Ish haqini aniqlash



Yüklə 245,12 Kb.
səhifə1/9
tarix28.11.2023
ölçüsü245,12 Kb.
#137958
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
referat


Ish haqini aniqlash.

Korxonaning ishlab chiqarish-xo‘jalik faoliyati jonli mehnatni iste’mol qilish bilan birga yuz beradi. Uning miqdori ishlagan kishi-soatlar bilan o‘lchanadi. Mehnat jarayonida har bir xodimning bajargan ishi, tayyorlagan mahsuloti, iste’molchilarga ko‘rsatgan xizmatlar uchun sarflangan mehnatiga haq to‘lash miqdorini asoslash hamda aniqlashni tat qiladigan o‘zaro munosabatlar vujudga keladi.


Ishlab chiqarish faoliyatida markaziy o‘rinni mehnat va uning natijalari egallaydi, chunki uning yordami bilan mahsulot yaratiladi. Bu holat mehnat munosabatlarini belgilaydiki, hech bir korxona kerakli miqdordagi va tasnifdagi mehnat resurslarisiz o‘z maqsadiga erisha olmaydi. Mehnat resurslari esa ishlaganliklari uchun mehnat haqi bilan ta’minlanadilar.
Mehnat haqi - bu mehnatning bahosi yoki narxidir. Uning miqdori va dinamikasi bozor omillariga, birinchi navbatda esa unga bo‘lgan talab va taklifga bog‘liq.
Mehnat haqi - bu tovarning puldagi ifodasi “ishchi kuchi” yoki “ishchi kuchining narxi”. Uning miqdori ishlab chiqarish sharoiti hamda bozor omillari - talab va taklif, ya’ni bu omillar ta’sirida bozorda ishchi kuchi narxi va ish haqi o‘rtasida tafovut yuzaga keladi (ish haqi haqiqiy narxidan oshishi yoki kamayishi mumkin).
Mehnat haqi - bu jamiyat ko‘lamida milliy daromadning ishchilar va xizmatchilar o‘rtasida ular mehnatining miqdori va sifatiga muvofiq taqsimlanadigan hamda shaxsiy iste’moli maqsadlari uchun foydalaniladigan qismidir.
O‘zbekiston Respublikasida fuqarolarning mehnat qilish huquqi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi bilan mustahkamlangan. Unga ko‘ra, har bir shaxs mehnat qilish, erkin kasb tanlash, adolatli mehnat sharoitlarida ishlab va qonunda ko‘rsatilgan tartibda ishsizlikdan himoyalanish huquqiga egadir.
Mehnat haqining miqdorini belgilash ish beruvchi bilan xodim o‘rtasidagi kelishuvga binoan belgilanadi. Mehnat haqi qonun hujjatlari bilan belgilangan eng kam miqdordan oz bo‘lishi mumkin emas va uning eng ko‘p miqdori biron-bir tarzda cheklanmaydi .

Yüklə 245,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə