Фукаролик жвмияти ваунинг конистуциявий тузилиши


-Bob. Fuqarolik jamiyati va shaxsning siyosiy madaniyati



Yüklə 265,84 Kb.
səhifə3/4
tarix04.12.2017
ölçüsü265,84 Kb.
#13773
1   2   3   4

2-Bob. Fuqarolik jamiyati va shaxsning siyosiy madaniyati.

2.1. Fuqarolik jamiyatining rivojlanishida shaxsning siyosiy madaniyati o’rni.

Madaniyat hodisasi keng ma’noda ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy o’zgarishlar ta’sirlar ostida o’zgaradi va jamiyatga ham shunday ta’sir ko’rsatadi. Natijada madaniyatning turli funksiyalari vujudga keladi:

1. Tarbiyaviy vazifalari: Bo’lar ma’lum, konkret (jamiyat, o’zi uchun kerakli bo’lgan, o’zi istagandaka) shaxsni shakllantirishga mґljallangan. Boshqacha aytganda, jamiyat qo’ygan konkret vazifalarni singdirish yo’li bilan jamiyat talabidagi shaxsni tarbiyalash. Madaniyat jamiyat rivojlanishi yo’lidagi talablarni qondiradi.

2. Gnoseologik (olamni o’zlashtirish) funksiyasi: Bu funksiya yordamida madaniyat kishini biron-bir faoliyat olib bora olishi uchun, tabiatni, olamni ґzlashtira olishi uchun ma’lum bir bilimlar bilan qurollantiradi.

3. Normativ funksiya. Uning mazmuniga jamiyat a’zolari xulqini nazorat ³ilish kiradi. Ma’lumki, kishidan ma’lum bir xulq, odob-ahloq normalariga rioya qilish talab qilinadi, tabiiyki bu xulq normalari vaqt o’tishi bilan kishining hayot tarziga aylanadi. Bu ijtimoiy normalarni shakllantirish madaniyatning normativ funksiyasiga kiradi ya’ni, ularni shakllantirishni madaniyatning normativ funksiyasi o’z zimmasiga oladi. Bu funksiya shuningdek, an’ana, millat ruhiyati, jamiyat etikasi kabi shakllarni o’z ichiga oladi.

4. Axborotlarni o’zlashtirish va yig’ish funksiyasi xabarlarni yi²ish va saqlash vositasi tabiiy xotira yoki xabarlarni narsalarga yozish (qo’lyozmalar, kartinalar, plastinkalar, kitoblar, kinotasmalar, ohanrabo yoki raqamli yozuvlar) bo’lishi mumkin. Ґar qanday holatda axborotlarni tashkil qilish, uning qadri va mazmuni bo’yicha tartibga solishning ma’lum usuli va belgilar tizimi zarur. Hozirgi davrda til belgilar tizimining keng qo’llaniladigan va o’ta axamiyatlisi bo’lib qolmoqda.

5. Kommunikativ funksiya (aloqa almashuv) – moxiyatni aniklashda bilimlar, fikrlar, ma’naviy kuchlarni almashlash. Ijtimoiy hayot doimiy ravishda energiya, axborot, o’zaro amaliy hamkorlikni taqozo qiladi, negaki, faqat turli tiplarning munosabati (an’anaviy, funksional-axamiyatli, shaxslararo, ishlab chiqaruvchi, ma’rifiy-madaniy) jamiyatning tuzum sifatida mavjudligini va uning keyingi taraqqqiyotini ta’minlashga qodir. Bu funksiyalar majmuasi jamiyatda madaniyatning yashashi va rivojlanishi uchun asos bo’lib xizmat qiladi.

Siyosiy madaniyat- milliy huquqiy tizimning elementi sifatida jamiyat va shaxsning huquqiy xolati sifatida baxolanishi mumkin bo’lgan aloxida ijtimoiy xodisa xisoblanadi.

Siyosiy madaniyatning moxiyatiga oid barcha muammolar atroflicha o’rganilishi zarur. Chunki, “Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish milliy dasturi”da belgilangandek, “jamiyat va davlat taraqqiyotining hozirgi holati huquqiy munosabatlar barcha ishtirokchilarining siyosiy madaniyatini, huquqiy savodxonligini oshirishni talab qilmokda. siyosiy madaniyat huquqiy bilim, huquqiy etikod va izchil amaliy faoliyat mamui sifatida jamiyat va davlat oldida turgan vazifalarning muvaffakiyatli xal etilishini taminlaydi”1. Shu bilan birga , har bir muayyan xolatda madaniyatning turli kurinishlarini tushunishda katiy belgilanadigan u yoki bu jixati ustun bo’ladi. Chunonchi siyosiy hayotda marifatparvarlikning shakllanishini taminlashda inson omilining axamiyatini oshirish nuktai nazaridan yondashilganda, etiborni avvalo siyosiy madaniyatning mazmuniga karatish zarurligi matlum bo’ladi.

Siyosiy madaniyat tushunchasi, uning mazmuni va tarkibiy tuzilishi haqida turli qarashlar mavjud. Bizningcha, siyosiy madaniyatga berilgan quyidagi tarif katta ilmiy axamiyatga ega: “siyosiy madaniyat deganda, jamiyatda qaror topgan huquqiy tizimning darajasini, davlat va hokimiyat munosabatlari, fuqarolarningg qonunga bo’lgan xurmati, davlat boshqaruvi va siyosiy tizim, siyosiy huquq va erkinliklar doirasi, huquq normalarining ijro etilish darajasi, huquqqa rioya kilmaganlarga murosasiz bo’lish, konunga itoatkorlik darajasini tushinamiz”2.

Jamiyatning siyosiy madaniyati huquqiy ong, konuniylik, konunlarni takomillashtirish va huquqiy tajribaning muayyan darajasini aks ettiradigan xamda insoniyat siyosat soxasida yaratgan butun boyliklarini kamrab oladigan ijtimoiy madaniyatning bir turi sifatida qaraladi. Aslida, bu uning huquqiy tafakkur, yuridik texnika va huquqiy tajribaning mujassamlantirilishidir. U amal kilayotganda va uning tarkibiy kismlari rivojlantirilayotganida huquqning o’ziga, huquqiy amaliyot, huquqiy munosabatlarga, konuniylik va huquqiy tartibotga, huquqiy ijodkorlik va huquqni qo’llash, shuningdek, boshqa huquqiy faoliyatlarga, davlat hokimiyati munosabatlariga va butun ijobiy huquqiy borlikka singib ketadi.

Siyosiy madaniyat insonsiz, uning dunyoqarashini belgilovchi faoliyatsiz, bunday faoliyat va tafakkurning progressiv yunalishisiz mavjud bo’la olmaydi. U jamiyatda huquqiy reallikning huquqiy amal qilinishi va rivojlanishidagi muxim jihatlarini qamrab oluvchi, anik belgilangan maksadlarga qaratilgan ijtimoiy xodisa sifatida namoyon bo’ladi. Shuningdek , huquqiy vositani qo’llashda shaxs va jamiyatni progressiv rivojlantirishga alohida etibor berish lozim. Siyosiy madaniyat fakat ijtimoiy taraqqiyot doirasidagina to’lik holda tushunilishi mumkin. Asl siyosiy madaniyat tarixiy ijobiy huquqiy tajribani etiborga olmasdan mavjud bo’la olmaydi.

Jamiyatning siyosiy madaniyati ko’pincha siyosiy voqyelikning qimmatli bo’lagi, uning rivojlanishi darajasi sifatida namoyon bo’ladi. U ilg’or va ijobiy marifatparvarlikning siyosiy kadriyatlarini kamrab oladi



Jamiyatning siyosiy madaniyati va huquqiy madaniyati shaxs erkinligi va xavfsizligi, inson huquqlarini taminlash, uning huquqiy himoya etilishini va ijtimoiy faolligini kafolatlash uchun zamin bo’lib xisoblanadi.

Shaxsning siyosiy madaniyati jamiyat siyosiy madaniyatining uzviy tarkibiy qismidir. Bu faoliyat siyosat soxasida jamiyat tarakkiyotiga va uning madaniyatiga mos keladi, natijada shaxs va jamiyat doimiy ravishda siyosiy jixatdan boyib boradi. Shubxasiz, shaxsning yuksak siyosiy madaniyati jamiyat tarakkiyotini taminlaydi. U insonning bilimdonligi bilan uygunlashib ketadi. Shaxsning siyosiy ongiga nisbatan o’ziga xos jixatlar ham mavjud.

Shaxsning siyosiy madaniyati - jamiyat siyosiy madaniyatining zaruriy shart- sharoit va ilk bunyodkori, uning maqsadi va tarkibiy qismidir. Shu bilan, u qonuniy faoliyat darajasida aks etuvchi shaxs siyosiy rivojlanishining jihati xamdir. U jamiyat siyosiy holatining muayyan darajasiga bog’lik xolda uning muxim negizini tashkil etadi va uning asosida yotadi. Shaxsning siyosiy madaniyati amaliyotda uning ijobiy siyosiy ongini takozo etadi. Bu madaniyat siyosat soxasida jamiyatning progressiv yutuklariga mos keluvchi ijodiy faoliyatni tashkil etib, shaxsning siyosiy jihatdan doimo boyishiga imkon beradi.

Shunday kilib, shaxs va jamiyatning siyosiy madaniyati umuminsoniy qadriyatlar va insoniyat umumdemokratik yutuqlarining muhim natijasidir. Siyosiy madaniyat -huquqiy davlatning ajralmas qismi hisoblanadi. Istiqlolga erishgan O’zbekiston o’zining milliy huquqiy tizimini shakllantirilmokda. Bundan maksad yosh mustaqil davlat rivojlanishini huquqiy jixatdan har tomonlama tamirlashdir. Bu maksadga erishish yo’lida jamiyat va davlat taraqqiyotining hozirgi holati huquqiy munosabatlar barcha ishtirokchilarining huquqiy, madaniy va siyosiy savodxonligini har tomonlama oshirishni talab kilmokda. Zero, siyosiy madaniyat milliy huquqiy tizimning tarkibiy kismi xamda siyosiy bilim , huquqiy etikod va izchil amaliy faoliyatning majmui sifatida jamiyat va davlat oldida turgan vazifalarning muvaffaqiyatli hal etilishini taminlaydi. Demak, Demokratik jamiyatga- yuksak siyosiy madaniyat” shiori jamiyatimizning asosiy g’oyalaridan biriga aylanmogi lozim1.

Prezidentimiz fuqarolik jamiyatining davlat organlari, fuqarolarning mansabdor shaxslar ustidan nazorat o’rnatishlari, ularning fuqarolar oldidagi mas’uliyatini oshirish masalalariga muhum e’tibor qaratdi. Ayniqsa, fuqarolarning ijtimoiy-siyosiy faolligi, ularning davlat organlari faoliyatidan xabardorligi, shuningdek, fuqarolarning siyosiy jarayonlardagi keng ishtiroki fuqarolik jamiyatining eng muhum belgilaridan biri ekanligi kabi qoidalar ilgari surildi. Albatta, bu nazariy qarashlardagi ilmiy talqinlar nafaqat jamiyatning, balki davlatning kuchli va samarali faoliyat ko’rsata olish qobilyatini oshirish bilan uyg’unlikda amalga oshiriladiki, undagi asosiy g’oyalar inson erkinligini ta’minlash maqsadlarida uning o’zini faol va omilkor bo’lishga undaydi: “Hokimiyat tuzilmalarining demokratik mazmuni ko’p jihatdan davlatni boshqarishda fuqarolarning ishtirok etishi masalasi qanchalik hal qilinganligi bilan belgilanishi ma’lum. O’zbekistonda ushbu huquqning amal qilishi uchun qonun asoslari yaratilgan. Biroq hali jamiyat va fuqarolar davlatni boshqarishda ishtirok etishi, o’zlari qanday boshqarilayotganligi haqida ma’lumot olish huquqini anglay boshlashiga va bu huquqdan foydalana oladigan bo’lishlariga erishish kerak. Shunday sharoitdagina davlat va uning institutlari, mansabdor shaxslar jamiyat va fuqaro oldidagi o’z ma’sulyatlarini his qiladilar. Buning uchun fuqarolarning siyosiy faolligini oshirish zarur”.1

O’zbekistonda fuqarolik jamiyatinig shakllanishi fuqarolarning davlat va jamiyat boshqaruvida faol ishtirokini amalga oshirish bilan uzviy ravishda bog’liq holda kecha boshladi. Ayniqsa, yangi jamiyat xalq tomonidan demokratik qadriyatlarni o’z siyosiy madaniyatiga singdirib borishiga hamohang tarzda rivojlanib borishini e’tirof etgani holda quyidagi fikrlarni bildiradi: “Jamiyatda demokratiya qay darajada ekanligini belgilovchi kamida uchta mezon bor. Bular – xalq qarorlar qabul qilish jarayonlaridan qanchalik xabardorligidir. Hukumat qarorlari halq tomonidan qanchalik nazorat qilinishi, oddiy fuqarolar davlatni boshqarishda qanchalik ishtirok etishidir”.2

Shuningdek, Prezidentimiz fuqarolik jamiyatining rivojlanishida va uning barqarorligini ta’minlashda muholifatning o’rni masalasiga ham katta e’tibor beradi. Ma’lumki, de’mokratik mamlakatlarda muholifat o’z jamiyatlari va davlatlarining boshqaruv usullarini demokratlashtirishda, shuningdek, inson huquqlari va erkinliklarini kafolatlashda muhum ahamiyat kasb etadi.

Siyosiy muholifat jamiyatda plyuralistik fikrlash va dunyoqaroshni shakllantiradi. Turli xil siyosiy usullar, yondashuvlar va qarashlar asosida kelajakni yaratish uchun intilish jamiyat a’zolarining tobora ko’proq manfaatlari va siyosiy irodalarini qamrab boradi. Natijada, jamiyatning ijtimoiy va siyosiy barqarorligini ta’minlash ongli ravishda izga tushadi. Shuningdek, muxolifatning bo’lishi davlat va hukumatni shakllantirish jarayonlarida fuqarolarning ustidan kimlar boshqarishini tanlash huquqiga ega bo’lishini ta’minlaydi, ularning siyosiy irodasi va istak-xohishi tobora kengroq oshkora namoyon bo’lib boradi. G’arb mamlakatlaridagi muxolifatning yaratuvchilik o’rnidan kelib chiqib, Prezident I.A.Karimov quyidagi fikrlarni bildiradi: “Jamiyatda barqarorlikni saqlash zarurligi haqida gapirar ekanmiz, siyosiy institut sifatida muxolifat masalasini tilga olmaslik mumkin emas. Bunday institutning mavjud bo’lishi demokratik jamiyat uchun shart bo’lgan va normal holdir. Ayni mahalda shunisi ham muhimki, u tashkiliy jihatdan rasmiylashgan, tegishli yuridik maqomga ega bo’lishi, konstitusiya va qonun normalarini hurmat qilishi, o’z harakatlari bilan mamlakatdagi davlat va ijtimoiy tuzumning qat’iy, barqaror holatiuchun mas’ul bo’lishi, davlat qurilishining muqobil loyihalariga ega bo’lishi lozim”.1

Umuman olganda, Prezident I.A.Karimov tomonidan ilgari surilgan “Kuchli davlatdan –kuchli fuqarolik jamiyati sari” tamoyili ilg’or demokratik qadriyatlar bilan adolatli jamiyat qurishga doir milliy qadriyatlar va an’analarni uyg’unlashtirish asosida rivojlanib bordi.

Prezidentimiz O’zbekistonda fuqarolik jamiyati qurish isloxotlarini yanada chuqurlashtirish, unga mutanosib ravishda huquqiy davlat qurish maqsadlaridan kelib chiqib jamiyatning siyosiy sohasini erkinlashtirish (liberallashtirish) konsepsiyasini ishlab chiqdi va uning quyidagi yo’nalishlarini belgilab berdi:

- mamlakat siyosiy hayotining barcha sohalarini, davlat va jamiyat qurilishini erkinlashtirish;

- mamlakat siyosiy hayotida haqiqiy ma’nodagi ko’ppartiyaviylik muhitini qaror toptirish;

- nodavlat notijorat tuzilmalar, fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlarining faoliyatini yanada mustahkamlash va rivojlantirish;

- jamiyatda fikrlar xilma-xilligi va qarashlar rang-barangligi, ularni erkin ifoda etish sharoitini ta’minlash;

- inson huquqlari va erkinliklarini, odamlar ongida demokratik qadriyatlarni yanada mustahkamlash va rivoshlantirish.

Prezidentimiz ikkinchi chaqiriq Oliy Majlisning 7 sessiyasida o’z ma’ruzasida fuqarolik jamiyati qurishning yangi bosqichi va tamoyillarini ilgari surdi: “Bizning oldimizda turgan yana bir muhim va dolzarb vazifa u ham bo’lsa, “Kuchli davlatdan – kuchli jamiyatga o’tish” degan shiorni amalda ro’yobga chiqarishdir. Bu maqsadga erishish uchun, birinchidan, davlatimizning markaziy va yuqori boshqaruv organlari vakolatlarini bosqichma-bosqich quyi tizimga, shu jumladan, o’zini o’zi boshqarish tuzilmalariga o’tkazish talab qilinadi. Bo’lar qatorida biz, birinchi navbatda, o’zini har tomonlama oqlagan mahalla tuzilmasini ko’zda tutamiz. Ikkinchidan - jamiyatimizda nodavlat, jamoat tashkilotlarining, avvalo fuqarolik institutlarining rivojlanishiga keng imkoniyatlar ochib berish va ularning faolligini oshirishga ko’mak va yordam ko’rsatish darkor”.1

Mamlakatda “Kuchli davlatdan –kuchli fuqarolik jamiyati sari” tamoyilidan kelib chiqib, fuqarolik jamiyati qurish maqsadlarida davlat hokimyatining aksariyat vakolatlarini mahalliy hokimiyat organlari va o’zini o’zi boshqarish organlariga berish jarayonlari boshlandi. Markaziy davlat hokimyati tasarrufida esa, asosan, faqat konstitusion tuzumni, mamlakatning mustaqilligi va hududiy yaxlitligini himoya qilish, huquq-tartibot va mudofaa qfobilyatini ta’minlash, inson huquqlari va erkinliklarini, mulk egalarining huquqlarini, iqtisodiy faoliyat erkinliklarini himoya qilish, kuchli ijtimoiy siyosat yuritish, samarali tashqi siyosat olib borish kabi vakolatlarni qoldirish ko’zda tutilmoqda.

Shuningdek, strategik ahamiyatga molik masalalar, muhum iqtisodiy va xo’jalik masalalari, pul va valyuta muomalasi bo’yicha qarorlar qabul qilish, xo’jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining huquqiy shart-sharoitlarini yaratish, ekalogiya masalalari, umumrespublika transport va muhandislik komunikasiyalarini rivojlantirish, yangi tarmoqlarni vujudga keltiradigan ishlab chiqarishni barpo etish masalalari markaziy davlat miqyosida hal etilishi, davlatning boshqa barcha vazifalari esa mahalliy davlat hokimyati, fuqarolar o’zini o’zi boshfarish organlari, nodavlat va jamoat tashkilotlariga berish uchun huquqiy asoslar va siyosiy shart – sharoitlar yaratishga doir islohotlar chuqurlashib bormoqda. Shu bilan birga, davlat organlari faoliyatini nazorat qilish vakolatlari ham asosan o’zini o’zi boshqarish organlari, nodavlat va jamoat tashkilotlariga o’tkazish belgilandi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining qo’shma majlisidagi (2005 yil 28 yanvar) ma’ruzasi mamlakat jamiyatini demokratlashtirish va yangilash konsepsiyasining, shuningdek, mamlakatimizni 2005 yil va kelgusi davrda modernizasiya va isloh etish bo’yicha asosiy vazifalarning dasturiy konseptual yo’nalishlari belgilab berildi. Mazkur ma’ruzada mamlakatni modernizasiya qilish borasida uzoqni ko’zlaydigan “Kuchli davlatdan-kuchli fuqarolik jamiyati sari” degan tamoyilga asoslangan islohotlarni yanada chuqurlashtishning barcha yo’nalishlarida amalga oshirilishi lozim bo’lgan maqsad va vazifalar aniq va ravshan ifoda etildi. Mamlakatda markaziy davlat hokimyati organlari vakolatlarini nomarkazlashtirish asosida kuchli jamiyatning shakllanishi usun shart-sharoitlar yaratish maqsadlarida “hokimiyat vakolatlarining ma’lum bir qismini markazdan mahalliy hokimyat organlariga o’tkazishga qaratilgan mavjud qonun va huquqiy hujjatlarni bir tizimga keltirish va ularga qo’shimcha tarzda yangilarini ishlab chiqish”1 vazifasi belgilandi. Shu bilan birga, “o’zini o’zi boshqarish organlari – mahalla qo’mitalari va qishloq fuqarolik yig’inlarining roli hamda vakolatlarini amalda kuchaytirish”1 muhum vazifalar sirasiga kiritildi.

Prezidentimiz o’zining mazkur qo’shma majlisidagi ma’ruzasida fuqarolik jamiyati institutlarini yanada rivojlantirish masalalarini ilgari surar ekan, bu bilan ”aholining turli ijtimoiy va sosial guruhlari manfaatlarini ifodalovchi, mamlakatimizda shakllanayotgan fuqarolik jamiyatining asosiy institutlari bo’lgan nohukumat va jamoat tashkilotlarining nufuzi va ta’sirini oshirishga katta e’tibor” berishga da’vat etdi.

Shu boisdan ham aqlan yetuk, ruhan tetik, sog’lom, erkin va tanqidiy fikrlovchi, ayni paytda ijtimoiy mas’uliyatni to’g’ri his etadigan, muayyan kasb-hunarni egallagan barkamol avlodni tarbiyalash O’zbekistonda yangi jamiyat barpo etishning tarkibiy qismiga, asosiy shart-sharoitiga va maqsadiga aylandi.

Fuqarolik jamiyatidagi siyoisy tizim va siyosiy boshqaruvning mazmun – moxiyatini huquqiy davlatchilik ifoda etadi. Boshqacha aytganda, huquqiy davlat fuqarolik jamiyatining siyosiy moxiyatini, siyosiy shaklini tashkil etadi. Bu ikki xodisaning o’zaro munosabati shakl bilan mazmunning o’zaro aloqadorligini aks ettiradi. Bundan kelib chiqadigan xulosa shuki, fuqarolik jamiyati tula ma’noda mavjud bo’lishining shak-shubxasiz sharti huquqiy davlatning mavjudligidar. Va, aksincha, huquqiy davlat faqat fuqarolik jamiyatidek ijtimoiy makonda qaror topishi va faoliyat yuritishi mumkin.

Fuqarolik jamiyati bilan huquqiy davlatning o’zaro nisbatini iqtisod bilan siyosatning nisbati tarzida izohlash o’rinli bo’ladi. Buni O’zbekiston misolida xam yakkol ko’rish mumkin. Zero iqtisodiy islohotlar tegishli demokratik siyosiy tuzilmalar, institutlar mavjud bo’lishini taqozo etadi.

Mamlaqatimizda mulk shaklini o’zgartirish xususiylashtirish jarayonlarini amalga oshirishga qaratilgan davlat tuzilmalari vujudga keltirildi. Xususan, O’zbekiston Respubliqasi Davlat mulkini boshqarish va xususiylashtirish qo’mitasi tashkil etilib (1992 yil), u mamlaqatda xususiylashtirishni amalga oshirish bilan shug’ullanib kelmokda. Prezidentning 1992-1993 yillarda qabo’l kilingan o’ttizdan ortik farmonlari bilan davlat mulkchiligiga asoslangan o’nlab vazirlik va davlat boshqa mulk shaklidagi konsern, assosiasiya, uyushma va jamgarmalarga aylantirilda. Jumladan, O’zbekiston Respubliqasi paxtachilik vazirligi zamirida «O’zbekiston paxtani qayta ishlash va paxta maxsulotini sotish davlat aksiyadorlik assosiasiyasini tashkil etish to’g’risida»gi farmon asosida mazkur assosiasiya tashkil etildi (1992 yil 7 noyabr). Maxalliy sanoat vazirligi islox etilib, uning urnida Prezidentning 1992 yil 3 sentyabrdagi farmoni bilan «Maxalliy sanoat» davlat korparasiyasi tashkil etildi. Shuningdek, «O’zbeksavdo» assosiasiyasi(1992yil 5 may farmoni), «O’zbekiston xavo yullari» milliy aviakompaniyasi (1992 yil 28 yanvar farmoni) tashkil topdi va xoqazo.

1997 yil 20 mayda «O’zbekiston Respubliqasi Vazirlar Maxqamasi apparati tuzilmasini takomillashtirish to’grisida» qaror qabo’l kilindi. Bu qarorning asrsiy maksadi xukumat apparatini iqtisodiyotni boshqarishning bozor usullariga o’tqazishdan iborat edi. Vazirlar maxqamasi apparati bevosita sohaviy ma’muriy boshqaruvdan qaytib, boshqaruvning funksional tizimiga utdi. Buning ma’nosi shuki, Vazirlar Maxqamasi apparati xujalik yurituvchilar faoliyatiga aralashmaydi, iktisodiyotni davlat yuli bilan boshqarmaydi. Buning o’rniga u iqtisodiyotni bozor yuliga o’tqazishning umumiy strategiyasini ishlab chikdi, iqtisodiy jarayonlar va iqtisodiy komplekslar faoliyatini uygunlashtirish va muvofiklashtirish; xujalik yuritish shakllarini takomillashtirish, tarkibiy va institusional qayta o’zgarishlarni amalga oshirish, iqtisodiyotni monopoliyadan chiqarish, tadbirkorlik va rakobatni rivojlantirish bilan shug’ullanadi.

Fuqarolik jamiyatining siyosiy tavsiflanishi faqat davlat tuzilmalarining rivojlantirilishidan iborat emas. Demokratiya ravnak topishi uchun fuqarolik jamiyatida xurfikrlilik, siyosiy plyuralizm xam qaror topishi zarur. Buning uchun jamiyatda tom ma’nodagi ko’ppartiyaviylik, jamoat va nodavlat tashkilotlarining keng ko’lamli tizimi, tadbirkorlarning ittifoklari, uyushmalari, mexnatqashlarning mustaqil birlashmalari, fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari tizimi vujudga keltirilishi lozim, toki bu tuzilmalar davlat idoralari bilan teng huquqli munosabatlarga kirisha olsin.

Fuqarolik jamiyatining siyosiy tizimida ommaviy axborot vositalari ham aloxida o’rin tutadi .

Siyosiy soxada huquqiy davlatning asosiy vazifasi inson va fuqaroning yuksak huquqiy maqomini ta’minlab berishdan iborat. Konstitusiyaning 2-moddasiga ko’ra, davlat organlari va mansabdor shaxslar jamiyat va fuqarolar oldida mas’uldirlar. Buning ma’nosi shuki, davlat, uning idoralari avvalo fuqarolarning huquqlarini xurmat kilishlari lozim. Qonunda belgilangan fuqaroviy huquq va erkinliklar davlat idoralari va mansabdor shaxslar uchun muqaddas bo’lmogi lozim. O’z fuqarolarining xak-huquqlarini taminlab bera olmagan davlat demokratik huquqiy davlat deb atalishi mumkin emas. Fuqarolar qonun oldida teng bo’lib, huquqning teng subyekti sifatida e’tirof etishlari lozim.

Fuqarolar va ularning uyushmalari, davlat idoralari bilan teng huquqli subyektlar sifatida munosabatga kirishadilar. Basharti, bu munosabatlarda tomonlardan birining huquqi yoki manfaatiga putur yetqazilsa, u sudga murojat etishi va qonuniy asoslarda sud tartibida o’z huquqini tiklashga erishish lozim. Huquqiy davlatchilikning muxum prinsiplaridan biri ana shu. Binobarin, huquqiy davlat faqat fuqarolik jamiyatiga bog’lik bo’lmay, balki uning manfaat va extiyojlariga bo’sinuvchi tizim sifatida maydonga chiqadi.

O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishganidan so’ng jamiyat hayoti tubdan isloh qilindi. Davlat hokimiyati organlarini shakllantirish tartibi ham demokratik tamo­yillar asosida takomillashtirildi. Demokratik davlatning asosiy belgilaridan biri erkin va adolatli saylov tizimi joriy qilinganligidadir. Mamlakatimiz rahbari yurtimiz­da huquqiy davlat qurish va adolatli fuqarolik jamiyati barpo etish vazifalarini amalga oshirish jarayoni haqida to’xtalib, shunday degan edilar: Bugun ana shu mustahkam poydevor asosida mamlakatimizni jadal isloh etish va modernizasiya qilishning yangi davri – milliy taraqqiyoti­mizning keyingi mantiqiy bosqichi izchil davom etmoqda. Ushbu bosqichning muhim dasturiy vazifalari – siyosiy va iqtisodiy hayot, davlat va jamiyat qurilishining barcha jab­halarini yanada demokratlashtirish va erkinlashtirish, mustaqil sud tizimini mustahkamlash, inson huquq va erkin­liklarini ishonchli himoya qilish, fuqarolarning siyosiy, iqtisodiy faolligini oshirish, fuqarolik jamiyati asosla­rini shakllantirishdan iboratdir1.

O’zbekistonda fuqarolik jamiyatini shakllantirishda jamiyatda siyosiy islohotlarning qanchalik muhim ahamiyatga ega ekanligini yuqoridagi fikr va mulohazalardan anglashimiz mumkin bo’ladi. Jamiyat siyosiy madaniyati bu fuqarolarning siyosiy ongi va saviyasiga bog’liq ekanligi barchaga ma’lum. Fuqarolik jamiyatining siyosiy barqarorligi o’z navbatida konstitusion tuzumning ham siyosiy barqarorligiga olib keladi. Demak, jamiyat siyosiy madaniyatini yanada yuksaltirish, shu boradagi har birimizga yuklatilgan burch va majburiyatlarni to’la ado etishmiz, shuningdek, o’z navbatida qonun vakolat bergan siyosiy huquq va erkinliklardan faol foydalanishimiz zarur bo’ladi.
2.2. Shaxsning siyosiy yetukligi ijtimoiy fenomen sifatida.

Shaxs mustaqilligini ifodalovchi bir qancha elementlar bo’lib ularga, aqliy zukkolik, axloqiy poklik, huquqiy kamolot, mehnatga halol munosabat, siyosiy yetuklik va madaniy saviya kiradi. Shaxs mustaqilligini ifodalovchi eng muhum alomatlardan biri – siyosiy yetuklikdir1. Shuni ta’kidlash joizki, insonning siyosiy yetukligi uning siyosiy madaniyati bilan bevosita bog’liq. Shuningdek, inson siyosiy yetukligi u yashayotgan, faoliyat ko’satayotgan jamiyatda, davlatda amalga oshirilgan ichki va tashqi siyosat bilan dialektik aloqador, unin hosilasidir. Xuddi shuning uchun ham inson siyosiy yetukligining darajasi, eng avvalo, har bir kishining “siyosat deganda nimani tushunmoq lozim?” “siyosat ijtimoiy voqyea sifatida o’ziga qanday elementlarni mujassamlashtiradi?” degan savollarga bergan javobiga qarab aniqlanadi. Modomiki shunday ekan, siyosat deganda nimani tushunmoq darkor? Qadimgi zamon faylasuflari siyosat deganda “davlatni boshqarish san’ati”, “davlat ishlari”, “davlat faoliyati”ni tushungan bo’lsa, hozirgi zamon faylasuflari siyosatni turli ma’nolarda sharhlaydilar. Chunonchi, tor ma’noda siyosat deganda fuqarolarning davlatni boshqarish (oddiy saylovchi, deputat, ministr va hokazo) ishlariga ishtiroki tushiniladi. Siyosiy partiyalar faoliyatining asosida esa davlat hokimyatini egallash orqali o’zlarining dasturlarida olg’a surilgan g’oyalarni amalga oshirish yotadi.2 Ammo o’zgarib turuvchi ijtimoiy jarayon bo’lgan siyosat o’zida o’zaro dialektik aloqadorlikda bo’lgan besh asosiy xolatni mujassamlashtiradi. Boshqacha aytganda, siyosatni bir butun, yaxlit strukturaga birlashtirib turgan elementlar – siyosiy (nazariy-mafkuraviy va kundalik) ong; siyosiy faoliyat; siyosiy munosabatlar va siyosiy normalar; siyosiy institutlardir. Siyosatni bir butun yaxlit struktura bo’lishida siyosiy munosabatlarning o’rni o’zgacha, chunki siyosiy munosabatlar davlat amalga oshirayotgan siyosat mazmunini belgilashda hal qiluvchi ahamyatga ega bo’ladi. Sosial institutlar, ayniqsa siyosiy partiyalar, milliy va boshqa uyushmalar esa davlat amalga oshirgan siyosiy faoliyatning asosiy yo’nalishlarini belgilab beradilar.

Siyosat doimo o’zgarib turuvchi ijtimoiy voqyea sifatida o’ziga xos xususiyatlarga ega. Uning o’ziga xos xususiyatlari quyidagi to’rt holatda yaqqol namoyon bo’ladi.


  • Birinchidan, siyosat milionlab kishilarning ongi va faoliyati, buguni va kelajak taqdiri bilan bevosita bog’liq bo’ladi.

  • Ikkinchidan, siyosat ijtimoiy turmushining barcha jabhalarida o’z ta’sirini o’tkazadi. Jamiyatning moddiy va ma’naviy, ruhiy va mafkuraviy, maishiy sohasidagi faoliyatlarini umumlashtiradi va rivojlanishining asosiy yo’nalishlarini belgilaydi.

  • Uchinchidan, siyosat fan bilan doimo hamkorlikda bo’ladi va o’z navbatida alohida fan darajasga ham ko’tariladi. Bunday holat siyosatni har qanday subyektiv yondashuvlardan, o’zboshimchalikdan saqlab qolish uchun real imkoniyat yaratadi., siyosatning maqsad va vazifalarini aniq belgilashda har tomonlama ko’maklashadi.

  • To’rtinchidan, chinakam siyosat san’at va ijodiyot bilan doimo aloqada bo’ladi. Bu aloqadorlik siyosatning o’z oldiga qo’yilgan maqsad va vazifalarini aniq va samarali bajarilishiga ko’maklashadi.

Siyosatning eng muhum harakterli tomoni shundaki, u insonning ongi va faoliyatidan tashqarida sodir bo’lmaydi. Xuddi shuning uchun ham siyosat inson siyosiy yetukligi bilan bevosita bog’liq bo’ladi. Inson siyosiy yetukligi ham, o’z navbatida, bir butun yaxlit struktura bo’lib, bir necha barqaror elementlardan tarkib topadi. Inson siyosiy yetukligining barqaror elamentlaridan biri – siyosat to’g’risidagi bilimlardir.

Siyosat to’g’risidagi bilimlar deganda, eng avvalo, siyosiy tuzum, siyomy hokimiyat amalga oshirayotgan ichki va tashqi siyosat mohiyati, mazmunini ilg’ab olish uchun zarur bo’lgan axborotlar, ma’lumotlar, tasavvurlar, tushunchalar, hukmlar, xulosalar tushiniladi. Shuningdek, jamiyatning siyosiy tizimi uni vujudga keltirgan tashkilotlar, muassasalarning o’rni va ahamiyati haqidagi bilimlar, jamiyatning boshqaruv mexanizmi, ya’ni jamiyatning siyosiy tizimga tayanadigan g’oyaviy-nazariy asoslar, normalar va prinsiplar haqidagi bilimlar, davlatning tuzilishi, fuqarolarning davlatni boshqarish ishlariga ishtiroki haqidagi ma’lumotlar; inson haq-huquqlarini himoya qiluvchi xalqaro va davlat hujjatlari, ayniqsa, inson siyosiy erkinligini kafolatlovchi huquqiy normalarining bajarilishi haqidagi ma’lumotlar tushuniladi.

Siyosiy bilimlar insonning umumiy ma’lumot darajasi bilan bevosita bog’liq bo’ladi. Chunonchi, insonning umumiy ma’lumot darajasi qancha yuqori bo’lsa, uning siyosiy bilimlari saviyasi shuncha baland bo’ladi va, aksincha, kishinig umumiy ma’lumot darajasi qancha zaif bo’lsa, uning siyosiy bilimlari ham shuncha past bo’ladi.Siyosiy bilimlar darajasi qancha baland bo’lsa, insonning siyosiy saviyasi ham shuncha yuqori bo’ladi. Xuddi shuning uchun ham siyosiy bilimlari zaif kishilar hamisha siyosatdan yiroq bo’ladilar. Jamiyatning siyosiy hayotida ishtirok etmaydilar. Tajriba shundan dalolat beradiki, siyosiy bilimlar darajasi past kishilar turli mish-mishlarga, uydirmalarga ishonuvchan bo’ladilar.

Har tomonlama ilmiy asoslangan chuqur siyosiy bilimga ega bo’lgan kishida, jamiyatni , davlatni boshqarish ishlariga qatnashish istagi ham kuchli bo’ladi.Xuddi shuning uchun ham O’zbekiston davlat mustaqilligiga erishishi bilan fuqarolarning jamiyatni, davlatni boshqarishishlariga qatnashishlari uchun real imkoniyatlar yaratildi. Bunday tendensiyaning kuchayib borayotganligini biz o’tkazgan sosiologik tadqiqodlar ham yana bir bor isbotladi. “O’zbekiston fuqarolarining jamiyat va davlat ishlariga ishtirok etishlari uchun real imkoniyat yaratilganmi?” degan savolga so’ralganlardan 31,2% - “ha, yetarli imkoniyatlar yaratilgan”; 14,2%- “katta imkoniyatlar yaratilgan”; 32,5%- “shunday imkoniyatlar kam bo’lsada mavjud” deb javob yuyergan ibo’lsalar, 12,9% - “imkoniyatlar qonun yordamida rasmiylashtiralgan bo’lsada, amalda bunday imkoniyatlar mavjud emas”; 5,4% esa – “bunday imkoniyatlar mutlaqo mavjud emas” deyishdi1.

Fuqarolarning jamiyatni, davlatni boshqarish ishlariga intilishlarining ortib borishi bilan ularning siyosiy bilimlarin o’rganishga bo’lgan ehtiyojlari ham kuchayib bormoqda. Chunonchi, “Siyosiy adabiyotlarni mustaqil o’qib turasizmi?” degan savolga so’ralganlardan 21,5%- “ha, muntazam o’qib turaman”, 18,3% - “tez-tez o’qib turaman”, 17,9%-“zaruriyat bo’lganda o’qiyman” deyishgan bo’lsa,5,3%-“umuman o’qimayman”- deb javob berishdi. Javoblardan ko’rinib turibdiki, 40% ga yaqin kishi siyosiy adabiyotlarni doimiy o’qib borayotgan bo’lsalar, 54,9% bunday mashg’ulot bilan ahyon-ahyonda, zaruriyat bo’lganidagina shug’ullanadilar1. Turgan gapki, bunday holat , yani fuqarolar siyosiy bilimlarining buugngi darajasi, mamlakatimizda bunyod etilayotgan insonparvar, demokratik jamiyat talabiga to’la javob bermaydi. Xuddi shuning uchun ham fuqarolarning siyosiy bilimlarini oshirishning samarali yo’llarini izlab topish – bugunning dolzarb vazifalaridan biridir.

Siyosiy bilimlari uzluksiz oshib borayotgan fuqarolarda, siyosiy axborotlarga bo’lgan ehtiyoj borishi bilan unda yangi siyosiy axborotlarga uzluksiz o’sib borayotganligi kuzatilmoqda. Aniqrog’i, insonning siyosiy bilimlari oshib bo’lgan ehtiyoj kuchayib boradi. U bunday ehtiyojni qondirish vositalarini izlay boshladi. Bugun O’zbekistonda fuqarolarning siyosiy bilimlarga bo’lgan ehtiyojlarini qondirish uchun barcha imkoniyat mavjud ekanligini alohida takidlamok zarur. Bu borada, shubhasiz, ommaviy axborot vositalarining xizmati beqiyosdir.

Fuqarolarning siyosiy ma’lumotlarga bo’lgan ehtiyojlarini qondirishda ommaviy axborot vositalarining o’rni va ahamiyatini bilish maqsadida sosiologik tadqiqotlar o’tkazdik. Tadqiqotlarimizda ishtirok etgan kishilarga «Ommaviy axborot vositalaridan olgan ma’lumotlaringiz sizni qoniqtiradimi?»- degan savol bilan murojaat qildik. Sosiologiya anketa savollariga javob bergan kishilarning 13,8% -“hamisha qoniqtiradi”, 50,3% - “aksariyat xollarda qoniqtiradi” deyishgan bo’lsa, 25,6% - “ommaviy axborot vositalarida berilayotgan materiallarning sifati meni qoniqtirmaydi”, 8,3% - “ommaviy axborot vositalarida berilayotgan materiallarning sifati past” deb o’z fikr mulohazalarini aniq bayon qildilar, 1,9% - ommaviy axborot vositalarida berilayotgan materiallar haqida “aniq fikrni bayon qilishim qiyin” , - deb javob berdilar.

“Ommaviy axborot vositalarida e’lon qilingan materiallarning saviyasi haqida nima deya olasiz?” degan savolimizga: 13,3%-“materiallar yuqori saviyada tayyorlangan bo’ladi”, 29,85%-“materiallarning aksariyat qismi yuqori saviyada tayyorlangan bo’ladi”, 38,8%-“faqat ba’zi materiallar yuqori saviyada tayyorlangan bo’ladi” deyishgan bo’lsa, 14,4%-“materiallarning saviyasi nihoyatda past” degan fikrni bayon etdilar. 3,7% esa-“bilmayman” deb o’z fikrlarini ro’y-rost aytdi.

“Ommaviy axborot vositalarining yordamida o’zingizning bilimlarini oshira olastzmi?” degan savolga: 20,2%-“ha oshira olaman”, 53,8%-“qisman oshira olaman”, deyishgan bo’lsa, 18,4%-“yo’q oshira olmayman”, 7,6%-“aniq javob berish qiyin”,-dedi.

“Ommaviy axborot vositalarida mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy-madaniy taraqqiyoti to’liq yoritilmoqdami?” degan savolimizga so’roqda ishtirok etgan kishilarning 12,5%-“ha”, 45,2%-“anchn keng yoritilmoqda”, deb javob berilgan bo’lsa, 35,3%-“sust yoritilmoqda”, 4,8% esa-“umuman yoritilmaydi”, deb javob berishdi1.

Ko’rinib turibdiki, ommaviy axborot vositalari fuqarolarning uzliksiz o’sib turgan madaniy-ma’naviy, xususan siyosiy axborotlarga bo’lgan ehtiyojlarini to’la qondirmoqda deb ayta olmaymiz. Buning oqibatida fuqarolarning ma’lum qismi o’zlarining yangi siyosiy axborotlarga bo’lgan ehtiyojlarini qondirish uchun xorijiy axborot vositalariga murojaat etmoqdalar. Ommaviy axborot vositalarida fuqarolarning quvonchlariyu tashvishlari, ularni bezovta qilayotgan muammolar, xususan ayrim kishilarimiz ongi va faoliyatida hukumronlik qilayotgan siyosiy loqaydlik, siyosiy kaltafahimlik kabi illatlarni bartaraf etish yo’llari, usullari va uslublari o’z ifodasini topayotgani yo’q. Ikkinchidan, fuqarolarning katta qismi mustaqillik sharofati bilan O’zbekiston Konstitusiyasi kafolatlab bergan so’z erkinligi, yani o’z fikr-mulohazalarini erkin bayon qilishdek muqaddas huquqdan to’la foydalana olmayaptilar. Uchunchidan, mustabit tuzum mafkurasi tufayli fuqarolar ongi va faoliyatida mustahkam o’rnashib olgan siyosatdan yiroq turish, siyosatga aralashmaslik kayfiyati, siyosiy voqyealarni kimningdir qosh-qavog’iga, allaqanday nizom yoki yo’l-yo’riqqa qarab baholash kabi ijtimoiy illatlar kishilar turmush-tarzidan juda sustlik bilan surib chiqarilayotganligidan dalolat beradi. To’rtinchidan, fuqarolar siyosiy madaniyatini shakllantirish borasidagi amalga oshirilayotgan ishlarning mazmuni va shakllarini takomillashtirishning samarali yo’llarini izlab topish zaruriyatining o’sib borayotganligidan darak beradi.

Sosiologik tadqiqotlardan yana bir narsa ayon bo’ldiki, siyosiy bilimlar, siyosiy axborotlar insonning kundalik ijtimoiy amaliyoti chig’irig’idan o’tkazilganida o’sha bilimlar, o’sha axborotlarning chinakam mazmuni, mohiyati namoyon bo’ladi. Boshqacha aytganda, siyosiy bilimlar, siyosiy axborotlar insonning kundalik amaliy faoliyatiga tatbiq etilganda uning mazmun va mohiyati yaqqol ko’rinadi. Inson siyosiy voqyealar, siyosiy jarayonlar mazmunini chuqurroq tushuna boshlaydi. Siyosiy voqyealar, siyosiy jarayonning mohiyati, mazmunini chuqur anglash – insonning o’sha real ijtimoiy voqyeylikka bo’lgan munosabatini tubdan o’zgartiradi. Boshqacha aytganimizda, insonda yangicha fuqarolik mavqyei vujudga keladi. Vujudga kelgan siyosiy vazitga qarab inson xatti-harakatining yo’nalishini aniqlaydi. Oqibatda insonda barqaror siyosiy e’tiqod vujudga keladi. Ko’rinib turibdiki, siyosiy bilimlar, siyosiy axborotlar insonning siyosiy faoliyati darajasiga ko’tarilishi uchun bir qator bosqichlarni bosib o’tadi. Chunonchi, dastlabki bosqichda insonda siyosiy bilimlar, siyosiy axborotlarni tinglashga moyillik bo’ladi. O’sha moyillik, ya’ni hayotiy zaruriyat tufayli inson siyosiy bilimlar va axborotlarni o’rganishga, o’zlashtirib olishga kirishadi. Ikkichi bosqichda inson eshitgan siyosiy xabarlarini har birining o’ziga xos xususiyatlari borligini asta sekin anglab oladi. Uchunchi bosqichda siyosiy bilimlar, axborotlar e’tiqod darajasiga ko’tariladi. Insonda o’sha bilimlarni turmushga tadbiq etish istagi vujudga keladi.

O’z navbatida xuddi o’sha anglash, tushunish, ishonish inson siyosiy yetukligini vujudga keltiruvchi tarkibiy elementlar hisoblanadi. Xuddi shu tarkibiy-strukturaviy inson siyosiy yetukligining holati, darajasini aniqlovchi mezonlar vazifasini ham bajaradi. Shuningdek, inson siyosiy yetukligining darajasi, uni vujudga keltirgan tarkibiy-strukturaviy elementlar o’rtasidagi o’zaro aloqadorlikning mustahkamligi siyosiy bilimlardan, siyosiy axborotlardan oqilona foydalana olish malakasi, ko’nikmalarini hosil qilish; siyosiy voqyealar, jarayonlarni birini ikkinchisi bilan taqqoslash, uni to’g’ri baholash, tariflash; siyosiy voqyealar, jarayonlar to’g’risida aniq hukumlar, xulosalar chiqarish; turli muammolar yechimining eng optimal yo’lini, uslubini izlab topish; siyosiy voqyealar, jarayonlar rivojlanishi tufayli ro’y beradigan oqibatlarni oldindan ko’ra bilish imkoniyatlarini yaratadi. Turgan gapki, siyosiy yetuklikning tarkibiy elementlarining har birining o’ziga xos xususiyatlari va funksiyalari bor ekanligini unutmaslik lozim.

Yuqoridagi tahlil shundan dalolat beradiki, inson siyosiy yetukligi, nafaqat siyosiy bilimlar, siyosiy axborotlar darajasiga, balki o’sha bilimlar, axborotlar yordamida davlat amalga oshirgan va oshirayotgan ichki va tashqi siyosat mazmuni, mohiyatini tushunib yetish bilan bog’liq. Shuningdek, inson siyosiy yetukligi nafaqat siyosiy bilimlar asosida shakllangan siyosiy e’tiqodiga, balki mamlakat siyosiy hayotiga ishtirok etishiga, ya’ni o’zida mavjud bo’lgan siyosiy bilimlarni, axborotlarni turmushga tatbiq eta bilish, o’sha voqyealarga baho bera olish qobilyatiga ham bog’liq. Ko’rinib turibdiki, inson siyosiy yetukligi deganda uning nafaqat siyosiy e’tiqodi, balki siyosiy faoliyati ham tushiniladi. Boshqacha aytganimizda, siyosiy yetuklik - mustaqil shaxsning eng muhum insoniy harakteristikasi bo’lib, bu fazilat o’ziga siyosiy bilimlarni, axborotlarni to’plash, o’sha to’plangan, o’zlashtirilgan siyosiy bilimlarning etiqodga aylanish jarayonini, siyosiy e’tiqodga asoslangan ijtimoiy – siyosiy faoliyatini mujassamlashtiradi.

Shunday qilib, siyosiy yetuklik deganda nafaqat inson siyosiy bilimlarining hajmi, nafaqat davlat siyosatining mohiyati, mazmunini tushunish, nafaqat kishilar siyosiy e’tiqodini, balki siyosiy voqyealar, jarayonlarni baholay olish, siyosiy munosabatlarni boshqara olish malakasi, jamiyatda mavjud bo’lgan siyosiy an’analarni bilish va unga rioya qilish qobilyati tushuniladi. Xuddi shuning uchun inson siyosiy yetukligini bir butun yaxlit strukturaga birlashtirib turgan asosiy elementlar: siyosiy bilimlar (uning hajmi, harakteri), siyosiy qadriyatlar va baholar (siyosiy voqyealrni baholay bilish qobilyati), siyosiy e’tiqod va ijtimoiy siyosiy faoliyatdir.

Mamlakatimizda insonparvar, demokratik jamiyat qurilishi avj olgan hozirgi sharoitda fuqarolar ijtimoiy-siyosiy faoliyatining eng ko’p tarqalgan shakllari: kishilarning insoniy haq-huquqlarini himoya qilish, atrof-muhit musaffoligi uchun kurash, milliy va umuminsoniylik qadriyatlar mushtarakligini ta’minlashga intilishi, xalqaro demokratiya prinsiplariga rioya qilishga urinish, qurollanish poygasiga chek qo’yish, armiyani qisqartirish, tinchlikni himoya qilish harakati, madaniy-tarixiy yodgorliklarni saqlab qolish, sog’lom avlodni shakllantirish, erkaklar bilan xotin-qizlar tengligini ta’minlashga qaratilgan harakatlardir. Fuqarolar turmish tarziga xalqaro demokratiya prinsiplarining kirib kelishi, ularni jamiyat, davlat ishlariga, xususan, davlatning ichki va tashqi siyosatini shakllantirishga faol ishtirok etishlari uchun real imkoniyatlarni vujudga keltiradi. Endilikda siyosat bilan bir gruppa mutaxassislar yoki jamiyatning, davlatning boshqaruv mexanizmini boshqarib turgan rahbar xodimlar emas, balki butun boshliq jamiyat a’zolari shug’ullanadilar. Siyosat millionlab kishilarning kundalik yumushiga aylandi. Oqibatda siyosat haqida hamma o’z fikr-mulohazalarini bemalol ayta oladi. Xuddi shuning uchun ham ijtimoiy-siyosiy faoliyat inson siyosiy yetukligining eng asosiy ko’rsatkichidir.

Inson ijtimoiy-siyosiy faoliyatining mustahkamligi, ishonchli, barqarorekanligini ifodalovchi eng muhum fazilat – ijtimoiy-siyosiy faoliyatdir. Ijtimoiy-siyosiy faollik o’z tarkibiga ijtimoiy-siyosiy faoliyatning ma’lum bir shaklini amalga oshirish uchun zarur bo’lgan ruhiy-psixologik tayyorgarligining holati, darajasi, uni amalga oshirishda insonning insonga xos harakteri, xususiyatini namoyon qiladigan, sof ixtiyoriylikka, beg’arazlikka, asoslangan ijtimoiy elementlarni qamrab oladi. Ijtimoiy-siyosiy faollik amaliy faoliyat shakli bo’lib, jamiyat, davlat, jamoa, millat yoki elat, sinf yoki tabaqa, siyosiy partiya yoki jamoat tashkilotlari mafaatlari yo’lida insonning o’z ixtiyori bilan amalga oshiriladi. Bunday yumishlarni amalga oshirishda qandaydir lavozim yoki mukofotga erishish emas, balki bepul, bemillatlikka asoslangan axloqiy qoidalar ichki turtki berib turadi. Ijtimoiy-siyosiy faollik ish vaqtida emas, ishdan so’ng bo’sh vaqt boirasida amalga oshirilishi uning o’zga xos xususiyatini isbotlab beradi.

Inson ijtimoiy-siyosiy faolligini ifodalovchi ko’rsatkichlar tizimi – fuqaroning ijtimoiy-siyosiy, madaniy-mayishiy va sport ishlariga ishtirokini taminlovchi omillar, vositalar; ijtimoiy-siyosiy faollik uchun sarflangan vaqtning miqdori va undan samarali foydalanish yo’llari uslublari; ijtimoiy-siyosiy faoliyat ko’rinishlariga bo’lgan munosabat va uni amalga oshirish uchun turtki berib turgan motiflar kabi elementlarni o’zida birlashtiradi. Shuningdek, zamondoshlarimiz ilg’or qismining ijtimoiy-siyosiy faolligini ifodalovsi muhum ko’rsatkichlardan yana biri- o’z xalqi, millatini har qanday dahshatlardan, fojealardan saqlashga, unung tinch osoyishta mehnatini himoya qilishga bo’lgan intilishidir. Mamlakatimizda “Hyech kimga bermaymiz seni , O’zbekiston” shioriostida amalga oshirilayotgan tadbirlar – fikrimiz isbotidir.

Ijtimoiy-siyosiy faollik ajdodlarimizdan-avlodlarimizga meros bo’lib o’tib kelayotgan ijtimoiy fazilatdir. Chunki ota-bobolarimiz el, brt manfaatini o’z manfaatidan ustin qo’yganltgi, savob talab bo’lganligi hyech qanday isbot dalil talab qilmaydigan haqiqatdir. Afsuski, ularning vorislari bo’lgan bugungi fuqarolar ijtimoiy-siyosiy faolligi darajasi bir xil deb bo’lmaydi. Aholining turli tabaqalari, turli qatlamlari turlicha ijtimoiy-siyosiy faollikka ega. Fuqarolarning ijtimoiy-siyosiy faolligining holati va uning shakllari o’rtasida ma’lum farq, tafovut borligi hyech kimga sir emas. Mamlakatimizga demokratlashtirish jarayoninig kirib kelishi, shu munosabat bilan o’tkazilgan turli bahslar, munozaralar, u yoki bu muammo yuzasidan bildirilgan biri ikkinchisiga mutlaqo qarama-qarshi plyuralistikfikr-mulohazalar fuqarolarning siyosiy yetukligi insonparvar, demokratik jamiyat talablari darajasi emasligini isbotlaydi.

Mamlakatimizda inqilobiy o’zgarishlar sobir bo’layotgan hozirgi sharoitda ayrim fuqarolarning siyosiy saviyasining zaifligi, ijtimoiy-siyosiy loqaytlik, siyosiy passivlik, siyosiy voqyealarga nisbatan o’z fikr-mulohazasini ro’y-rost aytmaslik, kuzatuvchanlik, kutib turish kabi holatlar sodir bo’lmoqda. Bunday zararli ijtimoiy illat o’z komiga ba’zan bugun mehnat jamoalarini tortib ketmoqda. Bunday illatlarning urchib ketish sabablarini, fuqarolarning o’zlari mehnat jamoalari rahbarlarida siyosiy bilim va tajribalarning yetishmasligidan (25,5%), rahbarlar munosabatidan rasmiyatchilikdan (11,3%), inson ijtimoiy-siyosiy faolligining mohiyati, maqsadi, vazifalarini tushunib yetmaslik oqibatida uning maqsad va muddaosi yo’q deb o’ylashdan (17,4), bo’sh vaqtning yo’qligidan (12,9%) izlashmoqda.1

Shunday qilib siyosiy yetuklik – shaxs mustaqilligini ifodalovchi muhum alomatlardan biridir. O’z navbatida, siyosiy yetuklik – mustaqil shaxs ijtimoiy qiyofasining muhum tavsifidir. Siyosiy yetuklik – inson ijtimoiy – siyosiy faoliyatini namoyish qilishning muhum usuli uning o’ziga xos tashkiliy shakli bo’lib, o’zida siyosiy qadriyatlar, siyosiy normalar, siyosiy prinsiplarni birlashtiradi. Shuningdek, inson ijtimoiy - siyosiy faoliyatiga turtki berib turuvchi yo’l – yo’riqlar, uning ijtimoiy – siyosiy faolliligining turli shakllari to’plamidir.


Siyosiy yetuklik – nafaqat siyosiy bilimlar to’plami, balki uni o’zlashtirish darajasi, o’sha bilimlarning turmushga, eng avvalo, siyosatga tatbiq etish malakasi, ijtimoiyo- siyosiy voqyealarni, jarayonlarni taxlil qila bidish, o’sha ijtimoiy –siyosiy vokealarning vujulga kelish sabablarini, uni harakatga keltiruvchi kuchlarini, tendensiyalarini aniqlab berish maxorati, ijtimoiy – siyosiy hayotga sodir bo’layotgan o’zgarishlarni baxolay bilish qobilyatidir. Shunindek, siyosiy yetuklik – siyosiy bilimlarni, siyosiy etiqotga aylanishi natijasida inson shaxsida shakllangan hayotiy mo’ljallardir.

Siyosiy yetuklik –bu fakat shahsning siyosiy tafakkuri emas, ayni payda siyosiy hulk –atvori, siyosiy hatti –harakati usulidir. Insonning hokimiyatni boshkarish ishlariga aralashuvining xolati, darajasi davlatni va ijtimoiy hayotni boshqarish ishlariga ishtiroki, fuqarolik huquqlaridan amalda foydalana bilishdir. Siyosiy yetuklik shaxs mustaqilligini ifodalovchi eng muhum insoniy fazilat bo’lib shakllanish jarayonida turli bosqichlarni bosib o’tadi. Chunonchi, u o’zining dastlabki bosqichida siyosiy bilim, siyosiy fikrlash uslubi shayelida namoyon bo’lsa, ikkinchi bosqichda siyosiy his - tuyg’u, siyosiy baholar, siyosiy kayfiyatlar, siyosiy qadriyatlar shaklida sodir bo’ladi. Uchunchi bosqichda esa, ijtimoiy – siyosiy faoliyat uning eng muhum shakli – ijtimoiy – siyosiy faollik shaklida ko’rinadi. O’z navbatida, siyosiy yetuklik shakllanishi jarayonida bosib o’tgan har bir bosqichdagi o’ziga xos holatlar – shaxs siyoisy yetukligining tarkibiy komponentlari hisoblanadi. Bir vaqtning o’zida xuddi shu komponentlar inson siyoisy yetukliginig shakllanganligi xolati, rivojlanganligi darajasini o’lchovchi mezonlar vazifasini ham bajaradi.

Siyosiy yetuklik – shaxs siyosiy ongi bilan shaxs siyosiy faoliyati o’rtasidagi o’zaro aloqadorlikning mustahkamligini ifodalovchi qudratli ko’satgichdir. Ana shu birlik qancha mustahkam bo’lsa, shaxs ijtimoiy – siyosiy faoliyati shuncha barqaror bo’ladi va inson amaliy faoliyatining hamma jabhalariga o’z ta’sirini o’tkazadi.

Shaxsning siyosiy yetukligi fuqarolik jamiyatini shakllantirishda muhim omil sifatida karalishi yuqoridagi fikr va mulohazalardan ko’rinib turibdi-ki, Prezidentimiz va hukumatimiz tomonidan fuqarolik jamiyatini shakllantirishga qaratilayotgan barcha harakatlarda, shu borada qabo’l qilingan normativ hujjatlarning ijrosini taminlashda muhim vosita hisoblanadi.








Fuqarolik jamiyatida inson omili va siyosiy yetukligi muammosi






1.1. Ma’ruzani olib borish texnologiyasi











Talabalar soni – 50-80 ta

O’quv vaqti – 2 soat




Mashg’ulot shakli

Mavzu bo’yicha vizuallashgan-ma’ruza




Ma’ruza rejasi

  1. Fuqarolik jamiyati va uning konstitusiyaviy zamini.

  2. O’zbekiston Prezidenti I.Karimov fuqarolik jamiyati haqida

3. Fuqarolik jamiyatining rivojlanishida shaxsning siyosiy madaniyati o’rni.





O’quv mashg’ulotining maqsadi: Mavzu haqida umumiy tasavvurni shakllantirish. “Fuqarolik jamiyati” ning vujudga kelishi, mazmuni va demokratik jamiyat qurishdagi ahamiyati haqida tushuncha hosil qilish.




Pedagogik vazifalar:

O’quv faoliyatining natijalari:




Mazuning maqsadi va vazifalari bilan tanishtirish;

Mavzuning maqsadi va vazifalarini aytib bera oladi;




Mavzuning mazmuni, hamda tavsiya qilinadigan adabiyotlar ro’yxati haqida ma’lumot beradi;

Mavzuning tuzilmasi, o’quv faoliyatining o’ziga xos xususiyatlari va baholash shakllarini, kursni o’rganishda zarur adabiyotlarni aytib bera oladilar;




“ Fuqarolik jamiyati ” xaqida tushuncha beradi.

“ Fuqarolik jamiyati ”ning xususiyatlarini aytib bera oladi ;




“ Fuqarolik jamiyati ” vujudga kelish zarurati va ahamiyatini tushuntirib beradi.

“ Fuqarolik jamiyati ”ning Jamiyatimizda amalga oshirilayotgan o’zgarishlar tizimida o’rnini tushunib yetadi.




O’qitish usullari va texnikasi

Vizuallashgan-ma’ruza, «klaster», «pinbord» .”mulohaza”lar texnikasi





O’qitish vositalari

Ma’ruza matni, tarqatma material, slaydlar, marker, A3-qog’ozi,




O’qitish shakli

Jamoviy ishlash, barcha birgalikda (Frontal) ishlash,




O’qitish sharoiti

Ko’rgazmali auditoriya




Monitoring va baholash

Og’zaki nazorat, savol-javob, o’z-o’zini nazorat qilish, reyting tizimi asosida baholash.

Yüklə 265,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə