q atrofida 8rad/s burchak tezlik bilan aylantirilmoqda. Pastina aylanish o’qiga qanday kuch bilan tasir ko’rsatadi? g=10m/s2



  1. Massasi 0,5kg , uzunligi 1m bo’lgan sterjin bir uchidan otuvchi gorizontal o’q atrofida aylantirilmqda. Sterjin pastgi nuqtadan o’tayotgan paytda uning keyingi uchining harakat tezligi 4m/s ga teng bo’lsa, shu vaqtda sterjin aylanish o’qiga qanday kuch bilan tasir qiladi? g=10m/s2



  1. Har birining massasi 250g ga teng bo’lgan ikkita sharikcha uzunligi 1m ga teng bo’lgan ip yordamida bog’langan holatda silliq gorizontal tekislikda aylanmoqda. Qandaydir vaqt momentida shariklardan biri tinch holatda qolib ikkinchisi ipga perpendikulyar ravishda 4m/s tezlik bilan harakatlanmoqda. Ipning tarangligini toping.



  1. Massalari 1kg va 4kg bo’lgan yuklar uzunligi 1m ga teng bo’lgan ip yordamida bog’langan ravish silliq gorizontal tekislikda 5 rad/s burchak tezlik bilan harakatlanmoqda. Ipdagi taranglik kuchini toping.

. Ish va energiya. §24. Ish.



  1. Uzunligi 5m va ko'ndalang kesimi 0,01m2 bo`lgan po`lat balkani gorizontal holatda 15m balandlikka tekis ko`tarishda bajarilgan ishni hisoblang? Po`latning zichligi 7800 kg/m3, g=10m/s2.

  2. Massasi 2kg bo`lgan jismni 3m/s2 tezlanish bilan 1m balandlikka ko`tarish uchun odam qancha ish bajarish kerak? g=10m/s2.

  3. Jismni o`zgarmas tezlanish bilan vertikal yuqoriga ko`tarishda jism harakatining 1-sekundida bajarilgan ish, 2-sekundidagidan necha marta kichik? V0=0


  4. Yüklə 2,04 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə