170
Manbaa:
@pharma_baza
Kofeinning qon bosimiga ta‘siri qon bosimi darajasiga bogʻliq. Qon bosimining sezilarli
darajada pasayishida (shok, kollaps) kofeinning markaziy ta‘siri ustun turadi - qon bosimi
koʻtariladi. Normal qon bosimini kofein oʻzgartirmaydi (kofeinning markaziy ta‘siri bevosita
vazodilatator ta‘siri bilan muvozanatlanib turadi).
Bronxokonstriktor xususiyatiga ega adenozin retseptorlarini bloklashi bilan, shuningdek
fosfodiesteraza ingibirlashi tufayli,
kofein
bronxlarning silliq mushaklarini boʻshashtiradi va
bronxospazmning oldini oladi.
Dostları ilə paylaş: